Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet140/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Sariqlik shakli. Kasallikning bu shakli ko’p uchraydi. Asosiy belgilari sariqlik, anemiya, jigar va taloq kattalashishi, og’ir holatlarda - gemorragik sindrom va markaziy asab tizimining zararlanishi kuzatiladi.
Sariqlik bola tug’ilgandan keyin darrov yoki hayotining birinchi sutkasida yuzaga chiqadi. Sariqlik bola hayotining 2-3 sutkasida maksimal darajaga yetadi. Qonda bilirubin miqdorining oshishi bilirubinli intoksikasiya: kamquvvatlik, uyquchanlik, fiziologik reflekslarning yo’qolishi, mushaklar tonusi pasayishiga olib keladi.
Bola hayotining 3-4 kunlarida bilirubin miqdori kritik sifralargacha ko’tariladi. Yadro sariqligi simptomlari paydo bo’ladi: ensa suyagi rigidligi, tonik talvasalar, katta liqildoqning ko’tarilishi, ingrovchi yig’i, "botuvchi quyosh" simptomi. Ba'zida markaziy xarakterga ega tana haroratining ko’tarilishi, nafas olishning va yurak faoliyatining buzilishlari kuzatiladi. Chaqaloq peshobi to’q rangga kiradi, najasi o’zgarmaydi.
Ba'zida birinchi haftaning oxirida bemor bolalarda o’tning ichakga o’tishi buziladi, natijada - xolestaz (o’t quyuqlashishi sindromi) rivojlanadi. Teri ko’kimtir tusga kiradi, najasi rangsizlanadi, peshobi qorayadi, qonda bog’langan bilirubin miqdori ortadi.
Anemik shakli kechishi bo’yicha yaxshi sifatli hisoblanadi. Klinik belgilari chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov yoki hayotining 1-3 haftasida yuzaga keladi. Teri ranglari oqimtir, yengil sariqlik, jigar va talog’i kattalashgan bo’ladi.
Bolalar holsiz, yomon emadi. Qonda gemoglobin va eritrositlar soni kamayadi va qonning yosh shaklli elementlari ko’payadi. Bilirubin bir oz oshadi.
Tashhislash. Hozirgi vaqtda chaqaloqlar gemolitik kasalligini tashhislashda antenatal usuldan foydalaniladi, bunda qonning eritrositar antigenining nomutanosibligi, onasidagi anamnez o’rganiladi (oldingi homiladorlik, bola tushishi, kasal bola tug’ilishi, gemotransfuziya rezus-omilsiz). Homilador ayolning qonida dinamikada rezusga qarshi va guruh antitanalarining titri aniqlanadi, ultratovush tekshiruv va qog’anoq suvini tekshirish o’tkaziladi.
Bola tug’ilgandan keyin bolani qon guruhi va rezus omil, kindik qonida bilirubin, bilirubinning soat sayin ortishi, kindik qonida va periferik qonda gemoglobin miqdori aniqlanadi; immunologik reaksiya (Kumbs sinamasi - chaqaloqlarda eritrositlar antitanalar bilan bog’liqligini aniqlaydigan usul,); kasallikning erta klinik belgilarini aniqlaydi.
Davolash. Giperbilirubinemiyaga, antitanalarni chiqarish va kamqonlikni yo’qotishga qaratilgan.
Davo konservativ va operativ usulda olib boriladi. Asosiy usul konservativ davo hisoblanadi:
-infuzion terapiya;
-gemoliz ortishini pasaytiradigan dori vositalari (alfa-tokoferol, ATF, glyukoza);
-metabolizmni kuchaytirish va bilirubinni chiqarish uchun (fenobarbital);
-ichaklarda qayta so’rilishni kamaytirish (karbolen, agar-agar, xolestiramin);
-terining yuzaki qavatida bilirubinning fotoxemik oksidlanishi natijasida toksik bo’lmagan mahsulotlarning hosil bo’lishiga bog’liq fototerapiya.
Fototerapiyani kuvezlarda o’tkazish kerak, atrof-muhit harorati va namligi optimal tartibda bo’lishi kerak. Bolaning ko’ziga yorug’likdan saqlaydigan ko’zoynak taqiladi, jinsiy a'zolari nur o’tkazmaydigan qog’oz bilan yopiladi. Xolestazni davolash uchun o’t haydovchi dorilar buyuriladi (magniy sulfati va alloxol).
Operativ davosiga qonni almashtirib quyish, gemosorbsiya va plazmoferez kiradi. Qonni almashlab quyish kasallikning og’ir shakllarida o’tkaziladi. Buning uchun rezus manfiy qon guruhi qo’llaniladi (150 ml/kg tana vazniga olinadi). Operasiya vaqtida bemorning 70% qoni almashtiriladi. Yaqqol kamqonlikda eritrositar massa quyiladi.
ABO-nomutanosiblikda qonni almashlab quyish uchun bolani qon guruhi bilan to’g’ri keladigan 0 (I) guruh qon yoki 0 (I) guruh qoni eritrositar massasi, Shuningdek, quruh plazma qo’llaniladi. Ko’rsatma bo’lganda, qonni almashtirib quyish takrorlanadi.
Operasiyadan oldin hamshira xonani tayyorlaydi, qonni isitadi, bolaga tozalovchi xuqna qilinadi, oshqozoni tozalanadi va chaqaloq steril choyshab bilan yo’rgaklanadi, bunda qorinning oldingi devori ochiq qoldiriladi. Oldindan tayyorlangan kuvezga bola yotqiziladi, hayot uchun zarur asosiy organlar funksiyasi, tana harorati kuzatilib turiladi. Operasiyadan so’ng chaqaloqlar intensiv kuzatuvda bo’ladi.
Chaqaloqlar gemolitik kasalligining sariqlik shaklida gemosorbsiya va plazmaforez o’tkaziladi (toksik bilirubinni qondan yoki qon zardobidan sorbent orqali o’tkazib yuvish).
Chaqaloq birinchi 3-5 kunda sog’ilgan ko’krak suti bilan ovqatlantiriladi, chunki jismoniy zo’riqish eritrositlar gemolizini kuchaytiradi. Sutda antitanalar topilishi ko’krak suti bilan emizishga qarshi ko’rsatma bo’lmaydi, chunki antitanalar oshqozon-ichak traktida parchalanadi. Sariqlik va qondagi bilirubin miqdori pasaygandan keyin bola ko’krakga beriladi.
Profilaktikasi. Qon quyayotganda, resipient va donor qoninining rezus-omilini aniqlash zarur, istalmagan homiladorlikni oldini olish, ayol sog’lig’ini saqlash uchun keng ijtimoiy chora - tadbirlar olib borish kerak.
Profilaktikaning asosiy maxsus usuli ayolga antitanalar hosil bo’lishini tormozlaydigan - rezus-manfiy immunoglobulin anti-D quyishga qaratilgan. Immunoglobulin qoni rezus-musbat sog’lom bola tug’ilgandan keyin, Shuningdek, homiladorlik to’xtatilgandan so’ng yuboriladi. Homilador ayollarda antitanalar titri ortsa, detoksikasion, gormonal, antigistamin terapiya, vitaminlar buyuriladi.
Ayolga erining terisidan antitanalarni antigenlarga transplantat fiksasiyasi uchun ko’chirib o’tkaziladi. Antitanalar titri oshganda ultrabinafsha nurlar, gemosorbsiya, plazmaforez qo’llaniladi, homiladorlik to’xtatiladi.
Oqibati. Bolalarda gemolitik sariqlikdan keyin turli xil psixonevrologik o’zgarishlar kuzatiladi.
Shuningdek, gemolitik kasallik o’tkazgan bolalarda gepatobiliar tizimning surunkali kasalliklari, profilaktik emlashlarga noadekvat reaksiya, psixovegetativ buzilishlar kuzatiladi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish