O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi
andijon qishloq xo’jalik instituti
“BUHGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” kafedrasi
“ IQTISODIYOT NAZARIYASI ”
fanidan
TAYANCH KONSPEKT
(bakalavr bosqichi uchun)
ANDIJON -2015
KIRISH
Har tomonlama kamol topgan yuksak mahnaviyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o`ynovchi fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o`tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiy o`sish va unga ta`sir etuvchi omillar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyalari kabi masalalarni qamrab olgan. Xususan, mazkur fanning ahamiyati keyingi yillarda ro`y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralarini izlab topish va izchil amalga oshirish hamda bu borada erishilayotgan yutuqlar orqali ham yaqqol namoyon bo`ladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi magpruzasida erishilgan yutuqlar borasida shunday fikrlarni bildirdilar: “... bugungi kunga kelib biz o`z oldimizga qo`ygan asosiy maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
Buning tasdig`ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qatgpiy va izchil tus olgani, odamlarimiz o`zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo`layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg`usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko`rish, anglash qiyin emas.” 1
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro`y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi. SHuningdek, bu fan jamiyatning har bir ahzosini g`oyaviy jihatdan yo`naltirish, mahnaviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |