O’zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
Tovar mahsulotlari nomlari
|
2007 yil
|
2008 yil
|
Engil avtomobillar (dona)
|
171809
|
195038
|
Avtobuslar (dona)
|
1116
|
1556
|
Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar (mln. so’m)
|
103959,4
|
141522,4
|
Traktorlar (dona)
|
2411
|
2437
|
Traktor kultivatorlari (dona)
|
1562
|
1773
|
Akkumulyatorlar (ming dona)
|
443
|
447
|
Televizorlar (dona)
|
93527
|
47621
|
Muzlatgichlar va sovutgichlar (dona)
|
10774
|
6218
|
Paxta tolasi (ming tonna)
|
1125,4
|
1174,2
|
Gazlamalar (mln. kv.m)
|
160,5
|
114,1
|
Trikotaj buyumlar (ming dona)
|
30883
|
29163
|
Sut va sut mahsulotlari (ming tonna)
|
16,4
|
19,4
|
Meva-sabzavot konservalari (mln. shartli banka)
|
112,9
|
157,9
|
SHakar (ming tonna)
|
170,9
|
254,3
|
O’simlik yog’i (ming tonna)
|
277,5
|
284,6
|
Un (ming tonna)
|
1440,7
|
1425,6
|
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o’z ifodasini topgan22. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tovar ikki xususiyatga ega: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, u boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi.
SHuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |