Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish



Download 1,27 Mb.
bet13/129
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#192631
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129
Bog'liq
2 5431881092422438601

2.3. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish

Ishchi kuchi - insonning jismoniy va aqliy qobiliyati yig’indisi, uning mehnatga layoqatli qismi milliy iqtisodiyotda band boigan, mehnat resurslarining

foydalanilayotgan qismidir.

Korxonada inson resurslarining ishchi kuchiga aylanish jarayoni qator bosqichlarni bosib o‘tadi.

Birinchi bosqichda inson resurslari salohiyati ishchi kuchi — jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarning jamiga egalik qiluvchi qandaydir mehnat turiga qobiliyati bo‘lgan ishchilar ko‘rinishida bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda inson resurslari ish joylarini egallaydilar, jismoniy va aqliy qobiliyatlarni sarflash jarayoni boshlanadi va ular ishchi kuchiga aylanadi.

Uchinchi bosqichda ishchi kuchi ma’lum vaqt sarflab, mehnat jarayonida harakat qilib, moddiy ne’matlar yoki iste’mol qiymatini yaratadi.

Umuman, ishchi kuchi — milliy iqtisodiyotda band bo‘lgan inson resurslarining foydalanilayotgan qismidir. Mehnat jarayonining asosiy sharti — insonlarning mavjud bo'lishi va ularning yaratuvchanlik, bunyod etish xususiyatlariga egaligidir. Inson resurslari ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va joylashtiradi hamda bu bilan ularni ishlab chiqarish kuchlarining elementiga aylantiradi. Ishchi kuchi ishlab chiqarishning intellektual kapitali sifatida yuzaga chiqadi, shuningdek, u jamiyatning shunchaki omili emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir va undan samarali foydalanish hamisha dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti jarayonida ishsizlikning kuchayishi munosabati bilan bu masalani o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.

Fan-texnika jadal taraqqiy etgan hozirgi davrda insonni qudratli qurollar va asbob-uskunalar bilan qurollantirish uning rolini oshirmoqda, unga nisbatan yangi talablar qo‘yib, eng yuqori malakali xodimlarga bo‘lgan, oshirilgan ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Ishchi kuchi egalari miqdori ularning mehnatga layoqatliligi bo‘yicha qonuniy o‘rnatilgan chegaralarga

bog’liq bo'ladi. Demak, «jami ishchi kuchi» — butun aholining salohiyatli, qobiliyati, yuridik jihatdan mehnatga layoqatsizlar, biroq mehnat qobiliyati borlar (pensionerlar, nogironlar, balog’at yoshiga yetmaganlar)ni ham ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Ishchi kuchiga cheklangan resurs sifatida yondashish lozim. Bu birinchidan, unga tubsiz boylik sifatida qarashdan voz kechish kerakligini bildiradi, ikkinchidan, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan alohida toifadagi ba’zi malakali ishchilar yetishmovchiligi muammosini tan olish, malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonini boshqarish zarurligini ko'rsatadi. Demak, ishchi kuchi inson resurslarining maxsus ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Rivojlanishning intensiv yoMiga o'tish munosabati bilan mazkur resursni faqat miqdoriy

jihatdan emas, balki sifat jihatidan ham tahlil qilish zarurati tug’iladi. Shunday qilib, jamiyat mehnat salohiyati to'g’risida gapirilganda ishchi kuchi xususida alohida to‘xtab o‘tish zarur.

23

Insonlar jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, ular beto‘xtov yaratilishi, shu bilan birga sifat jihatidan ancha yuqori darajada takror yuzaga chiqarilishi kerak.



Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish — insonning aqliy va jismoniy qobiliyati uzluksiz tiklanib borishi, uning bilim va malaka saviyasini doimiy ravishda oshib va yangilanib borishidir. Bu tushuncha korxona, tarmoq, milliy iqtisodiyotda yollanish asosida ish bilan band bo‘lgan yakka tartibdagi faoliyat ko‘rsatayotganlarga ham, ularning jamlanmasiga ham tegishlidir. Shuning uchun «jami ishchi kuchini takror ishlab chiqarish» tushunchasi ham ishlatiladi.

Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'ladi. Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarishning mohiyati shundaki, ishchi yollanma ishchining takror ishlab chiqarish jarayoniga kiradi va undan yollanma ishchi kuchi bo'lib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqarish vositalari sohibiga aylanmaydi, balki ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida mehnatga bo'lgan qobiliyatini, o'zining ishchi kuchini sotishni davom ettiradi.



  1. 3.-chizma. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish

Aholining ish bilan band qismi ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning bu jarayondagi hamma bosqichlaridan o'tadi. Ishsizning ishchi kuchini, ya’ni mehnatga bo'lgan potensial qobiliyatni takror ishlab chiqarish deformatsiyalangan: taqsimlanishi, tovar almashinuvi, qo'llanish bosqichlari yo‘q, ishchi kuchining tayyorlanishi, shakllanishi toiaqonli boimagan holda amalga oshiriladi.

Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan mehnat bozoriga faqat taqsimlanish va almashinuv bosqichlari tegishlidir. Ammo almashinuv elementlari boshqa bosqichlarda ham bor. Shunday qilib, ishchi kuchidan foydalanishda, faoliyat ko'rsatayotgan (mehnat) qobiliyatlaming mehnat bahosi (yoki ish haqi) shaklidagi pullik mukofotga almashinuvi yuzaga keladi. Bu almashinuv obyektiv holda mehnatga bo'lgan qobiliyatning tiklanishi uchun zaruriydir.(26)

24


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish