Davlatiy moliya


 Moliyaviy risklarning tasniflanishi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi 

Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni 

tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni 

ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. 

Risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: 

1) Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; bozor 

riski;  inflyatsiya  riski;  valyuta  riski;  siyosiy  risk;  ijtimoiy  risk;  ekologik  risk; 

texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-

texnika riski; informatsion risk va boshqalar

2) muddati  bo‘yicha  risklar  quyidagilarga  bo‘linadilar:  qisqa  muddatli 

risklar;  uzoq muddatli risklar; 

3) olinadigan  natijaga  qarab  risklar:  spekulyativ  risk  -  ular  ta’sirida  katta 

zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 

bo‘lgan zarar(foyda) ko‘rish mumkin; 

4) loyihaga  ta’sir  etish  darajasi  bo‘yicha  risklar  quyidagilarga  bo‘linadi: 

mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 




237 

risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan 

va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 

Investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  jarayonida  uning  har  bir  bosqichi 

(fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 

fazasida)  ko‘proq  loyiha  tashabbuskorlari  marketing  riskiga,  bozor  riskiga, 

informatsion  va  ijtimoiy  risklarga  ta’sirchan  bo‘ladi.  Investitsiya  bosqichida 

ko‘proq  ilm-texnika  riski,  moliyaviy  risklar,  tashqi  iqtisodiy  risklar  va  siyosiy 

risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari 

texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 

yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p 

uchraydigan  risklar  ham  mavjud.  Masalan:  iqtisodiy  qonunlarning  va  iqtisodiy 

holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan 

bog‘liq  risklar;  savdo  va  mahsulot  yetkazib  berishga  cheklashlar  kiritish; 

chegaralarning  berkilishi;  siyosiy  holatning  noaniqligi  yoki  hududdagi  yohud 

mamlakatdagi  noma’qul  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlar,  texnik-iqtisodiy 

ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati 

haqidagi 

ma’lumotlarning 

to‘liq 


emasligi 

yoki 


noaniqligi, 

bozor 


kon’yunkturasining,  ya’ni  baho,  valyuta  kurslari,  yalpi  ichki  mahsulot  va 

boshqalarning  o‘zgarib  turishi,  tabiiy  iqlim  sharoitlarining  o‘zgarishi,  tabiiy 

ofatlarning  yuz  berishi,  ishlab  chiqarish  texnik  risklari  -  asbob-uskunalarning 

buzilishi  va  to‘xtab  qolishi;  loyiha  ishtirokchilari  maqsadlarining  noaniqligi, 

ularning  moliyaviy  holati  va  ishdagi  obro‘si  haqidagi  ma’lumotlarning  to‘liq 

emasligi va boshqalar. 

Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi 

risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:  

- tizimli risklar;  

- tizimsiz risklar. 

Tizimli  risklar  (investitsiya  portfeli  risklari)  -  bu  xatar  ta’siriga  ba’zi  bir 

qimmatli  qog‘ozlar  emas,  balki  butun  bozor,  uni  katta  bir  qismi  risklarga 

uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra 

ko‘pchilik  emitent  va  qimmatli  qog‘ozlar  egalari  zarar  ko‘rishlari  mumkin. 

Tizimli  risklarga  quyidagilar  kiradi:  foiz  riski;  valyuta  riski;  inflyatsiya  riski; 

siyosiy risklar. 

Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi 

uchraydi,  ya’ni  ma’lum  bir  korxonaning  qimmatli  qog‘ozlari  yoki  tarmoqning 

qimmatli  qog‘ozlari  kiradi.  Tizimsiz  risklarga  quyidagilar  kiradi:  tadbirkorlik 

riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 

Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:  

a) kredit riski; 




238 

b) valyuta riski;  

c) foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. 

Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka 

kredit  shartnomasi  bo‘yicha  to‘lov  majburiyatlarini  to‘liq  yoki  umuman  to‘lay 

olmaslik riski.  

Valyuta  riski-  bu  risk  loyiha  mahsuloti  mahalliy  bozorda  sotilganda  va 

hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori 

bo‘ladi.  

Foiz  stavkasining  o‘zgarish  riski-  bu  risk  kredit  resurslari  o‘zgaruvchan 

stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.  

Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni 

shundaki,  loyiha  amalga  oshirilayotgan  mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlari  va  davlatning  siyosati  loyiha  faoliyati  uchun  jiddiy  qiyinchiliklar 

yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.  

Siyosiy  mamlakat  riski-  hukumatning  chet  el  investorlari  va  kreditorlari 

ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan 

bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida 

qo‘llaydigan  soliq,  valyuta,  bojxona  va  boshqa  iqtisodiy  shart-sharoitlarni 

o‘zgartirishi bilan bog‘liq. 

Ma’muriy  risklar-  loyiha  korxonalari  va  loyiha  faoliyatining  boshqa 

ishtirokchilarini  davlat  nazorat  va  tartibga  solish  boshqarmalaridan  turli 

litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.  

Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv 

risklari bilan bog‘liq.  

Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri 

bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy 

hodisalar. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish