Qisqacha xulosalar
Zamonaviy ishlab chiqarishda inson resurslarining sifat ko'rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnatga layoqatlilik umumiy, kasbiy maxsus qismlarga ajratiladi. Inson resurslarining sifat ko'rsatkichlari oltita jihat asosida aniqlanadi. Inson resurslarining sof foydalilik qiymati, avvalo, ularning harakatchanligiga, sifat ko'rsatkichlari, yosh tarkibi, bilim darajasi, texnika va texnologiya bilan qurollanganligi, mehnat unumdorligi ko'rsatkichlariga bog’liq. Ishchi kuchi -- insonning jismoniy va aqliy qobiliyati yig’indisi; mehnatga layoqatli, milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo'lgan mehnat resurslarining foydalanilayotgan qismidir.
Ishchi kuchi — insonning jismoniy va aqliy qobiliyati yig’indisi, uning mehnatga layoqatli qismi milliy iqtisodiyotda band bo'lgan, mehnat resurslarining foydalanilayotgan qismidir.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish — insonning aqliy va jismoniy qobiliyati uzluksiz tiklanib borishi, uning bilim va malaka saviyasini doimiy
ravishda oshib va yangilanib borishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |