Bayanati qatnasıwshılar: Topar basshısı: Z. Nizamatdinova Topar oqıwshıları: Kún tártibinde: «Konstituciya erkin hám abadan turmısımızdıń bekkem tiykarı»



Download 113,33 Kb.
bet1/17
Sana24.12.2022
Hajmi113,33 Kb.
#895717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti


Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti
Akademiyalıq liceydiń shet tilleri
baǵdarınıń 211-toparında 20__-jıl
___________ kúngi tárbiya saatınıń
____BAYANATI

Qatnasıwshılar:
Topar basshısı: Z. Nizamatdinova
Topar oqıwshıları: _______________

Kún tártibinde:
1. «Konstituciya erkin hám abadan turmısımızdıń bekkem tiykarı»
2. Aǵımdaǵı máseleler.

Tıńlandı:

Kún tártibindegi birinshi másele boyınshа topar basshısı Z. Nizamatdinova oqıwshılardı barlap, _______________ kúngi tárbiya saatında «Konstituciya erkin hám abadan turmısımızdıń bekkem tiykarı» atlı bayanatın jasadı. «Konstituciya – parawan turmisimizdıń kepili», «Nızam ústinligi hám insan qádir-qımbatı» túsinikleri tiykarǵi másele sıpatında qaralıp, mámleketemizde konstituciyaniń ornı haqqında ayttı. Onda topar basshısı kún tártibindegi máselege ayrıqshа qarap ótti. Konstituciyamız baplarınıń insan huqıqlarına arnap jazılǵanlıǵI tuwralı da ayrıqshа túsinik berip ótti. Topar oqıwshıları ózleriniń pikirleri menen shıǵıp sóyledi. Ata-analardiń házirgi kúnde adamlar konstituciyaǵa qanday itibarda ekenligi haqqında óz kóz qarasların bildirdi.


Qarar:
1. «Konstituciya – parawan turmisimizdıń kepili», «Nızam ústinligi hám insan qádir-qımbatı» túsinikleri tiykarǵi qádiriyat sıpatında, mámleketemizde konstituciyaniń ornı.
2. Liceydiń ishki tártip-intizami haqqında maǵlıwmatlarǵa ele de túsinikler berilsin.
3. Topar múyeshine náwbetshilikler shólkemlestirilsin.

Topar basshısı: Z. Nizamatdinova


Xatker: D. Maqsetbaeva

Konstitutsiya erkin va farovon jamiyat kafolatidir

Har qanday jamiyatda erkin va farovon turmush tarzi shakllanishida qonun ustuvorligi “poydevor” vazifasini bajaradi. Qonun ustuvorligiga erishishda esa Bosh qomus – Konstitutsiya asos boʻlib xizmat qiladi.


Har qanday jamiyatda erkin va farovon turmush tarzi shakllanishida qonun ustuvorligi “poydevor” vazifasini bajaradi. Qonun ustuvorligiga erishishda esa Bosh qomus – Konstitutsiya asos boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston xalqining ana shunday erkin va farovon jamiyat barpo etish kafolati boʻlgan Konstitutsiyasi bugun 29 yoshda! Tarix silsilasida 29 yil – bu oʻta qisqa fursatdir. Lekin ana shu qisqa fursat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda farovon turmush tarzini taʼminlash nuqtayi nazaridan dunyoning yetuk davlatlari Konstitutsiyalari orasida oʻzining munosib oʻrnini egallay oldi. Bu holat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va farovon turmush tarziga asoslangan jamiyat barpo etish uchun zarur boʻlgan barcha omillarni oʻzida mujassamlashtirganidan dalolat beradi.
Erkin va farovon jamiyat tuzishning asosiy omillaridan biri inson huquq va erkinliklarining kafolati sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklariga alohida boʻlim ajratilgan boʻlib, unda fuqarolarning huquq va erkinliklari, shu bilan birga ularning burchlari batafsil yoritilgan. Inson huquq va erkinliklarining alohida boʻlimda mufassal berilishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro ekspertlarning ham eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Erkin va farovon jamiyat barpo etishning yana bir muhim jihati inson, uning shaʼni, qadr-qimmatiga boʻlgan yuksak hurmat, fuqarolarning oʻzaro tengligi, ularning munosib turmush tarzini taʼminlovchi huquqlariga toʻliq amal qilinishi sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mazkur jihatlarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, konstitutsiyamizning 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat, deb eʼtirof etilgan
Inson huquqlari haqida soʻz borganda, shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur huquqlar orasida maʼlum bir millatning oʻziga xos xususiyatlaridan, mentalitetidan kelib chiqib shakllangan huquqlar ham mavjud boʻladi. Shu nuqtayi nazardan dunyo konstitutsiyalari tahlil qilinganda, ularda jami 117 xil inson huquqlari aks etgani maʼlum boʻlgan. Tadqiqotchilar olib borgan tahliliga koʻra, mazkur 117 xil inson huquqlarining 13 tasi Fransiya Konstitutsiyasida, 35 tasi AQSH Konstitutsiyasida, 44 tasi Buyuk Britaniyaning Konstitutsiya maqomidagi hujjatida, 48 tasi Germaniya Konstitutsiyasida, 55 tasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topgan. Mazkur tahlil Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklariga yuqori darajada ahamiyat berilib, ular Konstitutsiya bilan mustahkam kafolatlanganidan dalolat beradi. Koʻrinadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklariga keng oʻrin berilishi zamirida erkin va farovon jamiyat barpo etishdek oliy maqsad mujassamlashgan. Zero, inson huquq va erkinliklarini yuksak darajada taʼminlash erkin va farovon jamiyat barpo etishda asosiy omil boʻlib xizmat qilishiga shubha yoʻq.
Málumki, bundan 25 yil avval qabul qilingan Asosiy qonunimiz inson manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustuvor etib belgiladi.
Buni biz Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasidanoq “Ózbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti ǵoyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib” degan sózlardan boshlanishidan kórishimiz mumkin. Ayniqsa Asosiy qomusimizning 13-moddasida “Ózbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga kóra inson, uning hayoti, erkinligi, sháni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deb mustahkamlanishi davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy maqsadi va yónalishlarini yaqqol ifoda etdi.
Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bólgani holda uning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquqlari va erkinliklariga baǵishlangandir. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha prinsipial qoidalarini ózida mujassamlantirgan.
Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bóyicha bir qator majburiyatlar olgan bólib, ularga xususan davlat óz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kózlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanliklari, Ózbekiston Respublikasi óz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ańanalari hurmat qilinishini táminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, Ózbekiston Respublikasi óz hududida ham, uning tashqarisida ham óz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik kórsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Davlat inson, uning hayoti, erkinligi, sháni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligidan kelib chiqib, ótgan yillar mobaynida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini táminlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, shaxsiy huquqlarni táminlash va himoya qilish maqsadida Ózbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Mámuriy javobgarlik tóǵrisidagi kodekslari, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tóǵrisida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi tóǵrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tóǵrisida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tóǵrisida”, “Odam savdosiga qarshi kurashish tóǵrisida”gi kabi qonunlarni qabul qildi.
Ózbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda óz vakillari orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlarini táminlash maqsadida esa “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari tóǵrisida”, “Ózbekiston Respublikasining referendumi tóǵrisida”, “Ózbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov tóǵrisida”, “Ózbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tóǵrisida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov tóǵrisida”, “Fuqarolarning ózini ózi boshqarish organlari tóǵrisida”, “Fuqarolar yiǵini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tóǵrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
“Ózbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tóǵrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari tóǵrisida” “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari tóǵrisida”, “Siyosiy partiyalar tóǵrisida”, “Ijtimoiy sheriklik tóǵrisida”gi kabi qonunlar esa Ózbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, davlat organlari bilan hamkorlik qilish huquqlarini róyobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti


Akademiyalıq liceydiń shet tilleri
baǵdarınıń 211-toparında 20__-jıl
___________ kúngi tárbiya saatınıń
____BAYANATI


Download 113,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish