Ziyoratgohdagi yana bir muqaddas sanalgan, shifobaxsh buloqlardir. Bu joydagi buloqlarning har birini o‘z nomi bor. Niyatbuloq, Isitmabuloq, Qo‘tirbuloq, ziyoratchilar o‘z dardlariga shifo istab, farzandli bo‘lish maqsadida ushbu buloqlarni suvidan niyat qilib ichishadi va olib ketadilar.
Ziyoratgohning tarixi eramizning boshlariga borib taqaladi, chunki, mazkur manzilga tutash arxeologik tepalikda eramizning boshlariga oid sak va so‘g‘diy qabrlar ko‘rinishidagi qo‘rg‘onlar mavjud. Qolaversa, mazkur hududda uchraydigan sopol siniqlari eramizning I-II asrlarida ham bu atroflarda ajdodlarimiz yashaganligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |