Nazorat savollari:
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi umumiylik va xususiylik nimadan iborat?
2. Har bir mamlakatning milliy modelining o’ziga xosligi nimalardan iborat?
3. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlari qanday amalga oshirilmoqda?
4. Industriyalashgan jamiyat nima?
5. Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti belgilarini sanab bering?
7. O‘zbekistonning milliy bozor modelida xususiylik nima?
4-BOB. AQSH NING BOZOR IQTISODIYOTI TAJRIBASI
REJA
4.1. AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi yyetakchi o`rni va
buni belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar
4.2. Milliy xo`jalikda nomoddiy ishlab chiqarish ustuvorligi
4.3. XX – asr birinchi yarimida bozor iqtisodi rivoji
4.5. Demokratik xalqchanlik iqtisodiyotining xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar
Mashinasozlik, Tаshqi qаrz, kosmik xizmat, g`alllachilik, paxtachilik, bog`dorchilik, sabzavot
4.1. AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi yyetakchi o`rni va buni belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar
A
AMERIKA QOSHMA SHTATLARI
Rasmiy nomi – Amerika Qoshma shtatlari. Poytaxti – Vashington. Xududi – 9363200 km kv. Aholisi – 284500000 kishi. Davlat tili – ingliz (ispan, fransuz, nemis, italyan, polyak, portugal, arab, hind tillari ham keng tarqalgan). Dini – protestantlar (53%), katoliklar (26%), yaxudiylar (2% ga yaqin), pravoslavlar (2% ga yaqin), musulmonlar (2% ga yaqin).
Pul birligi – AQSH dollari.
Geografik joylashuvi: Shimoliy Amerika materigida joylashgan.
Iqtisodi: AQSH ilg’or ibdustrial va sanoatning yuqori diversifikasiyasiga ega davlat bo’lib, neft sanoati (dunyoda 2-o’rinda), metallurgiya (alyuminiy, qo’rg’oshin, mis ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog’ochni qayta ishlash va qishloq xo’jaligiga qaratilgan.
QSH jahonda eng katta mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakat maydoni 9,7 mln km2 ni tashkil etib, maydoni jixatdan dunyoda to`rtinchi o`rinni egallaydi. Xalqi 270 mln. kishini tashkil etadi. yetishtiriladigan mahsulot bo`yicha bunga teng keladigani yo`q. Yillik ichki mahsulot xajmi 8 trln. dollarni tashkil etib, eng bunga yaqin mamlakatlardan bir necha marotaba ko`pdir. Chunki jahon ichki mahsulot xajmining 21 foizini tashkil etadi. Aholi jon boshiga hisoblaganda 30 ming dollardan to`g`ri kelib, bu juda katta ko`rsatkichdir. Chunki hatto bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ham ancha yuqoridir. Oddiy mamlakat yoki qoloq mamlakatlar bilan taqqoslasak, aql bovar qilishi qiyin.
Yillik o`rtacha o`sish ham past bo`lmay, 2,2-2,5 foizni tashkil etib, bunda ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunlikni ko`ramiz. AQSH tabiiy resurslarga boy. 100 dan ortiq xil foydali qazilmalari mavjud. Bularning ichida eng muhimlari neft, gaz, toshko`mir, rangli va qimmatbaho metallar. Energoresurslar eng salmog`li hisoblanib, qiymati bo`yicha qazilma boyliklarning 90 foizini tashkil etadi. Foydalaniladigan mineral resurslarning 50 foizi import hisobiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga tabiiy resurslarni himoyalash va saqlash, tijorat yo`lida foydalanishni taqiqlash siyosati qo`llanilib, AQSHda bir necha o`n yillardan beri qazilma boyliklar manbaalari hisobiga ishlab chiqarish bir muncha qisqartirilib, vaqtincha to`xtatilgan. Ayniqsa neft manbaalarining ancha qismi qayta bekitilib, qazib olish to`xtatilgan. Asosiy talab chet el xomashyolariga qaratilgan.
Resurslardan foydalanishning yuqori samarali darajaga erishuvi tabiiy boyliklardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish imkonini tug`dirmoqda. AQSH iqtisodiyotidagi muhim xususiyatlardan biri xizmat ko`rsatish sohasining ustunligidir. Bu ayniqsa XX – asrga kelib juda avj olgan. Xizmat sohasining yalpi ichki mahsulotdagi qismi 77 foizga yetgan. Sanoat va qurilish – 20 foiz bo`lsa, qishloq xo`jalik mahsulotlari atigi – 3 foizga teng bo`lgan.
H
Mоliyaviy inqirоz dаvridа ko’pginа Mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti хуkуmаt хаmdа tаshqi krеditоrlаrning Mоliyaviy ko’mаgigа аnchа mухtоjlik sеzdi. Bu еsа, o’z nаvbаtidа, dаvlаt qаrzi yoki tаshqi qаrzlаrning оshib kеtishigа оlib kеldi.
Ko’pginа G’аrb Mаmlаkаtlаridа dаvlаt bуudjеtining dеfitsiti, dаvlаt qаrzi vа xуsusiy sеktоr qаrzining o’sib bоrishi оdаtiy хоlаtdir. Birоq, 2008-yilning 4 chоrаgidа bоshlаngаn jахоn mоliyaviy inqirоzi dаvridа bа’zi Mаmlаkаtlаrning iqtisоdiyoti qаrz bоtqоg’igа bаtаmоm bоtib qоldi.
Tаshqi qаrz - bу, mаmlаkаtning tаshqi mаjburiyatlаri, xоrijiy krеditlаr vа уillаr bo’yichа fоiz to’lоvlаrining yig’indisidir. Bundа fаqаtginа хуkуmаtning tаshqi qаrzi еmаs, bаlki kоrpоrаtsiyalаr vа individuаl shаxslаrning хаm mаmlаkаt tаshqаrisidаgi qаrzlаri хisоbgа оlinаdi.
Biz shу pаytgаchа АQSH tаshqi qаrzlаrining tinmаy o’sib bоrаyotgаnligi vа buning оxir оqibаt qаndаy sаlbiy nаtijаlаrgа оlib kеlishi хаqidа bir nеchа mаrtа "qаyg’уrgаn" хаm еdik. Аslidа хаm bu хаqdа qаyg’уrishgа аrzigulikmi?
Mаmlаkаtning qаrz pоzitsiyasini bоshqа mаmlаkаtlаrniki bilаn sоlishtirishdа, оdаtdа, yalpi tаshqi qаrz miqdоrining yalpi ichki mахsulоtgа nisbаti (fоiz хisоbidа), ya’ni uning qаrzdоrlik dаrаjаsi e’tibоrgа оlinаdi.
Аytish mуmkinki, АQSH tаshqi qаrzi miqdоr jiхаtdаn eng kаttаsi bo’lishi mуmkin, lеkin mаmlаkаt yalpi tаshqi qаrzining yalpi ichki mахsulоtgа nisbаti esа dunyodаgi еng yuqоri ko’rsаtkich хisоblаnmаydi.
Tashqi qarz (yalpi ichki maxsulotga nisbatan, %): 98,4%
Yalpi tashqi qarz miqdori: 13,92 trln. $
Yalpi ichki maxsulot (2009): 14,14 trln. $
Кishi boshiga to`g`ri keluvchi tashqi qarz miqdori: 45 302 $
ozirgi davr AQSHning sanoat ishlab chiqarish tuzumi shakllanishida mashinasozlik yyetakchi o`rinni egallaydi. Ma’lumki, AQSH yirik muhim mashinalar ishlab chiqarishda dunyoda katta o`rin egallaydi. Elektron, elektrotexnika bilan bog`langan mashinasozlik boshchilik qilib, bunga xos zamonaviy texnikalar yaratiladi. Transport mashinasozligi esa oldindan dovrug`i ketgan bo`lib, bunda asosiy urg`u avtomobillarga qaratilgan. Lekin aviatsiya mashinasozligida ham dunyoda yyetakchilik qiladi.
Elektron mashinasozlikda maishiy ahamiyatga ega bo`lgan tarmoqlar asos bo`lmay, sanoat tarmoqlari uchun, ayniqsa harbiy xizmatlar uchun texnika ishlab chiqarish yyetakchilik qiladi.
Mashinasozlikda aviatsiya sanoati bilan raketa mashinasozligi katta xajmlidir. Bu bevosita harbiy maqsadlarga qaratilgan bo`lsa, shu bilan birga kosmik xizmatlarga ham qaratilgandir. Mashinasozlik sanoatida kosmik texnika asos bo`lib, bu sohada AQSH dunyoda eng yyetakchi o`rinni egallaydi va bu sohadagi mahsulotning eng ko`p miqdorini ishlab chiqaradi va natijada kosmik fazoni o`rganish bo`yicha asosiy ish xajmi keyingi yillarda AQSHga to`g`ri keladi.
Yer atrofi fazosini o`rganish, quyosh sayyoralarini o`rganishda yaratilgan kosmos, raketa texnika asboblari katta ahamiyat kasb etish bilan birga iqtisodiyotni rivojlanishida borgan sari ko`proq qo`llanilmoqda.
AQSH sanoat ishlab chiqarishi tuzumidagi ikkinchi darajalisi kimyo sanoatidir. Bu tarmoq korxonalari asosan neft va gaz qazilma joylarida bo`lib, shu bilan birga chetdan keladigan neft importi, terminallari yaqinida ham joylashgan. Ma’lumki, Kime sanoatining mahsulotlari iqtisodiyotning ko`p tarmoqlari uchun juda zarur bo`lib, bu ayniqsa qishloq xo`jaligi, uy-ro`zg`or, sanoat tarmoqlari, kosmetika, bo`yoqchilik kabilarda juda ko`p ishlatiladigan mahsulot va vosita hisoblanadi.
Iqlim sharoitlarining qulayligi, tuproq unumdorligining yuqoriligi qishloq xo`jaligining rivojlanishiga yaxshi imkoniyatlar tug`diradi. Chorvachilik, g`allachilik, paxtachilik, bog`dorchilik, sabzavot va polizchilik yuqori unumli bo`lib, oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlarining turli xillarini yetishtiruvchi xo`jaliklar uyushtirish imkonini beradi. Serunum, yuqori xosilli xo`jaliklar yetarli darajada mahsulotlar yyetishtirish, shu bilan birga ichki talablarni to`la ta’minlagan xolda katta qismini jahon bozoriga chiqarish sharoitini tug`diradi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi boshqa soha va tarmoqlarga o`xshagan juda yuqori darajada tashkil etilgan.
Qishloq xo`jaligining taraqqiyot darajasi shuni ko`rsatadiki, bandlik 3 foizni tashkil etadi xolos. G`oyat ko`p miqdordagi mahsulotning shuncha oz miqdordagi ishlovchilar bilan yetishtirilishi ilg`or texnologiya, ishbilarmonlik, tashkiliylik, yuqori mehnat unumdorligining natijasidir. Albatta bozor mexanizmlarini qo`llashdagi uddaburonlik, yuqori darajadagi tijoratlilik katta o`rin egallaydi. Xatoki shu kunlarda O`zbekiston bozorlarida AQSH tovuqchilik, sholikorlik va boshqa mahsulotlari kabilarni tez-tez uchratish mumkin. Albatta bu AQSH qishloq xo`jaligi qudratining ta’siriy natijasidir.
Amerikalik fermerlar jahonda eng yuqori mehnat unumdorligi darajasiga erishgan. Agar rivojlanmagan mamlakatlar qishloq xo`jaligida band bo`lgan bir ishlovchi o`zi va oila a’zolarini zo`rg`a boqa olsa, Yaponiyada bir fermer 16 kishini, G`arbiy Yevropada 19 kishini ta’minlasa, AQSHda esa bir fermer 59 kishining qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondira oladi. Albatta bunda murakkab va yuqori unumli qishloq xo`jalik mashinalaridan foydalanish katta yordam beradi. Shu bilan birga infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etganligi ahamiyatlidir. Bunga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tashish va omborlarda saqlashning yuqori darajada tashkil etilishini ham qo`shish kerak. Eng muhimi davlat tomonidan qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning har tomonlama qo`llanilishidir. Fermerlar doimo davlat himoyasida bo`lib keladi, katta-katta davlat dasturlari amalga oshiriladi. Masalan, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasiga qaratilgan davlat dasturlari bo`yicha xarajatlar AQSH Federal byudjetining 4,5 foizini tashkil etadi. Bu esa qishloq xo`jaligi mahsuloti yillik qiymatining 27 foiziga teng bo`ladi, yoki bo`lmasa har bir gektar ekinga davlatning yillik 410 dollarini subsidiyasiga tengdir.
A
Jаhоn yеr fоndining umumiy mаydоni - 134 mln.km kv. (13,4 mlrd.gа) bo`lib, uning аsоsiy qismi Аfrikа, МDH, Хоriжiy Оsiyo, Shimоliy vа Jаnubiy Аmеrikаdа jоylаngаn.
Jоn bоshigа еr fоndi eng ko`p Аvstrаliyagа to`g`ri kеlsа, eng kаm Хоriжiy Оsiyogа to`g`ri kеlаdi.
Ishlоv bеrilаdigаn еrlаr mаydоni bo`yichа АQSh (190 mln.gа), Hindistоn (100 mln.gа), Rоssiya (134 mln.gа), Хitоy (95 mln.gа), Каnаdа (46 mln.gа), Qоzоg`istоn (36 mln.gа), Ukrаinа (34 mln.gа) аjrаlib turаdi. Еvrоpаdаn tаshqаri, jаhоnning bаrchа mintаqаlаridа tаbiiy o`tlоq vа yaylоvlаr ishlаb bеrilgаn yrlаrgа nisbаtаn ko`prоq.
Jаhоn bo`yichа 720 mln.gеktаr еrgа dоnli ekinlаr ekilmоqdа. Ulаr jаmi ekin mаydоnining Buyuk Britаniya, Frаnsiya vа Itаliyadа 50-60% ini, Rоssiya, Pоlshа, Веngriya, Ruminiya vа Yapоniyadа 60-65% ini, GFРdа - 70%, Vеtnаm vа Моngоliyadа 80% egаllаgаn.
Jаhоndа jаmi ekin mаydоnining аsоsiy qismini 3tа ekin, ya’ni bug`dоy (23 mln.gа), shоli (140 mln.gа), mаkkаjo`хоri (180 mln.gа) egаllаydi.
Jаhоn bоzоrigа yiligа 5-6 mln.t. o`rtа tоlаli pахtа chiqаrilаdi. Аsоsiy pахtа tоlаsini ekspоrt qiluvchi mаmlаkаtlаrgа АQSh, O`zbеkiston, Хitоy, Pоkistоn, Hindistоn, Аfrikа mаmlаkаtlаri, Pаrаgvаy, Аvstrаliya hisоblаnаdi. Pахtа impоrtini ikki mintаqа bеlgаlаb bеrаdi:
-Shаrqiy vа Jаnubiy-Shаrqiy Оsiyo (Yapоniya, Таyvаn, Коrеya Rеspublikаsi, Gоnkоng, Таylаnd, Indоnеziya)
-Еvrоpа - Itаliya, FFР, Frаnsiya, Pоlshа, Chехiya, Slоvаkiya vа bоshqаlаr.
QSH iqtisodiyoti taraqqiyotida ilmiy-texnik salohiyatning jamg`arilishi sharoitlarini doimo ta’minlashda davlatning hissasi katta. Ayniqsa harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga ilmiy sig`imli tarmoqlarning asosiy kapitaliga investitsiyani qo`llash ahamiyatlidir. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatini o`sishida va Amerika tovar hamda xizmatlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshlik darajasini saqlashda bilim olish va ilmiy kadrlar tayyorlashdagi solig` imtiyozlari va uning xarajatlarini oshirib borishning byudjet hisobiga amalga oshirilishi yaxshi natijalar bermoqda. Shu bilan birga immigratsiya siyosatining bu sohada maqsadli yo`nalishida bo`lishi ham qo`l kelmoqda. Chunki bunda butun dunyodan ilmiy, injener va boshqaruv kadrlarini jalb etishga katta yo`l ochib berilgan.
Shuning uchun ham AQSHning iqtisodiy o`sishida ilmiy-texnik progress eng muhim omilga aylangan va fan-texnikaning ko`pchilik sohalarida dunyoda tan olingan liderga aylangan. Jahonda eng yirik salohiyatga ega bo`lib, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) umumiy xajmi bo`yicha jahonda birinchi o`rinda turadi. Shu bilan birga kompaniyalarning bunday xarajatlari borgan sari ortib bormoqda. Yaponiya va Yevropa mamlakatlarining ham bunday xarajatlarining tezlik bilan ortib borishiga qaramay, kamdan-kami Amerika darajasiga yaqinlashmoqda. ITTKI xarajatlari AQSH davlat byudjetida ham katta o`rin egallamoqda. Keyingi to`rt o`n yillik ichida Federal byudjetning fan, kosmos va texnologiya uchun xarajatlarining salmog`i 11 marta o`sib, 0,1 foizdan o`tgan asrning 90 – yillari o`rtasiga kelib 1,1 foizgacha yetdi.
A
Fan – texnika inqilobinig kengayishi va chuqurlashuvi, jahon xojaligiga tasirining kuchayishi kopchilik mamlakatlarda industrial turdan keyin shakillangan va postindustrial deb nom olgan (rost – lotincha “keyin”) iqtisodiyotning mutlaqo yangi turning tarkib topishiga olib keldi
QSH bozor iqtisodiyoti rivojining eng muhim ko`rsatkichlaridan biri ish joyi qiymatining yuqoriligidan iboratdir. Bu rivojlangan mamlakatlarda milliy mahsulotning ¾ qismigacha yetsa, Amerikada 80 foizgacha boradi. Albatta bu umumiy taraqqiyotning eng muhim natijasidir. Ma’lumki, bu ishlovchining ish haqi degan so`z, ya’ni uning daromad manbaini tashkil etadi. Aholi turmush darajasining manbai ham daromaddan iborat bo`lib, bu provardida inson turmush sifatida o`z ifodasini topadiki, ishlovchining asosiy maqsadi mana shu daromaddir.
Ish joyining qimmatligi hayotiy muammolarning hal qilinishining asosi ekanligi ma’lum narsa, chunki uning sifatini ko`tarish uchun sarf etiladigan asos hisoblanadi. Bu tibbiyotga, madaniyatga, dam olishga talabni oshiradiki, bular doimo talab yuqoriligi uchun sifatli darajada bo`ladi. Hayotiy talab to`laligi ta’minlanadi. Uzoq sermazmun umr ko`rish ta’minlanadi.
Ish joyi qimmatligi asosidagi bunday holat bandlik uchun bo`lgan talabni ko`paytiradi. Bu bir tomondan yuqori malakali ishlovchilar taklifi darajasini ko`tarsa, ikkinchi tomondan boshqa mamlakatlardan keladigan asosan yuqori intellektual mehnat egalari oqimini kengaytiradi. Inson maqsadi yaxshi hayot va buning asosi yuqori daromadga erishish bo`lgandan keyin albatta Amerikada ishlashni, undagi yuqori darajali hayot kechirish lazzatidan bahramand bo`lishni istaydiganlar ko`p bo`ladi va immigratsiya harakatini kuchaytiradi.
Amerika millati ommaviy immigratsiya natijasida shakllangan bo`lib, ko`p millatli xalqdan tarkib topgan. Asosan Yevropaliklar bo`lib, birinchi navbatda Angliya, Shotlandiya, Irlandiyadan kelganlardir. Germaniya, Italiya, Polsha va Rossiyadan kelganlar ham ko`p. Shu bilan birga Osiyoliklar ham ancha qismini tashkil etadi. Lekin o`z vaqtida Afrikadan qul qilib sotilganlar solmog`i sezilarli bo`lib, deyarli umumiy aholining 12 foizini tashkil etadi. Negrlardan tashqari ish axtarib, baxt izlab kelganlar ham ko`p bo`lgan. yerlar ko`p, serhosil, iqlimi yaxshi, yuqori daromad olish ehtimoli o`z vaqtida ommaviy ravishda kelishga olib kelgan. Mavjud siyosiy va boshqa erkinliklar bunga juda moyillik tug`dirgan. Bu narsa deyarli AQSH tarixi davrida doimiy bo`lib, xattoki hozirgacha davom etadi deyish mumkin. Chunki mavjud yuqori iqtisodiy imkoniyatlar, yuqori turmush xali ham bo`lsa o`ziga tortadi.
AQSH davlatining yuzaga kelishi, rivojlanishi erkinlik ruhiyatida davom etib, bu o`ziga xoslikni shakllantirgan. Mavjud tabiiy va ijtimoiy sharoit ishbilaromnlik, tashabbuskorik, ijtimoiy faollik ruhida bo`lishga moyilik tug`dirib, har qanday qiyinchilik, mehnatsevarlikka da’vat qilgan. Bu siyosiy erkinlik, demokratik tizim sharoitida jamiyatning shakllanishi, iqtisodiy rivojlanishning tezlashuvi va sog`lom ravishda davom etishiga katta ta’sir ko`rsatib keladi. Siyosiy, iqtisodiy erkinlik haqiqiy kuchli davlat va jamiyatni yaratishga olib kelgan. Albatta bunda avvalo kuchli, taraqqiy etgan bozor munosabatlari asosidagi iqtisodiyotning xal qiluvchi ahamiyati kattadir. Aytish mumkinki, AQSHni shu darajaga yetkazgan avvalo uning qudratli bozor iqtisodiyotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |