Davlatiy moliya


 Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

3. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 

Moliyaviy  munosabatlarning  ilk  shakllari  insoniyat  taraqqiyotining  

quldorlik  jamiyati  bosqichida  jamiyatning  sinflarga  bo’linishi  va  davlatning 

vujudga  kelishi  bilan  bog’liq  ravishda  paydo  bo’ldi.  Muayyan  hududda  

boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini 

moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish,  

urush  harakatlarini  olib    borish,  ijtimoiy  obyektlar  va  yo’llar  qurish  kabi 

vazifalarni  bajarishi  uchun  ma’lum  darajada  pul  mablag’lari  ham  bo’lishini 

taqozo  eta  boshladi.  Xuddi  shu  holat  o’z  navbatida  jamiyatda  moliya  paydo 

bo’lishini  iqtisodiy  zaruriyatga  aylantirdi.  Demak,  davlatchilik  tizimining 

vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi.   

Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama  qanday paydo bo’lgan, 

degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng 

umumiy  tarzda  “pul  mablag’lari”  ma’nosini  anglatadi.  Bu  so’z  ona  tilimizda 

ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

  maqsadli  pul  fondlarini  hosil  etish,  jamlash,  taqsimlash  va  ishlatish 

yuzasidan  paydo  bo’ladigan  iqtisodiy  munosabatlar  majmui;  pul  mablag’larini 

shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya 

kapitali, moliyaviy tizim); 



17 

  biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 

mablag’lari (masalan, korxona moliyasi); 

   moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida)

1



Arab  tilidagi  “mol”,  ya’ni  “boylik,  mulk;  pul  jamg’armasi”,  shuningdek, 



“moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir

2



Lekin  jahon  iqtisodiy  adabiyotida  lug’aviy  ma’nosi  jihatidan  o’zbekcha  

“moliya”    iborasining    fransuzcha    “finance”,  lotincha    “financia”    va  ruscha 

“finansi”  kabi      ekvi-valentlari  yoki  ma’lum  ma’noda,  sinonimlari

3

  qachon  va 



qayerda paydo bo’lganligi haqida  aniq ma’lumot yo’q

4

.  



Ayrim  olimlar  “financia”  (“finance”,  “финансы”  va  hokozo  shakllarda) 

tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida 

paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a 

surishadi.  Xalqaro  savdo-sotiq  ishlarining  rivojlanishi  mazkur  iboraning 

Italiyadan  boshqa  davlatlarga  ham  tarqalishiga  sabab  bo’lgan.  XV  asrda 

“financia”  tushunchasi  Fransiyada  “davlat  daromadlari”,  “pul  summalari” 

ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa  tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk 

bor  fransuz  olimi  J.Boden  tomonidan  1755-yilda  nashr  etilgan  “Respublika 

xususida  olti  kitob”  nomli  asarida  ishlatilgan  va  shu  tariqa  bu  atama  Yevropa 

davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi

5



Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha 



oliy  hokimiyat  organi    sifatida  davlat  va  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining 

boshqa  ishtirokchilari  o’rtasida  yuzaga  chiqadigan  ma’lum  bir  iqtisodiy 

munosabatlarni  Yevropa  davlatlarida  o’rta  asrlardan  boshlab  “moliya” 

tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan. 

Natural  munosabatlar  ustunlik  qilgan  jamiyatlarda  taqsimlash  va  qayta 

taqsimlash  jarayonlari natural soliqlar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar 

xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va 

qayta  taqsimlash  munosabatlari  shakllarining  o’zgarishiga  olib  keldi  –  ular  

ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun  

va mohiyati prinsipial jihatdan  o’zgarmay qolaverdi. 

                                                           

1

  Qarang:  O‘zbek  tilining  izohli  lug’ati:  80  000  dan  ortiq  so’z  va  so’z  birikmasi.  J.2.  E  –  M  //  Tahrir  hay’ati:  T.Mirzayev 



(rahbar) va boshq.;  O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 

– 611-b. 

2

 Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar. 



3

 Biz bu yerda  dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so’zlarni nazarda 

tutayapmiz.  

4

  Финансы,  денежное  обрашчение  и  кредит.  Учебник  /  Под  ред.проф.  В.К.Сенчагова,  проф.А.И.Архипова.  –М.: 



Финанси и статистика, 1999. с.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755-yilda “Respublika 

xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Финансs. Учебник для вузов 

/ Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44). 

Финансы,  денежное  обрашчение  и  кредит.  Учебник  /  Под  ред.проф.  В.К.Сенчагова,  проф.А.И.Архипова.  –М.: 



Финансы и статистика, 1999. с.25;  Финансы. Учебник для вузов / Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, 

Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44; Финанси. Учебник ./ Под ред. Г.Б.Поляка. – 3-е изд., перераб. и 

доп.- ЮНИТА-ДАНА, 2009. – с.8;  Финансы: Учеб.пособие / Под ред. А.М.Ковалевой. – 5-е изд., перераб. и доп. – М.: 

Финансы  и статистика, 2008. – с.7.

 



18 

 

Zamonaviy  tasavvurdagi  “moliya”  tushunchasi  podsholar  xazinasidan 



davlat  xazinasi  ajralib  chiqishi  bilan  paydo  bo’lgan.  Bir  paytning  o’zida  shuni 

alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning 

paydo  bo’lishi  o’z-o’zidan  darhol  moliyaning  ham  vujudga  kelganligini 

bildirmaydi.  Ular  hammasi  bir  paytda,  ya’ni  birdaniga  paydo  bo’lgan    emas. 

Moliya  shakllanib,  bizning  u  haqidagi  bugungi  tasavvurimizdagi  moliya 

ko’rinishiga  kelishi  uchun  jamiyatda  bir  qator  shart-sharoitlar  pishib  etilgan 

bo’lishi kerak. Ular quyidagilar: 

1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining 

mutloq  egasi  qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-

ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda 

odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin 

emasday tuyular edi. 

XVI –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua 

inqiloblari  moliyaning  shakllanishiga  juda  katta  turtki  bergan.  To’g’ri,  mazkur 

inqiloblar  qirollik  tuzumini  ag’darib  tashlay  olmadi.  Lekin  shunday  bo’lsa-da, 

qirolning  hokimiyatini  ancha  cheklashga  erishildi  va  biz  uchun  eng  muhimi 

qirolning  xazinaning  mutloq  egasi  sifatidagi  huquqi  keskin  qisqartirildi.  Yangi 

sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan 

aytganda,  byudjet  tashkil  etila  boshlandi.  Qirolning  xazi-nasi    o’rniga  davlat 

byudjeti  tushunchasining  kirib  kelishi  moliyaning  shakllanishi  va  zamonaviy 

ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan 

biri bo’lib hisoblanadi. 

Shu o’rinda  Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida 

yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyoning juda ko’p davlatlarida, xususan, O‘rta 

Osiyoda  ommalash-maganligini  e’tirof  etish  zarur.  O‘z  taraqqiyoti  davrida  

kapitalistik  tuzumni  bosib  o’tmagan  mazkur  davlatlarda  podsholar  xazinaning 

mutloq  egasi  bo’lib  qolaverganligi  va  muomalaga  davlat  byudjeti  tushunchasi 

kirishi  podsholik  hokimiyatining  bekor  qilinishiga  qadar  hal  bo’lmaganligini   

tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi. 

2.  Amaliyotga  “xazina”  o’rniga  “davlat  byudjeti”  tushun-chasi  kirgandan 

keyin  byudjetni  tashkil  etish  va  mablag’-lardan  foydalanish  tartibi  shakllana 

boshladi.  “Davlat  daromadlari”  va  “davlat  xarajatlari”  iboralari  paydo  bo’ldi, 

ularning  tarkibi  aniqlandi,  davlat  byudjetini  shakllantirish  va  mablag’larini 

sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.   

Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va 

kontributsiyalar  tashkil  etgan  bo’lsa, o’sha  paytdayoq  xarajatlar  moddalarining 

hozirga  qadar  o’z  ahamiyatini  yo’qotmagan  yo’nalishlari  shakllandi:  harbiy 

xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar. 




19 

3. Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar 

va  aholining  mehnat  majburiyatlaridan  iborat  bo’lgan  edi.  Endilikda  pul 

ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy  qismini tashkil eta 

boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi  

boshlandi.  

Lekin  shuni  yana  alohida  ta’kidlash  lozimki,    moliya  va  moliyaviy 

munosabatlarning  mohiyati  haqidagi  tushunchalar  vaqt  o’tishi  bilan  o’zgarib 

borgan

6

.  



Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali  aksiyadorlik shaklidagi) milliy 

va  transmilliy  tashkilotlarning  vujudga  kelishi  bilan  bog’liq  holda  tovar  ishlab 

chiqa-rishning  yirik  masshtablarda  rivojlanishi  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonining  turli ishtirokchilari o’rtasida pul  mablag’larini  jalb qilish,  ulardan 

foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga 

olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari 

bu  taqsimlash    jarayonlarida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  bir  tomondan, 

kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli  subyektlar o’rtasida YaIM 

qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, 

ularning har biri  amaldagi huquqiy normalar yoki  ishbilarmonlik aylanma-sining 

tartibiga  muvofiq  ishlab  chiqarilgan  mahsulotdan  o’z  hissalarini  olishga  da’vo 

qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. 

Shunday  qilib,  moliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati,  taraqqiyot 

qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror 

ishlab  chiqarishdagi  roli  jamiyatning  iqtisodiy  tuzumi,  davlatning  tabiati  va 

funksiyalari  bilan  belgilanadi.  Tarixiy  kategoriya  sifa-tida  ham  moliyaning 

vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan 

bog’liq. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish