“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet14/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

2.3. Bozor infratuzilmasi

Bozor iqtisodiyotining muhim shartlaridan biri uning infratuzilmalarining shakllanishidir. Busiz va uning rivojisiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi hamda iqtisodiyot samarali harakatda bo‘la olmaydi. Bunda biz vositachilik tarmoqlari, transportning barcha turlari, aloqa, axborot kabilarni ko‘zda tutmog‘imiz darkor. Chunki bularsiz tovarlar harakati, tijorat kabilarni amalga oshirib bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun birinchi navbatda bozorning tijoriy tomonlarini ifodalovchi savdo-vositachilik bo‘limlari va birjalar bilan tanishmoq zarur.




2.3.1.- jadval
Bozor infrasttuzilmasi



Infratuzilmasi turlari

Infratuzilma tarmoqlari

1.

Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura

* transport;
* aloqa;
* ombor xo‘jaligi;
* yol xo‘jaligi;
* suv va energetika ta’minoti va boshq.

2.

Tovarlar va xizmatlar muomalasiga ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infrastruktura

* birjalar;
* savdo uylari;
* auksionlar;
* tijoratchilik idolari;
* reklama firmalari va agentliklari;
* davlatning savdo-sotiq va ulrni nazorat qiluvchi muassasalari.

3.

Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infrastruktura

* tijorat banklari;
* o‘z-o‘zini kreditlash idoralari;
* sug‘urta kompaniyalari;
* moliya kompaniyalari;
* soliq undirish mahkamalari;
* har xil pul jamg‘armalari.

4.

Aholiga xizmat qiluvchi Єki sotsial infrastruktura

* uy-joy, kommunal va transport xizmati;
* maorif;
* madaniyat;
* sog‘liqni saqlash;
* aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari.

5.

Axborot xizmati

* iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar, ma’lumotlar va xabarlarni:
- to‘plash;
- umumlashtirish;
- sotish bilan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari va davlat muassasalari.

Bozor avvalo tovarlar oldi-sotdisi, shuningdek, savdo vositachilik faoliyati jarayonidan iborat. Bunda mustaqil ish ko‘ruvchi savdo vositachisi ishlab chiqarishning topshirig‘i bilan shartnomalar yoki aloxida topshiriqlar bo‘yicha oldi-sotdi ishini bajaradi. Bu dastlabki ko‘rinishi bo‘yicha oddiy bo‘lsa ham, aslida murakkab jarayon. Xaridor topish, oldi-sotdini bajarish, to‘lovlar kafilligini ta’minlash va ularni qarz pullar bilan qoplash, tovarlarni bexatar etkazib berish, zaruriyat bo‘lsa chegaradan tovar o‘tkazishni eplash kabi vazifalarni ijro etiladi.


Infratuzilmadagi vositachilik faoliyati asosan qayta sotish, komission, vakillik va brokerlikdan iborat. Qayta sotish o‘z mablag‘i hisobiga o‘z nomidan, vositachi savdogar tomonidan bajariladi. Tovarlarni qayta sotish bilan savdo uylari, eksport va import, chakana savdo firmalari, importyorlar kabilar shug‘ullanadi.
Bozor infratuzilmasida birja katta ahamiyat kasb etadi. Birjalar tovar, fond, mehnat kabi shakllarga ega. Tovar birjasi doimiy harakatdagi bozor ko‘rinishlari bo‘lib, asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat, xomashyo savdosi amalga oshiriladi. Savdoda bevosita tovarlarning o‘zi qatnashmay, belgilangan standart va nishonalar bilan oldi-sotdi qilinadi. Odatda bu real tovar ustida kelishuv va muxlatli (fyuchersli) kelishuvdan iborat.
Fond birjalari qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq kelishuvlarini amalga oshiradi. Mehnat birjalarida ish kuchi savdosi, yollanish bajariladi.
Bozor infratuzumida banklarning ahamiyati katta bo‘lib, bu pul muomalasi, harakati bilan bog‘langandir. Bank pul harakati bilan bog‘liq muomalalarni uyushtiruvchi korxonadir. Markaziy, davlat, milliy va tijoriy banklar mavjud. Banklar bozorning juda muhim va ta’sirli ishtirokchilari bo‘lib, pul orqali bozorni jonlantirib, bozor faoliyatini kuchaytiradilar va barcha bozor faoliyati turlariga ta’sir etadilar.
Bozor iqtisodiyotida transportning o‘rni katta. Bilamizki, tovarlar ichki va tashqi bozorlar miqyosida talabga qarab harakatda bo‘ladilar. Buning uchun turli xil transportlar xizmat qiladi. Transport xillari har turli tovarlarni tashish va manziliga etkazish vazifasini bajaradi.
Tovar harakati ombor xo‘jaliklariga bog‘liq bo‘lib, bu juda keng tarmoqqa ega. Omborlarning tovar turlariga qarab moslashuvi, transport rivojiga qarab joylashuvi ahamiyatlidir. Har bir tovar turi va xili iste’mol xususiyatiga qarab mavjud sifatlarini saqlash maqsadida maxsus ombor, bazalarni talab etadi.
Bozor rivoji uchun muhim infratuzilma qismlaridan axborot va aloqa tarmoqlaridir. Yangi texnika-texnologiya tufayli bu tarmoqlar juda avj olgan va inson hayoti, faoliyatiga bog‘liq barcha sohalarni bilish, xabardor bo‘lib turish, ulardagi holatga to‘g‘ri baho berib ish tutish, o‘zining ish samaradorligi bilan bog‘liq tarmoq soha faoliyatlarini bilib o‘z xulosasining to‘g‘ri ekanligiga ishonch xosil qilish har bir bozor ishtirokchisi uchun zarur talabdir.
Axborot, aloqa xo‘jaliklari keng tarmoqli bo‘lib, tez va ko‘p axborot olish imkonini tug‘diradi va bozor ishtirokchilarining bu sohadagi talablarini qondirish darajasiga ko‘tariladi. Kompyuterlar, elektron hisoblash mashinalari, kosmos aloqa usullari, zamonaviy radio, telefon aloqalari, internet kabilar shular jumlasidandir.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish