Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda
davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya
deyiladi.
Moliyaviy
munosabatlarning
boshqa
iqtisodiy
munosabatlardan
farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular yordamida amalga
oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash jarayonida oldindan ma’lum maqsadlarga
6
Iqtisodiy kategoriya sanalgan moliya to’g’risidagi qarashlarning XVII asrning oxiridan XIX asrning oxirigacha
transformatsiyalanishi S.Yu.Vittening asarida quyidagicha ifodalangan: “XVII asrning oxirlarida “moliya” so’zi orqali
davlatning barcha mulki va umuman olganda, davlat xo’jaligining butun holati tushunila boshlandi. Davlatning ixtiyorida
bo’lgan moddiy mablag’larning butun to’plami – uning daromadlari, xarajatlari va qarzlari - ma’nosida bu so’z hozir ham
tushunilayapti. Shunday qilib, moliya haqidagi fanni davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usuli to’g’risidagi
fan deb aniq belgilashimiz mumkin” (Qarang: Витте С.Ю. Конспект лекций о народном и государственном хозяйстве. –
М.: Финансы и статистика, 1997. с.4).
20
mo’l-jallangan turli pul mablag’lari jamg’armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari
fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo’jalik subyektlari darajasida tuzilgan pul
fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xo’jalik subyektlarining turli faoliyatlaridan olin-gan daromadlar hisobidan
maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qat’iy
ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa
moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgisi hisoblanadi.
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik
daromadi, dividendlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari ko’rinishidagi
o’z hissalarini oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bo’lgan soliq-
lar va boshqa to’lovlarni to’lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari
fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini
shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlarining bu
tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:
qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan, aksincha,
real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy normalar yoki biznesni
yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi;
pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga ega
ekanligi;
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini
yaratish.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun
ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar
tizimida qanday o’rinni egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning o’zida moliya
puldan o’zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo’yicha farq qiladi. Agar
pul umumiy ekvivalent bo’lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab
chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o’lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot
(YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy
vositasi (instrumenti), pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va
fondlarini shakllantirish yo’li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul
mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy
resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima
uchun mo’ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar
subyektlar o’rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlarini ifodalaydi:
21
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya
qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yara-tish va ularni
taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga
keladigan pul munosa-batlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan
moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat va
fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar,
fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi ro’y
bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari
o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul
munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo’lib
mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini
qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab
beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg’arish
fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish
proportsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun
ham MD statistikasiga alohida e’tibor beriladi.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo’lmaydi. Moliya MDni yaratish
va undan foydalanishning ajratib bo’lmaydigan bog’lovchi bo’g’ini hisoblanadi.
Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xarakterga
ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis
kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat ko’rsata olmaydi.
Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir
ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati,
kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun
zarur bo’lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyotining darajasini va ularning xo’jalik hayotidagi makroiqtisodiy
jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
22
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab beradi.
Doimiy ravishdagi iqtisodiy o’sish, YaIM va MD miqdorlarining oshib borishi
sharoitida moliya o’zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U
ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat
darajasining yanada ortishini rag’batlantiradi.
Iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi, ishsizlikning ortishi
sharoitida moliyaning holati ham yomonlashadi. Bu narsa, o’z navbatida, davlat
ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsiti
miqdorining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat
qilish bo’yicha xarajat-larning ko’payishida namoyon bo’ladi. Bularning barchasi
inflyatsiyaning kuchayishiga, xo’jalik aloqalarining buzilishiga, o’zaro
noto’lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo’lishiga, barter
bitimlarining
ko’payishiga,
soliq-larni
byudjetga
undirish
borasida
qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o’z vaqtida
moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga
olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) munosabatlarda
ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining maqsadli
fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy
resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy
sharti MD hajmining ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy
resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’z-o’zicha
moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy
jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya fani resurslarning o’zini emas,
balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni
o’rganadi.
Bu
fan
moliyaviy
munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko’p jihatdan u hukumat
tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham bog’liq bo’ladi.
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni
ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning
hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu
mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon
bo’ladi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy
kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga
oshiriladi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |