Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. SHunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari23 fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi bo’lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo’la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».24 Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. YA’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir).
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. SHuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (2-chizma).
Аниқ меҳнат
Абстракт меҳнат
Меҳнат
Ижтимоий нафлилиги
Ижтимоий зарурий нафлилик
Товар
Талабга мос миқдордаги товар
Ижтимоий қиймати
Ижтимоий зарурий меҳнат
Do'stlaringiz bilan baham: |