Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet141/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Nazorat savollari:

    1. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining yuzaga kelish sabablari.

    2. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining klinik shakllari.

    3. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining asoratlari.

    4. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining davolash usullari.

    5. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining profilaktik chora-tadbirlar.

    6. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining hamshiralik jarayoni.

    7. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining bemorning asosiy muammolari.

    8. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining profilaktik asorarlari

    9. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining bashorari

16. NAFAS OLISH TIZIMI KASALLIKLARI
16.1. Nаfаs olish buzilish sindrоmi. Pnevmopatiyalar
Nafas buzilish sindromi o’pkaning perinatal orttirilgan noinfeksion etiologiyali kasalligi bo’lib (pnevmopatiyalar), o’pka to’qimasining funksional yetilmaganligiga olib keladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
- birlamchi atelektazlar
- gialin membranalar kasalligi
- shish-gemorragik sindrom
Kasallikning rivojlanish sabablariga quyidagilar kiradi:
1) chalalik va homila ichi rivojlanishidan orqada qolish;
2) xomila ichi infeksiyalari
3) perinatal gipoksiya
4) bosh va orqa miya qon talashlari;
5) sovuq qotish;
6) kamqonlikning og’ir darajasi;
7) onada qandli diabet;
8) tranzitor gipofunksiya
9) kesar kesish operasiyasi;
Nafas buzilish sindromi patogenezining asosiy zanjiri: surfaktant tanqisligi.
Surfaktant nafas olish vaqtida alveolalarning yopishib qolishini oldini oladi, bakterisid faollikga ega, alveolalar devorida tomirlar o’tkazuvchanligining kerakli bosimini ushlab turadi. Surfaktant homiladorlikning 35-36 haftasida hosil bo’ladi. Surfaktant sintezi gipoksiya, asidoz, gipotermiya natijasida pasayadi. Natijada og’ir gipoksemiya rivojlanadi. Gipoksiya, giperkapniya keyin respirator-metabolik asidoz rivojlanadi, miya funksional holati buziladi, yurak yetishmovchiligi, mikrosirkulyasiya buzilishi kuzatiladi.
Klinikasi.
1. Hansirash - nafas qarakati minutiga 60 martadan yuqori.
2. Ekspirator shovqin - nafas chiqarishda ovoz tirqishining spazmi natijasida paydo bo’ladigan "xirillovchi nafas chiqarish", bu qoldiq o’pka hajmining ortishiga sabab bo’ladi va alveolalarning yopishishiga to’sqinlik qiladi.
3. Nafas olishda ko’krak qafasining ichkariga tortilishi (qilichsimon o’simta, qovurg’alar orasi, o’mrov usti chuqurchasining tortilishi). Keyin burun qanotlarining kerkishi, apnoe xuruji, sianoz, lunjlar shishi, paradoksal nafas, barmoqlar, oyoqlar shishi kuzatiladi. Yassi ko’krak qafasi xarakterlidir.
4. Yurak qon-tomir buzilishlari - taxikardiya, yurak tonlari bo’g’iqligi. Oval teshik va arterial yo’lak orqali qonni o’ngdan chapga o’tishi kuzatiladi. Tomirlar o’tkazuvchanligining ortishi natijasida qon quyuqlashadi, kompensator mexanizmlarning pasayishi natijasida arterial bosim pasayadi. O’pkada nafasning tez tiklanishi yoki sun'iy o’pka ventilyasiyasi natijasida chap o’ng Shunt yuzaga keladi, puls bosimi ortadi, tomirlarda sistolik shovqin eshitiladi.
5. Umumiy simptomlar:
- gipotermiyaga moyillik
- noemosional yig’lash yoki umuman yig’lamaslik;
- mushak gipotoniyasi
- giporefleksiya
- ishtahani pasayishi
- qayd qilish;
Nafas buzilish sindromining kechishi.
Yaxshi oqibat bilan kechishida 2-3 sutkadan keyin ko’krak qafasining tortilish intensivligi, apnoe xurujlari, shish, mushak tonuslari ko’tariladi, spontan nafas harakati paydo bo’ladi, bolada nevrologik status yaxshilanadi. Agar kasallik pnevmoniya bilan asoratlanmasa, nafas buzilish simptomlari asta-sekin 5-6 kundan keyin yo’qoladi.
Tashhislash.
Tashhis klinik simptomlar va rentgenologik ma'lumotlarga, chaqaloq holatiga Silverman shkalasi bo’yicha baho berishga asosan qo’yiladi.
Qiyosiy tashhis:
- o’pka genezli nafas buzilishlari bilan (pnevmoniya, o’pkaning tug’ma rivojlanish nuqsonlari).
-o’pkadan tashqari nafas buzilishlari (ikkilamchi nafas buzilishlari, kalla ichi tug’ruq jaroqatlari, orqa miya tug’ruq jaroqatlari, yurak tug’ma nuqsonlari, diafragmal churra, polisitemiya, metabolik buzilishlar).
Davosi.Parvarish sovuq qotish profilaktikasiga qaratilgan. Sovuq qotish surfaktant sintezining pasayishiga, metabolik asidozning ortishi, apnoe xurujlari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bolani tug’ilgandan keyin steril yo’rgakga o’rash kerak. Bolani issiqlik manbaiga qo’yish kerak, kuvezda 34-35°C li haroratda parvarishlash lozim. Har 2 soatda bolaning tana haroratini o’lchash kerak. Nafas olishning kislorod bilan to’yinishi qondagi gaz almashinuvini normallashtiradi, bunda shuni e'tiborga olish kerakki, quruq va sovuq kislorod o’pka to’qimasini zararlaydi, arteriolalar spazmiga, o’pka gipertenziyasi va asidozga olib keladi. 30-32°C issiqlik va nam kislorod juda zarurdir. Kislorodning toksik xususiyatini kamaytirish uchun har kuni mushak orasiga vitamin Ye 20 mg/kg 5 kun davomida
qilinadi.
Apnoe xurujlarida - parenteral eufillin 3-5 mg/1kg tana vazniga yuboriladi. Sun'iy o’pka ventilyasiyasidagi barcha bolalarga antibiotikoterapiya o’tkaziladi.
Ovqatlantirish - birinchi 1-2 kunlarida parenteral. Birinchi sutkada suyuqlik hajmi 50-60 ml/kg. To’liq parenteral ovqatlanishda, asosan sun'iy o’pka ventilyasiyasida yotgan bolalarga, DVS sindrom profilaktikasi uchun geparin 10 HB har 6 soatda yuboriladi.
Bolani ahvoli yaxshilangandan keyin va hansirash pasayganda, bola sut bilan ovqatlantiriladi, apnoesi bor yoki yo’qligi aniqlanadi, nazorat uchun distillangan suv chiriladi, agar bola qusmasa, ovqatlantirish davom ettiriladi. Ovqatlantirish turi bola ahvoliga, kasallikni og’irlik darajasiga va so’rish refleksiga bog’liq.
Oqibati.Kasallikning og’irlik darajasi va hamroq patologiyalarga bog’liq. Nafas buzilish sindromini o’tkazgan bolalar hayotining birinchi yilida pnevmoniya bilan kasallanadi.
Profilaktikasi.Onaga tug’ruqdan 3 sutka oldin har 12 soatda 6 mgdan betametazon (deksametazon har 24 soatda) in'eksiya qilinadi.
Tug’ruqni uzaytirish ham foyda beradi, chunki suvsiz davr 2 sutkadan ortiq davom etsa, nafas buzilish sindromi rivojlanmaydi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish