“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji



Download 8,11 Mb.
bet32/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

4.3. XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji

AQSH bozor iqtisodiyotida XX – asr birinchi yarmida keskin o`zgarishlar yuz beradi. Bundagi asosiy turtki 1929-1933 yillarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz – depressiyadir. Bunda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1/3 qismga qisqargan edi. Ishsizlik esa ¼ qismga yetgan edi. Bu inqiroz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini egallab, ayniqsa ishlab chiqarish va savdoga katta zarar keltirgan. Ko`p xo`jalik turlarini ishdan chiqargan, chuqur iqtisodiy tushkunlik yuz bergan, katta zararlar yetkazilgan.


Bevosita iqtisodiy tushkunlik katta ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirgan. Chunki ishsizlik ko`pchilikni daromad manbaidan maxrum qilib, katta hayotiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Ommaviy noroziliklar kelib chiqqan.
Iqtisodiy aloqalar buzilib, iqtisodiy muvozanat izdan chiqqan. Albatta bu katta talofatlarni keltirgan. Inqirozni oldini olish va depressiyadan chiqish tub o`zgarishlarni talab etar va katta matonat, kuch va iroda zarurligini yuzaga ketiradi. Bundagi muhim narsa milliy birlikni ta’minlash, inqirozdan chiqish yo`llarini belgilash va bor imkoniyatlarni tiklanish uchun qaratish zaruriyati talab etilib, Amerika davlati va hukumati bu og`ir va taqdiriy masalalarda yyetakchi rolini bajarishi zaruryaiti tug`ilgan edi.
Katta iqtisodiy islohotlar o`tkazilib, buning negizida o`sha vaqtdagi AQSH Prezidenti Franklin Ruzvelt islohoti bo`lib, bu “yangi kurs” deb nomlangan. Bunda “biznes hukumatdan yuqori bo`lishi mumkin emas” degan tamoyil asos bo`lgan. Bu islohotda iqtisodiyotning asosiy tomonlariga tub o`zgarishlar kiritilib, yangi yo`nalishlar belgilangan. Iqtisodiy islohotlarda 400 mingdan ortiq dasturlar tuzilib, amalga oshirilgan. Bularning ichida yangi aerodromlar, temir yo`l va avtomobil yo`llari, shosselar, maktablar va boshqa bir qancha infratuzilmalar qurilishi ko`zda tutilgan. Bularni amalga oshirishda mehnat bilan yordam berib, safarbarlik usullari qo`llanilgan. Albatta bu davlat tomonidan to`lanib turilgan. Buning uchun maxsus mehnat lagerlari tuzilib, bunga asosan ishsizlar jalb etilgan.
Energetika sohasida katta ishlar olib borilgan. Energetika Amerika iqtisodiyotida negizli sohalardan bo`lib, buning bandlikka va mamlakatga XX – asr 30-yillarida iste’mol talabini jonlantirishda, yangi joylarini tashkil etishda ahamiyati katta bo`lgan. Shuning uchun yirik xajmda davlat gidroelektrostansiyalari qurilishi amalga oshirilgan. Bu boshqa iqtisodiy masalalar bilan birga raqobat muhitini yaratishga ta’sir ko`rsatgan. Federal Komissiya tuzilgan bo`lib, bu o`z navbatida shtatlar o`rtasida energoresurslarni taqsimlanishi nazoratini bajargan. Shtatlardagi tuzilgan muayyan komissiyalar elektroenergiya baholari, energiyaga esa neft mahsulotlari, tabiiy gaz va shunga o`xshashlarni ham baholashni nazorat etish vakolatiga ega bo`lgan.
Bu orqali umuman eng muhim iqtisodiy sohalardan hisoblangan energetikadagi amalga oshirilgan asoslar iqtisodiyotning barcha tomonlarini jonlantirish va rivojlantirishga katta ta’sir ko`rsatgan va qudratli energetika negizi barpo etilib, bu mamlakat salohiyatida kuchli asosga aylangan.
Iqtisodiy islohotda moliyaviy o`zgarishlar ta’sirli bo`lgan, chunki u iqtisodiyotning qon tomirlari sifatida ahamiyatlidir. Bunda eng muhim va ta’sirlisi banklar to`g`risidagi tasodifiy qonun bo`lgan. Bu qonun bo`yicha banklar qimmatbaho qog`ozlarning egalari bo`lishi taqiqlangan va ular bularning omonat saqlanishi sifatidagi xizmat bilan chegaralanishi talab etiladi. Shu bilan birga banklarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishi ham taqiqlanib, o`z bevosita vazifalari bilan chegaralanish tartibi o`rnatiladi. Bunda moliya-kredit faoliyati bo`yicha qimmatli qog`ozlar komissiyasining ishlari ta’sirli bo`lgan.
Iqtisodiy tuzilmalar bo`yicha qo`lanilgan tadbirlar ham muhim bo`lib, ichki ishlab chiqarishni jonlantirishga ijobiy ta’sir etgan. Bunda milliy mahsulotga talabni oshirish bilan uni himoyalash qo`llanilib, importni qisqartirgan xolda milliy sanoatni rag`batlantirish siyosati olib borilgan. Aytaylik, Amerika mahsulotlarini sotib olish shiori ostida o`z ishlab chiqarishi uchun bozorni kengaytirish ham ijobiy rol o`ynagan. Bundan tashqari qishloq xo`jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish bilan kurash olib borish va bunga taalluqli tadbirlar qo`llash amalga oshirilib, agrar sohani tartiblashtirish choralari qo`llanilgan.
Inqirozdan chiqishga qaratilgan usullardan yana bir muhimi ijtimoiy sohaga taalluqlidir. Bunda avvalo ishsizlikni oldini olish juda muhimdir. Chunki ahvolni og`irlashtiradigan, notinchlikka olib keladigan muhim sabablardan bo`lgan inqiroz natijasidan iborat ommaviy ishsizlik eng dolzarb muammodir. Aytganimizdek, 1929-1933 yillar inqirozida 1/3 qism ishchilar ishsizlikka duchor bo`lgan edi. Buning asosida ishsizlik to`g`risidagi qonun katta ahamiyat kasb etib, bundagi tadbirlar bilan bevosita 4 mln. kishi jalb etilgan. Ko`p sonli dasturlarning bajarilishi, alohida mehnat lagerlarining tashkil etilishi bu muammoni xal qilishda juda qo`l kelgan.
Bundan tashqari to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordam ko`rsatish ham keng miqyosda qo`llanilib, bunga hukumat ttomonidan 5 mlrd. dollar ajratilgan va bevosita muxtojlarga, kamxarj shaxslarga, avvalo ishsizlar, o`rtasida taqsimlangan.
Ruzveltning “yangi kurs” siyosati inqirozdan chiqishda va iqtisodiyotni sog`lomlashtirishdagi barcha tadbirlarni amalga oshirilishida konsolidatsiyaga erishish, bunda milliy birlikni ta’minlay olish, vatanparvarlik tuyg`usini uyg`ota olishlik xal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Amerikacha milliy birlik, g`urur bundan keyin ham Amerika jamiyatining taraqqiyotida ko`p ahamiyatli rol o`ynagan. Chunki chuqur inqirozdan chiqish, depressiyaning oldini olish ko`p yo`qotishlarni talab etib, talofatlardan qutilish, barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirish tufayli taraqqiyotga yo`l ochishni talab etadi.
Iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, raqobatdoshlikni ta’minlash, ish o`rinlarining qimmatlashib borishi kabilar va shuningdek ayniqsa xomashyolarga jahon narx-navolarining ko`tarilib borishi yangi resurslarni saqlovchi texnologiyani qo`llash, mehnat unumdorligining o`sishini ta’minlovchi texnika va ish usullarini qo`llagan xolda ishlab chiqarishni yangilab borish ilg`or iqtisodiyotni yuzaga keltirishda asos bo`lib xizmat qilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish va yangi serunum texnika va texnologiyalarga talabni kuchaytirib bordi.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish