1.2.8-chizma. Vektorlarni parallelepiped usulida qo’shish
Ikki yoki bir necha vektorni qo’shushda maxsus bir holni uchratish mumkinki, u ham bo’lsa teng va yo’nalishlari qarama-qarshi bo’lgan vektorlarni qo’shishdan iborat. Bunday vektorlarda parallelogramm yasab bo’lmaydi. Yuqorida bir necha vektorni qo’shish uchun chiqarilgan umumiy qoidani tadbiq qilganda shunday “yig’indi-vektor” hosil bo’ladiki, uning boshi oxiri bilan birlashgan bo’ladi. Bunday maxsus “vektor” nol-vektor deyiladi va u odatda algebradagi 0 ishorasi bilan belgilanadi, ya’ni (1.2.9-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |