“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet18/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

2.6. Davlat mulkini xususiylashtirish

Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mulk shakllarining turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta’minlash davlat mulkini xususiylashtirish, uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo‘yadi. Chunki bozorga o‘tish, nobozorcha boshqarish usuli o‘rniga bozorcha xo‘jalik yuritishni o‘rnatish, davlat iqtisodiyotini parchalash, raqobatbop xo‘jalik turlarini yaratish asosiy muammolardandir.


Davlat mulkini xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik bo‘lib, bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Privatizatsiya davlat mulkidan boshqa mulk shakllariga o‘tishni anglatadi. Privatizatsiya lug‘aviy mazmuni xususiylashtirish bo‘lgani uchun bu iqtisodiy jarayonni davlat mulkini xususiylashtirish, deb ataydilar. Lekin mazmunan xususiylashtirish privatizatsiyaga nisbatan kengroqdir. U yana umuman iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin, iqtisodiy sharoitga bog‘liq chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.
Xususiylashtirish davlat iqtisodiy monopollligini bitirish va o‘rniga bozorga xos bo‘lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki bunda davlat mulki hukmronligi o‘rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda xususiy mulk shakllarini yaratish va bozorga o‘tish sharoitilarini paydo etish uchun davlat mulkini xususiylashtirilayotgan bo‘lsak, rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor taraqqiyotini takomillashtirish vash u sohada davlat va bozor tizimlari o‘rtasidagi muvozanatni zamonaviylashtirish amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli bozorin kuchaytirish bilan bog‘langandir. Shuning uchun bizdagi va G‘arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo‘lmaydi. Bizning sharoitimizdagi bu jarayon o‘tish vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos solish bilan bog‘langan bo‘lsa, G‘arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash hamda navbatdagi davlat va raqobat bozori o‘rtasidagi yangi balansni ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomonlari mavjud bo‘lganidek, xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda shuningdek, milliy, ommaviy xususiyatlari ham mavjuddir. Keyingi yillarda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish jarayoni sharoitida nog‘oyaviylashtirish kuchaymoqda. Chunki faqat xususiylik tarafdorlari bo‘lganlar yoki davlat iqtisodiyoti tarafdorlari bo‘lganlar kamayib, o‘z ahamiyatlarini yoqotmoqdalar. Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik neft kompaniyasi bo‘lgan “British petrolium”ni konservatorlar emas, balki leyborist demokratlar xususiylashtirishdi. Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday qilishdi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yol va usullari ko‘p bo‘lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi.
G‘arb davlatlari tajribasiga ko‘ra iqtisodiyotning nodavlatlashtirish usullaridan to‘rt xilini samarali deb tanlasa bo‘ladi. Albatta bu usulni O‘zbekiston uchun to‘g‘ri keladi deb bo‘lmaydi. Lekin ulardan foydalanish mumkin. Shunga ko‘ra bularni tahlil etish foydadan holi emas deb o‘ylaymiz.
1.Bozorni liberallashtirish – bu baholar erkinligiga o‘tish bilan birga, raqiblarni bozorda ko‘paytirish choralarini qo‘llash, kichik biznesni kuchaytirish, chet tovarlarni ko‘proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o‘zidan-o‘zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini ko‘taradi.
2.Aksionerli davlat – shaxsiy korxonalarini yaratish, ularning faoliyat sohasini kengaytirish. Bunda davlatning aksiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib borishga qaratilgan soliq, kredit kabi mexanizmlar mavjud.
3.Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketma-ket yoq qiluvchi nodavlatlashtirish usullari. Bular byudjet hisobiga korxonalarning ishini yaxshilash, davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, xususiy investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tadbiq etishlardan iboratdir. Bu bozor munosabatlariga yol ochadi.
4.Xususiylashtirishni amalga oshirish. Agar xususiylashtirish keng qo‘llanilsa ayrim shaxslar, sotiladigan korxonalar, bank, yangi aksioner jamiyatlar, chet firmalarning jamoa a’zolari mulkdorlar qatoriga qo‘shilib boradilar.
Quyidagi jadvalda iqtisodiyotning nodavlatlashtirishga xos usullarini ko‘rsatuvchi tomonlarni umumlashtirilgan holda ko‘rstatishga harakat qildik. Bularni alohida-alohida qo‘llaniladi, deb bo‘lmaydi. Bu, albatta taraqqiy etgan g‘arb mamlakatlar tajribasi aosisda tuzilgan. Lekin respublika sharoitlarini hisobga olgan holda bulardan muvaffaqiyatli foydalanish va bu bizning shakllanayotgan bozor iqtisodiyotimiz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Bu to‘rt usul bozor usuliga o‘tgan mamlakatlarga xos bo‘lib, ularda xususiylashtirish oldindan hal qilingan. O‘zbekiston uchun esa hozirgi asosiy vazifa – xususiylashtirishni to‘la amalga oshirishdir.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish