Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 7,24 Mb.
bet6/99
Sana11.04.2022
Hajmi7,24 Mb.
#543375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
FIZIKA TARIXI MAJMUA 2019

2. Platon - Aflotun (miloddan avval 427-347). Afina idealistik falsafa maktabi asoschisi. Platon birinchi akademiya asoschisidir, u fan tarixida «Platon akademiyasi» deb yuritiladi (miloddan avvalgi taxminan 387 y). U mashhur faylasuf Suqrotning shogirdi. Aflotun akademiyasida muloqot san’ati, mantiqiy fikrlash, matematik isbotlash kabi usullar keng rivoj topdi. Aflotun akademiyasini hozirgi zamon universitetlarining birinchi namoyondasi deyish mumkin. Ushbu davrda yunon tili yagona fan tili bo’lib shakllandi.
3. Aristotel – Arastu, sharqda «birinchi muallim» nomi bilan mashhur. U 384 yilda (eramizdan avval) tug’ilgan, Platonning shogirdi. Platon vafotidan keyin u Afinadan safarga chiqib, 343-340 yillarda Yunoniston podshohi Filipp Makedonskiy saroyida yosh Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)ning tarbiyasi bilan shug’ullanadi. 335 yilda Afina shahrida maktab «Likey» ochadi va uni 12 yil boshqaradi. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin, u Afinani tark etishga majbur bo’ladi. 322 yilda 63 yoshida Xalkida vafot etadi. Uning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: «Fizika», «Osmon to’g’risida», «Paydo bo’lish va yo’qolish», «Metrologiya», «Muammolar», «Mexanika». Aristotel, Platon va Pifagorlarning mantiqiy bilish nazariyasini tanqid, qilib, fizikani kuzatishlar va mantiq asosida yaratishga intildi.
A

ristotelning ilmiy merosi orasida biz uchun qiziqarlisi uning dinamikaga doir ilmiy qarashlari bo’lib, undan Galileyga qadar Ovrupoda darslik sifatida foydalanib kelindi. Aristotel fikricha tabiatda hamma narsa harakatda, u harakatni tabiiy va majburiy harakatlarga bo’ladi. U olamni ham ikkiga bo’ladi: Oy ostidagi o’zgaruvchan, yuzaga keluvchan, yo’qoluvchan hodisalar va narsalar hamda abadiy qoluvchi oydan yuqoriga joylashgan yulduz va fazoviy jismlar. Aristotelning ushbu fikr va mulohazalari kundalik kuzatuvlar va mantiqqa asoslangan. U Yerni olam markazi, ya’ni barcha samoviy jismlar Yer atrofida aylanadi, deydi. Kundalik hayotda og’irroq jismlar Yer markazi tomon, yengilroq jismlar (havo, olov) yuqoriga olam shariga intiladi, deb izohlaydi. Aristotel mexanik harakatning sababchisi unga qo’yilgan birinchi turtki, deb qaraydi. Gorizontga otilgan jismlar harakatini tushuntirishda Aristotel quyidagicha fikr yuritadi: Otilgan jismlar harakatining sababchisini muhit, ya’ni havo bo’lib, jism siljiganda u egallagan joyda bo’shliq (vakuum) vujudga keladi. Bo’shliqni to’ldirish uchun havo jismga turtki beradi va harakat shu zaylda davom etadi, deb tushuntiradi.

jism

xavo

bo’shliq xavo

2.1. rasm. Aristotel dinamikasi.


Ushbu nazariyaga asosan jismlar havosiz bo’shliqda cheksiz katta tezlik bilan harakatlanishi lozim edi, ammo kundalik kuzatishlar buning aksini ko’rsatadi. Shu sababli, Aristotel atom tuzilishi tarafdorlari fikriga qarama-qarshi (ya’ni olam atom va bo’shliqdan tashkil topgan degan fikrga) bo’shliq yo’q, deb fikr yuritadi va bu fikr Torichelli tajribasigacha o’zgarishsiz qoladi. Keyinchalik, Aristotelning bu fikri fizikaga «Efir» tushunchasini kiritishga ham sabab bo’ladi.


Aristotelning dinamikaga doir ilmiy qarashlarining ikkinchisi jismlarning erkin tushish tezligi uning og’irligiga to’g’ri proporsional deb qarashi hisoblanadi. Bu xulosa kundalik kuzatishlarga to’g’ri keladi, masalan; olma, olma bargiga nisbatan yerga kattaroq tezlik bilan tushadi. Buning sababini Aristotel quyidagicha talqin etadi. Jismlar Yer sirtiga yaqinlashgan sari og’irligi orta boradi va unga mos holda tezligi ham ortadi deb tushuntiradi. Ushbu fikrning Galiley tomonidan keyinchalik noto’g’ri ekanligi isbotlanadi.
Aristotelning kinematikaga doir o’zaro perpendikulyar ko’chishlarni qo’shishi hozirgi qoidaga to’g’ri keladi. Ya’ni, u gorizontga otilgan jismlar harakatini ikkita gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratadi va natijaviy harakat egri chiziqli (parabola) bo’lishini ko’rsatadi.
Aristotelning statikaga doir fikrlari hozirgi fikrlarga mos keladi. Aristotel richaklarning (pishang) muvozanatlilik shartini, tarozi va bloklar nazariyasini to’g’ri tushuntirib beradi.
Aristotel o’zininng «Muammolar» asarida musiqa, metrologiya, amaliy mexanika, kinetik energiya tushunchasiga yaqin fikrni, osmotik bosim, tovushning havoda tarqalishi, yorug’likning qaytish qonuni va yorug’likning tarqalish tezligi borasida to’g’ri fikrlarni olg’a suradi.
Aristotelning fizikaga doir ishlari, albatta, fizika fani rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Ilk bor Aristotel o’zining «Fizika» nomli kitobida fizika fanining shug’ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika fani tabiat va undagi hodisalarning sababini o’rganishini ta’kidlab o’tgan. Uning ushbu tushunchasi fizika fanining zamonaviy predmetiga mos keladi.
Aristotel fizik hodisalarni izohlashda matematikadan foydalanmaydi. Uning asosiy ilmiy-izlanish usuli kuzatish, mantiq, va dialektika bo’lgan. Aristotel Demokritni va uning tarafdorlari Anaksagor, Levkipplarning olamda atom va bo’shliqdan boshqa narsa yo’q degan fikrlariga qarshi chiqib, bo’shliq (vakuum) va vaznsizlik holati bo’lishi mumkin emas deydi. Aristotel olamni cheksiz deb e’tirof etib, Yerni olamning markazi deb hisoblaydi va geosentrik nazariyani olg’a suradi. Aristotel va uning shogirdlarining kamchiligi shunda ediki, ular tajriba natijalariga tanqidiy yondoshmaganlar va shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarishgan. Shunga qaramasdan, Aristotelning ilmiy merosi fizika fanining keyingi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin Aristotel Afinadan qochishga majbur bo’ladi. Fanning taraqqiyoti Afinadan Misrning Aleksandriya shahriga ko’chadi. Aristotelning shogirdi Demetriy Falerskiy tomonidan (miloddan avvalgi III asr) «Aleksandriya muzeyi» tashkil etiladi. Ushbu muzey Aristotel va boshqa ko’pgina olimlar asarlarini to’plash va nashr etish bilan shug’ullanadi va milodgacha 47 yilda 700000 tomlik boy kutubxona yuzaga keladi. Dunyoning hamma tomonidan olimlar to’planib, fan va madaniyatni rivojlantirishdi. Aleksandriya kutubxonasi miloddan avvalgi 47 yilda qisman rimliklar tomonidan yondirib yuborildi, qolgan qismi eramizning 391 yili va qoldiqlari esa VII-VIII asrlarda yo’qolib ketadi. Ushbu ilm dargohida yunonistonlik olim Arximed ham ta’lim olgan.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish