mavjud.
6.
MUTAXASSISLIK FANLARINING BITTASIDAN SHAXSIY
MA`RUZA MATNINI TAYYORLASH
Bu bo`limda men “Jadid adabiyoti tarixi” fanining “O`zbek milliy
uyg`onish adabiyotining shakllanishida ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik
omillar” mavzusi bo`yicha ma`ruza matni tayyorladim.
O’zbek milliy uyg’onish adabiyotining shakllanishida ijtimoiy-siyosiy va
adabiy-estetik omillar
Reja:
1.
Ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar.
2.
Jadid adabiyoti manbalari va yuzaga kelishi.
3.
Chor Rossiyasi istilosi va jadidchilik.
4.
Adabiy maktablar va ularning o’lka hayotidagi o’rni.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.
Qosimov B. va b. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. – T.:
Ma’naviyat, 2004.
2.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3.
Ziyoev N. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi
kurash. – T.: SHarq, 1998.
Jadidchilik Turkistonda X1X asrning oxirida maydonga keldi, XX asr
boshlarida shakllandi. 1917 yili bolьsheviklar to’ntarishidan keyin ham sotsialistik
diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqei va yo’nalishini saqlab qola olgan
ijtimoiy harakatdir. U ijtimoiy turmushnibarcha jabhalarini qamrab olgan edi.
Mubolag’asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na
madaniy biror hodisa yo’qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan
bo’lsin. Jadidlar siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari
bilan muntazam shug’ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilish
boshlandi. Milliy matbuot yo’lga qo’yildi. Teatr paydo bo’ldi. Yangi adabiyot
shakllandi, bir so’z bilan aytganda yangi tafakkur maydoni keldi. Bu millatning
o’zligini anglash va mustaqillik mafkura edi. Bu, shubhasiz, millatni keyingi 3-4
asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko’rilmagan hol edi. Unnig hayotda uzoq
turg’unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi.
“Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi”
demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lgan “yangilik tarafdori” emas, balki “yangi
tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolar o’zida mujassam
etgan.
Istiloning kirib kelishi Ismoilbek Gaspirali ochgan yangi maktab bilan
bog’liq. U yozadi: “... 1884 sanasi Bog’chasaroyda bir maktabga “usuli jadid”a
qo’ymish edim”. (I.Gaspirinskiy. Rahbari muslimi yoki muallimlari yo’ldosh
Simferepolь, 1898 y). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Gaspirali 9 bolani o’qitib,
40 kunda savodini chiqargan. O’quvchilar 6 oyda ota-onalar va jamiyatchilik
huzurida muvaffaqiyat bilan imtihon topshirdilar.
Jadidchilik ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat Turkistondagi jadidchilik X1X
asrning 80 yillarida Rusiya musulmonlari, xususan Kavkaz va volga bo’yida
yoyilgan shu nomda taraqqiyparvarlik harakatini bevosita ta’siri va samarali
sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoilbek Gaspirali “Tarjimon” gazetasi (1883) va
u asos solgan “usuli jadid” (“usuli savtiya”) maktabi (1884) hal qiluvchi rolь
o’ynadi.
“Jadid” atamasi Turkiyada XX asr boshidagi adabiyotga, uning ham birgina
yo’nalishi nisbatan ishlatiladi. Masalan, Turkiyada 1839 yildagi mashhur Mustafo
Rashid Poshsho tomonidan yozilib, Gulxona maydonida e’lon etilgan va tarixga
“Gulxonai xatto Humoyun” nomi bilan kirib, “Tanzimat”ni boshlab bergan davr
ham yangilanish jadidlikdir. Jadidlarda fikr va g’oya qarshiligi g’oyat kuchli
an’anaviy o’zbek adabiyotini shakllanishi boshida turgan Muqimiy va Furqat, ular
30-yillarda jadid adabiyoti vakillari sifatida ko’rsatilgan.
Muqimiy o’z hajviy asarlarida savdo san’atning, ya’ni kapitalistik turmush
tarzining milliy axloqsizni buzayotganligini tanqid qiladi. furqat esa uning
hayotimizga kirib kelayotganligini madh etadi. Bir tasdiq, ikkinchisi inkor
yo’lidan boradi. Yoki Dukchi Eshonni oling. U kun, zo’rlik bilan mustaqillikka
erishish tarafdori. U ham jadid: din islohotchisi, siyosiy kurashchi. Juda ko’p
jadidlar uni rad etdilar. Bir qator jadidlarimiz ongli suratda sho’rolar bilan
hamkorlik qildilar, komunist bo’ldilar. Bu bilan ham hisoblashmoq kerak. Bu
ham, ayniqsa, mustaqillik uchun olib borilgan kurashida yaqqol ko’rindi. Bu
borada3 yo’lni kuzatish mumkin.
1.
Rusiyaga tobelikdan zo’rlik bilan qutilish, kuch bilan istiqlol olish
(Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil mardikorlik harakati, bosmachilik).
2.
Mursse yo’li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat
masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash (I.Gaspirali,
M.Behbudiy).
3.
Hamkorlik yo’li. CHor ma’murlari, so’ng esa SHo’ro hukumati bilan
birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo’lishi bilan mustaqillikni
qo’lga kiritish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko’rib borishi (Munavvarqori,
Hamza, Avloniy).
Bizdagi jadidchilik Kavkaz, Volgabo’yi, Turkiyadagi jadidchilikka nisbatan
an’analarga ko’proq bog’lanib qolgan, ulug’ ovrupa ijtimoiy-madaniy jarayoniga
tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik. Bizda har bir yangilikni kirib kelish
jarayoni g’oyat og’ir kechgan.
“Jadid” atamasining Turkistonda ilk marta kim tomonidan qachon va qaerda
qo’llanganini aniq belgilash qiyin. “Jadid” atamasi Turkiya turklarida ilk marta
Sulton III Salim hukmronligi (1782-1802) davrida paydo bo’ldi. Avstriyaga elchi
qilib yuborilgan Abubakir Ratib afandi shohga yozgan bildiruvlarida u yerda
ko’rgan idora tizimini “Nizomi jadid” deb tushuntiradi. 1789 yilgi frantsuz
inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa “Fransi nizomi jadidi” deyila
boshlandi. SHu yillari “Nizomi jadid” tor ma’noda askariy tizimni
ovrupalashtirishni, keng ma’noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo’jaligini
zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi.
Jadid va qadim iborasi keyingi asrlarda maydonga kelgan bo’lsa-da, u
mohiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turg’unlik o’rtasidagi azaliy
kurashdir. “Yunon qadimgilari ikki ming necha yil muqaddam Suhrobni
jadidchilik qabohati bilan ayblab, qatl ettirdilar deb yozadi Ismoilbek”. “Qadimgi
jadidchilik” (“Tarjimon”, 1909 yil 19-son) maqolasida. “Jadid” atamasi garchi
Ismoilbek tomonidan 1884 yildan iste’molga kiritilgan va “Tarjimon” gazetasi
orqali SHarqu G’arbning juda ko’p o’lkalariga yoyila boshlagan bo’lsa-da, bizga,
asosan, 90yillarda kirib keldi.
1891 yilda Rusiya ichki ishlar vazirligining maxsus ishlar bilan
shug’ullanuvchi Vankevich degan xodimi Qirimga borib, Gaspirinskiy maktabini
tekshirib kelgan. SHu munosabat bilan mashhur islohotchi Qirimdagi musulmon
maktablarini isloh qilish zaruratini va bu islohotning mazmun-mundarijasini
asoslab ko’rsatib hujjat tayyorlagan edi.
Rasmiy murojaatdan natija chiqmagach, Ismoilbekni o’zi Turkistonga
otlandi. Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’ldi. Uning tashabbusi bilan ushbu
shaxarlarda, so’ngra Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topdi.
Jadidchilik bosib o’tgan yo’lni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish
mumkin:
1)
1900-1925;
2)
1925-1938;
3)
1938-1956;
4)
1956-1985;
5)
1985-1991;
6)
1991 yildan keyingi davr.
1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo bo’lishi va o’z
davrining eng peshqadam hodisasi sifatida baholangan davridir. 20-yillarning
boshiga qadar jadid va jadidchilik, uning vakillari atrofidagi fikrlar yo’l-yo’lakay,
turli voqea va munosabatlari bilan bildirilgani bo’lib, maxsus tadqiqotlar ko’zga
tashlanmaydi. S.Ayniyning 1920 yilda e’lon qilingan “Buxoro inqilobi tarixiy
materiallar”, F.Xo’jaevning “Buxoro inqilobi tarixiga doir” (1926) kitoblari bu
boradagi dastlabki ishlari edi. Har ikki muallif jadidchilik zamonaning eng
muhim hodisasi sifatida baholagan edilar. Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidan
sharoit o’zgardi. Aslida bu son oldin – 1923 yildan boshlangan edi. 1923 yilda
BXR rahbariyatidagi o’zgarishlar, besh kishini, xususan Abdurauf Fitrat va Ota
Xo’jaevlarning ishdan olinib, Buxorodan badarg’a qilinishini eslaylik. Uzoq
davom etgan fuqarolar urushi, qishloq xo’jaligining izdan chiqishi mamlakatning
halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Stalin aybdorni qidirishga tushib ketdi. Ayni
paytda partiya faoliyati haqidagi har qanday tanqidiy gap unga hujum sifatida
qabul qilindi. Partiyada esa bo’linish kuchaydi. SHu yil oktyabrda Tratsentning
qator e’tiroflari ifodalangan xati, izma-iz 46 lar arizasi Mirzaqo’mga kelib tushdi.
RKP (b) MQning kengaytirilgan Plenumi chaqirildi. Baholar 1924 yil yanvarda
XIII partkonferentsiyada stalinchilikka dastlabki g’alaba bilan yakun topdi. Butun
mamlakatda dushman izlash boshlandi.
Akmal Ikromov O’zLKSM MKning 1926 yil 13 may II Plenumdagi nutqida
shunday deydi:
“Jadidizm ideologiyasi savdo burjuaziyasi ideologiyasidir. Uning bizga hech
bir dahli yo’q. Negaki, u Oktyabrning bir tomonida, biz esa, ikkinchi tomonida
turamiz”. SHu yili A.Qodiriy partiya – davlat arboblarini obro’sizlantirishda
ayblanib qamqqa olindi. “Inog’omovchilik”, “Qosimovchilik” nomlari bilan
tarixga kirgan, ziyolilarni yo’qotishga qaratilgan sud jarayonlari boshlandi. 1929
yilda “Munavvarqori va uning to’dasi” qamoqqa olindi, tergov ishlari boshlandi.
1931 yil 25 aprelda OGPUning qarori bilan 56 kishi sudga tortildi. 18 kishi otuvga
hukm qilindi. 1973 yilda ommaviy qatag’onlar boshlandi. SHu tariqa SHo’ro
hukumatining jadidchilik mafkurasiga kirish 20-yillarni ikkinchi yarmidan
boshlagan kurash ushbu mafkurani oradan ko’tarish bilan cheklanmay, uning
vakillarini jisman yo’q etishgacha borib yetdi. Tabiiyki, mazkur siyosiy muhit
jadidshunoslikning ruhi va yo’nalishini belgilab berdi. Jadidlar va ularning
ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy faoliyati asosan ayb qidirish, tanqid va qoralash
ob’ekti bo’lib xizmat qildi. Bularning harakatchanlari Olim SHarafiddinovning
CHo’lpon, J. Boybo’latovning Fitrat, Sotti Husayinning “O’tkan kunlar” haqidagi
maqolalari edi. Badiiy adabiyotda esa jadidlarning mehnatkash xalq manfaatiga
qarama-qarshi qilib qo’yilgan dushman obrazlari yaratildi. Jadidchilikka maxsus
tadqiq qilgan Z.SH. Rajabovning “Turkistonda jadidchilik” dissertatsiyasi (1937)
ham davr ruhida edi.
1938-1956 yillarda jadidchilik va uning vakillari avlodlari qalbidan tamom
siqib chiqarildi. Masalan, 1956 yilda XX asr besh adabiyoti 4 ijodkordan tarkib
topgan. Hamza, Ayniy, Zavqiy, Avaz. Hamza – mutaasiblar tomonidan
o’ldirilganligi uchun. Ayniy Amir Said Olimxon, Avaz Isfandiyorxonning, Zavqiy
Ergash qo’rboshini kaltagini yegani uchun.
KPSSning XX s’ezd (1956) Stalin qatag’onlarini yumshatdi. “Xalq
dushmani” sifatida qatl etilgan ziyolilarimizni bir qismi oqlandi. Lekin tarixga
“ilmiliq davr” nomi bilan kirgan. “Xrushchev davri” uzoq davom etmadi.
60yillarni oxiri, 70-yillarning boshlaridan esa yana hamma narsa eski o’zanini
qayta boshladi.
1985 yildan belgilangan demokratiya va oshkoralik jadidchilikni ilmiy
asoslarda va rejali o’rganishga imkoniyat tug’dirdi. Qator ilmiy anjumanlar bo’lib
o’tdi.
Turkiston jadidchiligi xorijda ham o’rganilmoqda. Nьyu Orlean universiteti
professori Lazzeri, frantsuz A.Benningson, Amerikali E.Olbert, nemis I.Baldauf,
yapon X.Komatsu bu borada samarali ishlamoqda.
Adabiy harakatchilik XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko’proq Qo’qon, Xiva,
Samarqand, Buxoroda rivoj topdi. Biroq Toshkent ham yangi poytaxt sifatida tez
yuksalib, adabiy-madaniy markazga aylana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |