Bayanati qatnasıwshılar: Topar basshısı: Z. Nizamatdinova Topar oqıwshıları: Kún tártibinde: «Konstituciya erkin hám abadan turmısımızdıń bekkem tiykarı»



Download 113,33 Kb.
bet17/17
Sana24.12.2022
Hajmi113,33 Kb.
#895717
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti

Qatnasıwshılar:
Topar basshısı: Z. Nizamatdinova
Topar oqıwshıları: _______________

Kún tártibinde:
1. «Milliy úrp-ádet dástúrlerimiz baylıǵImız»
2. Aǵımdaǵı máseleler.

Tıńlandı:
Kún tártibindegi birinshi másele boyınshа topar basshısı Z. Nizamatdinova oqıwshılardı barlap, _______________ kúngi tárbiya saatında «Milliy úrp-ádet dástúrlerimiz baylıǵImız» atlı bayanatın jasadı. “Besik jırı, hawjar, qız uzatıw, yaramazan” sıyaqlı túsinikler tiykarǵi másele sıpatında qaralıp, milliy miyraslarımızdı asrap-abaylaw baslı waziypa ekenligin ayttı. Onda topar basshısı kún tártibindegi máselege ayrıqshа qarap ótti. Bıyilǵı oqıw jılında Nawrız bayramında úrp-ádet dástúrlerimizden kishkene úlgini kórsetip beriw kerek ekenligi haqqında túsinik berip ótti. Topar oqıwshıları ózleriniń pikirleri menen shıǵıp sóyledi. Tarıyxıy úrp-ádettiń zamanagóy kórinisine adamlardıń qanday múnásibette ekenligi haqqında óz kóz qarasların bildirdi.
Qarar:
1. . “Besik jırı, hawjar, qız uzatıw, yaramazan” sıyaqlı túsinikler tiykarǵi másele sıpatında qaralıp, milliy miyraslarımızdı asrap-abaylaw baslı waziypa ekenligi haqqındaǵı bayanat ulıwma maǵlıwmat ushin qabıl etilsin.
2. Liceydiń ishki tártip-intizami haqqında maǵlıwmatlarǵa ele de túsinikler berilsin.
3. Topar múyeshine náwbetshilikler shólkemlestirilsin.

Topar basshısı: Z. Nizamatdinova


Xatker: D. Maqsetbaev


MILLIY URF ODAT VA ANANALAR
Ózbek oilasining asosiy óziga xos xususiyatlari mehmondóstlik va yoshi kattalarga ańanaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. Ózbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bólgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular kóproq hovlisi bólgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondóstlikning bir qismi bólgan choyxórlik marosimi katta ahamiyatga ega bóladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bóladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va óz vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda ózi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qól berib sórashishadi. Ayollar hamda uzoqroq ótirgan kishilar bilan óng qólini yuragiga qóyib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qól berib sórashish paytida ańanaga kóra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli tóǵrisida sóraydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga óqtirmaydilar. Ayollarning gózalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon kórsatadigan óringa ótirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bólsa, shunchalik hurmatli bóladi.
Urf-odatlar
Ózbek xalqining urf-odatlari asrlar bóyi ózbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va ańanalarining uyǵunlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular óta óziga xos, yorqin va turli-tuman bólib, uruǵchilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning kópchiligi oilaviy hayotga oid bólib, bolaning tuǵilishi va tarbiyasi (beshik tóyi, xatna qilish), nikoh (fotiha tóyi, tóy) bilan boǵliq bóladi. Kópincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan boǵliq bólgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri kópgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning tásirida ózgargan, ózbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yiǵiladigan masjidda umumiy namoz (duo) óqiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda ótadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.
Xatna qilish
Xatna qilish tóyi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy ózbek odatidir (sunnat tóyi). Bu marosim óǵil bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda ótkaziladi. Sunnat tóyining ótkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. Óǵil bolaning tuǵilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat tóyiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Kópincha oddiygina «tóy» ham ataladigan marosimning ótkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qóshnilar kórpalarni tikishda, tóy sovǵalarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi kóp bolali onalarga topshiriladi. Tóydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on óqiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar óqiladi va oqsoqollar óǵil bolaga duo óqiydilar. Shundan sóng katta «tóy» boshlanadi. «Tóy» dan avval bolaga qóshnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovǵalarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. Ótmishda toychoqni sovǵa qilish rasm bólgan edi, bolani endilikda u jangchi bólganligini bildirib, unga bolani ótqazar edilar. Hamma óǵil bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning ózida ayollaring davrasida «taxurar» - kórpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi ótkaziladi, buni odatda kóp bolali ona bajaradi. Marosimni mól-kól dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. Ańanaga kóra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida óynaydilar, turli óyinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi.
Beshik tóyi
Beshik tóyi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan boǵliq bólib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qakdimgi va Ózbekistronda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu tóy chaqaloq tuǵilishining 7-, 9-, 11- kuni ótkaziladi. Turli viloyatlarda marosim ózicha xususiyatlarga ega bóladi va oilaning boyligi darajasiga boǵliq bóladi: óziga tóq oilalar odatda bu tóyni katta kólamda ótkazadi, kambaǵal oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va óyinchoqlar órab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovǵalar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovǵalar transport vositasiga qóyilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va noǵora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jónatiladi. Ańanaga kóra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi óng yelkasiga qóyadi, keyin óǵlining óǵ yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. Ótmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bólishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib ótirgan paytda qóshni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yórgaklash va beshikka solish marosimi ótkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani kórish uchun oldiga kiradilar, unga sovǵalarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Fotiha tóyi
Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib ótkaziladi. Óǵil voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qóshnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni kórish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan sóng qóshnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha tóyidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yiǵiladi. Sovchilar ózining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan boǵlangan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha tóyi nikoh tuziladigan va tóy ótkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar bólgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovǵalar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qólidan sovǵalar qóyilgan patnislarni olib, «sarpo kórar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda kóp bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yiǵilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bóladilar. Fotiha tóyidan boshlab va to tóyning ózigacha yoshlarning ota-onalari qalin, sep masalalarini va tóy tantanasi bilan boǵliq tashkiliy masalalarni hal etadilar. Tóydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi ótkaziladi, unga qiz ózining yaqinlari va órtoqlarini taklif etadi.
Download 113,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish