Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistratura bo



Download 411,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana08.02.2022
Hajmi411,31 Kb.
#436184
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Bobur Choriyevich

Nazorat savollari: 
1.
“Jadid” so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
2.
Jadidlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari qanday yo’llar 
asosida tashkil etildi?
3.
Jadidlarning bosib o’tgan yo’lini qanday bosqichlarga bo’lish 
mumkin?
4.
CHor Rossiyasi Turkistonni qachondan boshlab istilo qilishga 
kirishdi?
5.
Jadid adabiyotining o’ziga xosliklari nimalarda ko’rinadi?
6.
Jadid adabiyoti tarixining maqsad va vazifalari haqida so’zlang.


7. AMALIY MASHG’ULOTNI O`TISH UCHUN METODIK
KO’RSATMA TAYYORLASH 
5220100-O`zbek filologiyasi 1-kurs talabalari uchun “Hozirgi adabiy 
jarayon” fanidan “Modern ruhidagi yangi o`zbek romanchiligi” mavzusidagi 
amaliy mashg`ulot bo`yicha metodik ko`rsatma.
 
Ishning maqsadi: bu amaliy ishning maqsadi talabalarni mustaqillik yillarida 
yaratilayotgan modern ruhdagi yangi o`zbek romanchiligi bilan tanishtirish. 
Talabalarda bu mavzu bo`yicha to`plagan bilimlarini amalda qo`llash bo`yicha 
aniq ko`nikmalar va malakalar paydo qilish.
Ishni bajarish uchun kerak bo`ladigan ma`lumotlar: Boboyev T.
“Adabiyotshunoslik asoslari” darslik.
Ishni bajarish bo`yicha uning maqsadiga qo`yilgan vazifalar:
Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati ogʻir sanoatining qanchalik 
rivojlanganiga qarab belgilanganidek, har qanday milliy adabiyotning insoniyat 
estetik tafakkuriga qoʻshgan hissasi ham undagi romanchilikning salmogʻi bilan 
tayin etiladi. Chunki roman millat badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasini 
namoyon etadi.
Romanning bugunini tushunish va istiqbolini bashorat qilish uchun bu janrning 
nima uchun, qachon va qayerda paydo boʻlganini aniqlash hamda unga xos 
yetakchi belgilarni tayin etish lozim boʻladi. Ilk romanlar milodning XII-XIII 
asrlarida roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar orasida yuzaga kelgan. “Roman 
tillari” tushunchasi “Rim (Roma)ga tegishli” degan maʼnoni anglatib, lotin tili 
asosida shakllangan ispan, italyan, moldova, portugal, rumin, flamand, fransuz va 
boshqa tillarni oʻz tarkibiga oladi. Ilk romanlar paydo boʻlgan davrda Ovroʻpodagi 
deyarli barcha davlatlar uchun lotin tili rasmiy va badiiy til sanalardi. Aholining 
asosiy qismi esa lotin tilini bilmas, binobarin, adabiyotdan bebahra edi. Ana 
shunday sharoitda, aholining ruhoniylar va aslzodalardan keyingi uchinchi va son 
jihatidan eng katta qatlami boʻlmish ish odamlari, kosib-hunarmandlarga 
tushunarli boʻlgan tildagi, ularning didiga muvofiq keladigan asarlarga ehtiyoj 
paydo boʻldi. Roman ana shu ehtiyoj natijasi oʻlaroq yuzaga keldi. Ilk paydo 
boʻlgan chogʻida roman tillarining birida yaratilgan asar roman sanalib, “roman 
tilidagi qissa yoki hikoya” maʼnosida conte roman deyilgan.
Romanning aynan oʻsha vaqt, oʻsha joy va shu shaklda paydo boʻlishiga sabab 
nima? Maʼlumki, antik davrdan qolgan anʼanaga koʻra barcha badiiy asarlar 


“yuksak poeziya” shaklida boʻlib, ularga maʼbudlar, kohinlar, saltanat egalari, 
kam deganda, aslzodalar qahramon qilib olinardi. Uchinchi qatlam, yaʼni, mehnat 
kishilari uchun bu asarlarning tili tushunarsizligidan tashqari, qahramonlari ham 
mutlaqo begona edi. Holbuki, bu davrga kelib uchinchi qatlam ham son jihatidan, 
ham iqtisodiy mavqeiga koʻra katta kuchga ega edi. Agar insoniyat tarixining shu 
davriga qadar badiiy asarlar neʼmatlarga egalik qiluvchi va taqsimlovchilarning 
didlariga muvofiq yaratilgan boʻlsa, XII asrdan eʼtiboran ishlab 
chiqaruvchilarning didlariga mos asarlar ham yaratiladigan boʻldi. Mehnat bilan 
kun koʻradigan oddiy odamlarning estetik ehtiyoji natijasi oʻlaroq paydo boʻlgan 
romanlarda aks ettirilgan voqealar, ularda tasvirlangan obrazlar va bu asarlarning 
ifoda yoʻsini ham oʻqirmanlarning intellektual darajasiga muvofiq boʻlishi tabiiy 
edi. Shuning uchun ham Gegel romanni nimkinoya bilan “burjuaziyaning 
epopeyasi” deb ataydi
Roman uchinchi qatlamga mansub kishilar didiga muvofiq dunyoga kelgan va 
oldin shakllangan “yuksak poeziya” namunalaridan keskin farq qiladigan janr 
boʻlgani uchun juda uzoq vaqt davomida adabiyot nazariyotchilarining eʼtiboridan 
chetda qolib keldi. Deyarli yetti yuz yil mobaynida romanga xos belgilar ilmiy 
jihatdan tadqiq qilinmadi. Bu boradagi ilk nazariy qarashlar romanchilarning 
oʻzlari tomonidan bildirildi. Faqat XIX asrga kelib, Gegel roman nazariyasiga qoʻl 
urdi. Aynan nazariy qolipning yoʻqligi romanning xilma-xil sinkretik va 
qirgʻoqsiz janr boʻlishiga olib keldi. Nazariy cheklovlarning kamligi sababli 
roman yetakchi adabiy janrga aylandi. Roman tarixiga qilingan qisqa ekskursiya 
uning janr sifatidagi belgilarini toʻgʻri aniqlash imkonini beradi. Ibtidoda 
insonning individual xususiyatlari, ruhiyat jilvalari tasviriga eʼtibor qaratilgani 
bois, Belinskiy romanni
“individning eposi” deb atagan. Koʻrinadiki, roman alohida shaxslarning ichki 
dunyosini badiiy idrok etish va izohlash yoʻsini sifatida yuzaga kelgan.
Roman oʻzining tarixi mobaynida qahramonlarni tasvirlash yoʻsini hamda inson 
shaxsiga yondashuv maromiga koʻra asosan ochiq yoki ekstensiv va yopiq yoxud 
intensiv singari ikki turga boʻlindi. Servantesning mashhur “Don Kixot”idan 
boshlangan ochiq romanlarda tasvirlanayotgan obrazlarning taqdiri, 
xattiharakatlari, faoliyati ijtimoiy turmush bilan aloqadorlikda, hayotiy 
determinizmga muvofiq sabab-oqibat bogʻliqligida tasvir etiladi. Ochiq 
romanlarda odamga asosan ijtimoiy mavjudot deb qaralib, uning taqdirida jamiyat 
tartiblari, ijtimoiy asoslar hal qiluvchi mavqeda boʻlishi koʻrsatilgan.
Fransuz adibi M. M. de Lafayetning “Malika Klevskaya” asaridan boshlab, 
alohida bir odamning oʻy-kechinmalari chuqur koʻrsatiladigan, tasvir fokusi 
qahramon shaxsiyatining ichki jihatlarini aks ettirishga qaratilgan yopiq romanlar 


yaratila boshlandi. Yopiq, yaʼni, personajlarning tabiati va xatti-harakatlarini 
toʻligʻicha ijtimoiy tartiblarning mahsuli sifatida tasvirlamagan romanlarda asosiy 
eʼtibor inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga qaratilgan. Vaqti kelib, inson 
ruhiyatining oʻzi olami kabir ekanligi anglab yetilib, uni badiiy aks ettirish usullari 
egallangach, birvarakayiga ochiqlik va yopiqlik xususiyatlariga ega boʻlgan 
romanlar yaratila boshlandi. Odam ichki dunyosi, ruhiyati va oʻylarining ham 
ijtimoiy, ham psixo-fiziologik asoslarini badiiy tasvirlash muhim boʻlganidan bu 
ikki xususiyatning aralash qoʻllanishi keng yoyildi.
Bugungi kunda oʻzbek romanchiligi oʻz taraqqiyotining polifonik bosqichiga yetib 
keldi. Endilikda, mavzuning dolzarbligi, voqealarning qiziqarli yoxud tilning 
shirali ekani romanni oʻqishli qilgani holda, uning umrzoqligini taʼminlay 
olmasligi mumkinligi anglab yetildi. Zamonaviy oʻzbek romani muallifidan har 
bir qahramonini tushunish va aks ettirishning birovnikiga mutlaqo 
oʻxshamaydigan konsepsiyasiga ega boʻlish talab qilinadi.
Oʻtgan 2010 yil romanchilik xirmoni barakali boʻldi. Muhammad Alining “Ulugʻ 
saltanat” tetralogiyasining uchinchi kitobi, Omon Muxtorning “Xotin podshoh” va 
“Muhabbat oʻlimdan kuchli”, Ahmad Aʼzamning “Oʻzi uylanmagan sovchi”,
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, Jumaqul Qurbonovning “Sardoba”, Zulfiya
Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi”, Nurilla Abbosxonning “Shoʻrqishloq”, 
Abduqayum Yoʻldoshning “Bankir” romanlari tobora shaxslashib borayotgan 
millat vakillarining ichki olamidagi turli ziddiyatlarni koʻrsatishga bagʻishlangani 
bilan ajralib turadi.



Download 411,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish