Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni


Hisob -Kitob markazi ishining tashkil etilishi



Download 252,07 Kb.
bet6/7
Sana26.05.2022
Hajmi252,07 Kb.
#609469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-Banklararo hisob

7.4. Hisob -Kitob markazi ishining tashkil etilishi

Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, Hisob-kitob markazi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buxgalteriya hisobi va hisob-kitoblar boshqarmasining bo‘limi bo‘lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.


Hisob-kitob markazi elektron to‘lov tizimiga ulangan tijorat bank-lari bilan belgilangan vaqt davomida alohida tarmoq orqali axborot al-mashish tartibida ish olib boradi. Elektron to‘lov tizimi bo‘yicha ish kuni boshlanishidan banklarning ichki va tashqi vakillik hisobvaraqla-rining qoldiqlari va aylanmalari qiymatining mosligi qilingandan so‘ng banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish, jo‘natish avtomatik rejimda seanslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Banklardan kelgan har bir elektron fayl bir daqiqa interval bilan qayta ishlab turiladi. Kelgan har bir fayl ichki nazoratdan o‘tkaziladi Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan fayl hisob-kitoblar markazida qayta ishlashga ruxsat etiladi. Kelib tushgan to‘lov turiga qarab XKMda buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Lekin tekshiruv jarayonida biror bir yozuvida xato chiqsa ham fayl to‘lig‘icha bankka qaytariladi.
Ilgari Hisob-kitob markazida banklararo aylanmalarni o‘tkazish uchun bir qator hisobvaraqlar yuritilar edi. 2003-yil sentabr oyidan boshlab turli tipdagi bosh banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Toshkent shahar hisob-kitob markazi orqali o‘tkazila boshladi, boshqa viloyatlardagi hisob-kitob markazlarining faoliyati to‘xtatildi. Bir bank-ka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bosh bank tomonidan tashkil etila boshladi. Biz turli tipdagi banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish tartibi bilan tanishib chiqamiz.


Turli tipdagi banklar o‘rtasidagi banklararo
hisob-kitoblarni o‘tkazish tartibi

Bosh banklar o‘rtasida banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun Markaziy bank qoshida ochilgan Toshkent shahar hisob-kitob Marka-zida 27416 balans hisobvarag‘i ajratilgan. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan Hisob-kitob Markazi ularni banklar bo‘yi-cha saralaydi. Bu hujjatlarning o‘zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo‘linadi. Shundan keyin, debet hujjatlari bo‘yicha alohida, kredit huj-jatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi. Debet hujjat-lari bo‘yicha dastlab quyidagi provodka o‘tkaziladi.


Debet 27416 “Banklararo hisob-kitoblar”
Kredit 21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
TB A
Bir vaqtning o‘zida quyidagi javob provodkasi o‘tkaziladi.
Debet 21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisob-varag‘i”
TB B
Kredit 27416 “Banklararo hisob-kitoblar”
Bu ikki yozuv orqali 27416-hisobvarag‘ining tranzit hisobvaraq ekanligi va bir vaqtning o‘zida yopilishini ko‘rish mumkin.
Hisob-kitob Markazlariga, tijorat banklariga tushadigan hujjatlar-ning asosiy qismi kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo‘yicha ham Hisob-kitob markazlarida buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi.
Bosh bank o‘z filiallaridan kelgan elektron to‘lovlarni qayta ishlab o‘zining yagona vakillik hisobvarag‘i orqali Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga modem aloqasi orqali jo‘natadi. Bu operatsiya bo‘yicha Bosh bankda quyidagi buxgalteriya amallari bajariladi:
Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘la-nadigan hisobvaraqlar” A filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” A bank
Hisob-kitob markazi bir tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘larining kamayishi bo‘yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi:
Debet 21302 TB “A”
Kredit 27416
Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘lari-ning ko‘payishi bo‘yicha provodka quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Debet 27416 Hisobvaraq nomini mustaqil yozing va esda saq-lab qoling!
Kredit 21302 TB “B” “Hisobvaraq nomini mustaqil yozing va esda saqlab qoling.
Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni hisob-dan chiqarish va bu vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to‘lov hujjatlari bir vaqtning o‘zida 27416 hisobvarag‘ining ham debeti, ham krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Bu hol har bir operatsiya bo‘yicha va mos ravishda kun yakunlari bo‘yicha 27416-hisobvarag‘ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi, ya’ni hisobvaraq qoldig‘i nechaga teng bo‘ladi? To‘g‘ri! 27416-hisob raqamining 0 ga yopilishi tijorat banklari o‘rtasida hisob-kitoblarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko‘rsatadi.
Turli tipdagi bosh tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha chiqariladigan ko‘chirmalarda 27416 – shaxsiy hisobvaraqda va hudud ichidagi o‘tkazmalar jurnalida aks ettiriladi.
Hisob-kitob markazidan elektron to‘lov mablag‘ oluvchi Bosh bank-ka o‘tkaziladi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov Bosh bankka kelib tushganda dasturiy yo‘l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi:
Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘la-nadigan hisobvaraqlar”B filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” B bank
10301-hisobvarag‘ining nomi o‘rniga uning mazmunini yozdik, siz hisobvaraqlar rejasidan foydalangan holda ushbu hisobvaraq-ning to‘liq nomini ko‘rsating. Bu yozuvlar nimani bildirishini mus-taqil fikrlab ko‘ring.
Quyida turli tipdagi bosh tijorat banklarining O‘zbekiston Respub-likasi Markaziy banki qoshidagi Hisob-kitob markazi orqali elektron to‘lov tizimi yordamida banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish sxemasini keltiramiz.

5-sxema.




Download 252,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish