“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligi



Download 8,11 Mb.
bet31/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

4.2. Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligi

I


Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrdа nоishlаb chiqаrish sоhаsidа o`rtаchа 22,3% ishchi mаshg`ul. Bu ko`rsаtgich Nеpаldа аtigi 8%, Bаnglаdеshdа 10%, Nigеriyadа 10%gа tеng, shu bilаn bir qаtоrdа аyrim rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrdа nоishlаb chiqаrishdа bаnd ishchilаrning sаlmоg`i yuqоri. Bulаr yo ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnishdа аnchа ilgаrilаb kеtgаn mаmlаkаtlаr ( Аrgеntinа 59%, Меksikа, Brаziliya, Коrеya Rеspublikаsi), yoki mоliyaviy fаоliyat vа ishbilаrmоnlik хizmаtining yirik mаrkаzlаrigа аylаngаn nеft ekspоrt qilukvchi mаmlаkаtlаri (Liviya 55%, Jаzоir, Sаudiya Аrаbistоni), yoki vоsitаchilik fаоliyati vа turizmgа iхtisоslаshgаn mаmlаkаtlаr (Bоgаm оrоllаri mаmlаkаti 80%) hisоblаnаdi.
qtisodiy taraqqiyot darajasi moddiy ishlab chiqarish emas, balki nomoddiy ishlab chiqarish darajasi va undagi bandlik bilan belgilanadi. AQSH esa xatto eng rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlar ichida bu sohada eng oldinda turadi. Amerikacha bozor iqtisodiyoti rivoji xizmat ko`rsatish sohasining taraqqiyoti bo`yicha dunyoda tengi yo`q mamlakatdir.
Ta’kidlaganimizdek, AQSH milliy mahsulotining ¾ dan ko`proq qismi xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Bandlikni olsak, bunda ham shunday darajani ko`ramiz, ya’ni 77 foiz ishlovchilar shu sohada banddir. Qishloq xo`jaligida band bo`lganlarni chegirib tashlangandan keyin hisoblanadigan bo`lsa, bu ko`rsatkich 73 foiz ish joyini tashkil etadi. Agarda buni boshqa rivojlangan mamlakatlarga taqqoslasak, aytaylik, Germaniya Federativ Respublikasida ish kuchining 41 foiz, Italiyaning 35 foiziga to`g`ri keladi.
Buni Amerika fenomeni deb atashadi. Bu avvalo aholi farovonligi bilan bog`langan. Farovonlikning o`sib borishi xizmat ko`rsatishga talabni kuchaytiradi. Chunki turmush yaxshilanib borishi bilan, moddiy ta’minotning o`sib borishi iste’molni xizmat sohasiga qaratib boradi. Bu esa xizmat ko`rsatish turlarini kengayishi, yangi-yangilarini paydo bo`lib borib, har tomonlama kengayib borishiga olib keladi. Natijada daromadning ma’lum qismi xizmat sotib olishga qaratiladi va xizmat turlariga bo`lgan xaridorlik xajmini ko`paytirib boradi. Iste’mol sohasidagi xizmat ko`rsatish tovarlashib boradi va oldin iste’molchi bajaradigan ishlar pulga ijro etadigan korxona, shaxslar tomonidan bajarilishi kengayib, bundagi vaqt tejaladi va mutaxassis tomonidan bajariladi.
Ikkinchidan, mehnat unumdorligining o`sishi bo`sh vaqtni ko`payishiga olib keladi. Ortib boradigan bo`sh vaqt esa bundan unumli foydalanishni talab etadi. Eng bundagi ma’qul keladigan narsa xizmatlardan foydalanishdir. Dam olish, xursandchilik bilan bog`liq, sport bilan shug`ullanish kabilar bilan bog`langan xizmat turlaridan foydalanishga talab ortadi.
Uchinchidan, texnik xizmat ko`rsatish zaruriyati ortib boradi. Ma’lumki, uy-ro`zg`or buyumlari ichida texnik vositalar xilma-xilligi ortib bormoqda. Turli elektr va elektron asboblar, texnik uskunalar hayotda ko`payganki, bularni iste’mol etish xizmat ko`rasatishni talab etadi. Bundan tashqari tashqi dunyo bilan aloqada bo`lishda, turizm kabilar ham o`ziga xos xizmatlar turini talab qiladi.
Ko`rinib turibdiki, farovonlik bilan bir qatorda umuman taraqqiyot xizmat ko`rsatish sohasini oldinga surib, uning tez rivojlanishini taqozo etadiki, bunda Amerikada juda katta ishlar amalga oshirilgan va AQSHni jahonda xizmat iqtisodiyoti bo`yicha birinchi o`rindagi mamlakatga aylantirgan.
Xizmat ko`rsatish shunchalik taraqqiy etganki, u xaddan tashqari turli-tumandir. Avvalo bunga davlat sektori o`zining sud tizimi, mehnat birjasi, kasalxonlar, harbiy xizmat, kirim kassalari, militsiyalar, yong`inga qarshi xizmat, pochta, maktablar, boshqarish va nazorat organlari kiradi. Shu bilan birga ajoyibxona, sahovat tashkilotlari, cherkov va machitlar, kollej-litseylar, kasalxona va jamg`armalari bilan xususiy sektor kiradi.
Bundan tashqari xizmat ko`rsatish sohasiga xususiy tijoriy sektorga kiruvchi aviakompaniyalar, banklar, kompyuter xizmati byurolari, mehmonxonalar, sug`urta kompaniyalari, sarmoya firmalari, shaxsiy shifokorlar, kinofirmalar, santexnika jixozlarini ta’mirlash firmalari kabilar kiradi.
Bular ommaviy xizmat ko`rsatish sohasiga kirsa, to`xtovsiz yangi xizmatlar paydo bo`lib bormoqda. Aytaylik, ma’lum pulga oila byudjetini balanslashtiruvchilar, uy topishga yordam qiluvchilar, ish topib beruvchi, xizmat joyiga olib boruvchi, ijaraga bog`cha, traktor kabilarni topib beruvchilar va h.k.
Xizmat ko`rsatish bozor iqitisodiyoti sharoitidagi moddiy tovarlarga o`xshagan talab, taklif, raqobat, bozor bahosi xususiyatlarida bo`lib, iste’molda juda ahamiyatlidir va u ayniqcha Amerika hayotida to`xtovsiz turlanib, o`z o`rnini kengaytirmoqda. U xattoki AQSHning tashqi savdosida o`z o`rnini kengaytirmoqda va jahon xizmat ko`rsatish bozorlarida pishiq o`rinni egallaydi. O`tgan asrning 90 – yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlarning 70 foizdan ortiq ma’lumot banklari (jamg`arilishi) AQSHda jamlangan edi.
Amerika kompaniyalari EHMlarni resurslar bilan ta’minlash bo`yicha jahon bozorining ¾ qismini o`z qo`llarida ushlab turadilar. Chet mamlakatlar uchun patentlarni ro`yxatga olish, avtorlik huquqlarini rasmiylashtirish, litsenziyalar majburiyatini amalga oshirish, dizayn ishlab berish, korxona menejment boshqaruvi tajribalarini ommalashtirish kabilar xizmat bozoriga kiradi.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish