Xuddi shunday ma’lumot Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning “Maqomati Yusuf Hamadoniy” kitobida: “Hamadon shahridan hazrati shayx bilan birga (quyidagi) o‘n bir kishi kelgan edi. 1.Abu Muso Xodim. 2. Bu ojiz banda Abdulxoliq. 3. Imom Yahyo G‘atfariy. 4.Xoja Isxoq. 5.Xoja Rabot. 6.Xoja Zikriyoning akasining o‘g‘li. 7.Xoja Odam Shovdoriy. 8.Xoja Muhammad Hakim Saripuliy Balxiy. 9. Xoja Muhammad Chilla. 10.Xoja Kuraysh, 11.Bobo Orifi Turkiy” deb qayd etiladi. Yuqoridagi manbalarda ham to‘rtinchi o‘rinda Xoja Isoq nomi zikr etiladi. Agar ikkinchi asar muallifi Abu Hafs Nasafiyni 1142 yilda, Abdulxoliq G‘ijduvoniyning 1179 yilda va YUsuf Hamadoniyni 1141 yilda vafot etganligini inobatga olsak, unda Xoja Isxoq ota yurtimizga XII asrning birinchi yarmida kelgan bo‘lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |