B. R. Nazarov oliy geodeziya


-bob. Yuqori aniqlikdagi optik teodolitlar. Teodolitlarni tadqiq qilish



Download 3,01 Mb.
bet30/67
Sana28.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#414938
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

4-bob. Yuqori aniqlikdagi optik teodolitlar. Teodolitlarni tadqiq qilish


4.1-§. Yuqori aniqlikdagi teodolitlar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari

Burchak o‘lchash geodezik asboblarini vazifasi, o‘lchash aniq­ ligi va konstruksiyasiga qarab turli guruhlarga bo‘lish mumkin.


Vazifasiga qarab burchak o‘lchash geodezik asboblari teodolit­ larga va astronomik teodolitlarga bo‘linadi.


Teodolitlar geodezik tarmoqlar punktlarida gorizontal bur­ chaklar va zenit masofalarni o‘lchashda, astronomik teodolitlar esa Laplas punktlarida astronomik kuzatishlarni bajarib kenglik, uzoqlik va azimutlarni aniqlashda ishlatiladi. Aniqligi bo‘yicha teodolitlar­ yuqori aniqlikdagi teodolitlar, aniq teodolitlar va texnik teodolitlarga bo‘linadi. Yuqori aniqlikdagi teodolitlarga burchakni laboratoriya sharoitida bir priyomda m1'', aniq teo­ dolitlarga 110'' va texnik teodolitlarga m10'' o‘rta kvadratik xatolik bilan o‘lchashni ta’minlaydigan teodolitlar kiradi. Konst­­ ruksiyasi bo‘yicha hozirgi teodolitlarni sanoq olish moslamasiga qarab ikkita katta guruhlarga: optik sanoq olish moslamasiga ega teodolitlarga va elektron teodolitlarga bo‘linadi. Amaldagi stan­ dart bo‘yicha teodolitning har bir tipiga ularni o‘lchash aniqligiga­ bog‘liq holda maxsus shifr beriladi, bu shifr «T» harfidan (teo­ dolit) va laboratoriya sharoitida burchak o‘lchashni o‘rta kvadra­


tik xatosi chegarasini belgilovchi raqamlardan tashkil topadi. Ma­ salan, T1 bir sekund aniqlikdagi teodolit hisoblanadi.


Davlat geodezik tarmoqlarini qurishda burchak o‘lchash ishlari turli fizik-geografik va iqlimiy sharoitlarda: issiq cho‘l va qumlik hududlarda, tog‘ oldi va baland tog‘ hududlarda, havo harorati­ ning keskin tebranishlarida (+50 dan –200C) bajariladi.


Har bir asbobdan bunday sharoitlarda uzoq yillar davomida foy­ dalanish, kam mehnat va vaqt sarflab yuqori aniqlikdagi o‘lchash natijalariga erishish burchak o‘lchash asboblarini ishlab chiqishda maxsus talablarni hisobga olish va ularni ta’minlashni talab etadi.



66


Bu talablardan eng asosiylari quyidagilar:

– turli fizik-geografik va iqlimiy sharoitlarda bajarilgan o‘lchashlardan yuqori aniqlikda va kam o‘zgaruvchan natijalar­ ni olish;


– qiyin ekspeditsiya sharoitlarida va uzoq vaqt davomi­ da foydalanishda teodolit asbobining ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash;


– asbobni kichik hajmli va yengil bo‘lishi bilan birga uni o‘lchash jarayonida turg‘unligi, qismlari oddiy va ishonchli bo‘lishini hamda ishlashda qulayligini ta’minlash.


Asosiy geodezik ishlarni bajaruvchi mutaxassislar teodolitlar tu­ zilishini mukammal bilishi, ularni tadqiq qila olishi, asbob doimiy qiymatlarini yuqori aniqlikda aniqlay olishi (adilak bo‘lak qiymati­ ni, mikrometr bo‘lak qiymatini va h.k.), punktda ishlash paytida teodolitni sozlashni bilishi va asbob xatolarini o‘lchash natijalariga­ ta’sirini hisobga ola bilishi kerak. Yuqori aniqlikdagi teodolit mu­ rakkab sistema bo‘lib metall va optik qismlari ichki zo‘riqish yoki kengayishi natijasida deformatsiyaga uchraydi. Deformatsiya esa burchak o‘lchash natijalarida xatoliklarga olib keladi.


Oddiy misol, punktda ishlash jarayonida kuzatuvchining beparvoligi oqibatida ko‘targich vintlardan biriga ma’lum vaqt davomida quyosh nurining tushib turishi ko‘targich vintlarni ∆l o‘ta kichik chiziqli (0,5 mkm) siljishga olib keladi.


Teodolit o‘qi bilan ko‘targich vintlar orasidagi masofa r = 14 sm bo‘lganda bu siljish teo­


dolitni limbi bilan birga quyi­ dagi burchak qiymatga buri­ lishiga sabab bo‘ladi:








l




(0 , 521)5




Δoc

l




α




ρ '




0 ,7 '













r

14 10 4

0

r


































bu esa o‘z navbatida o‘lchangan yo‘nalish qiymatiga shu miqdor­ da ta’sir etadi. Agar burchak­ lar yuqori aniqlikda o‘lchansa xatosi 0,5'' dan oshmasligi ke­ rak, demak yuqoridagi 0,7'' yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatolikdir.



Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish