Qishloq hududida “Norcho‘kdi” degan joy nomi bor. Bu joyda yaqin-yaqingacha kichik bir tepalik bo‘lib, qishloq odamlari bu tepalikni “rivoyatdagi ayol tuyasini cho‘ktirgan joy va aynan tuyaning qoldig‘i” deb uqtirishar, chunki tepalikka uzoqdan qaralsa, haqiqatdan ham xuddi cho‘kib yotgan tuyaga o‘xshab ketardi. O‘lkashunos Sayyid Azimning “Baxmalnoma” kitobida shunday jumlalar keltirilgan: “Ustrushona davlati tarkibidagi shaharlarning biri hozirgi Novqa bulog‘i atrofida bo‘lganligi bu shahar “Nauqat» deb atalganligi, u So‘g‘ddan Shoshga o‘tadigan yozgi karvon yo‘li yoqasida joylashganligi va Nauqat shahri XIII asrda Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar bosib olganidan keyin buzilib ketgan” ligi qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |