Allomaning “Al-furuq” asari 1982 yilda Quvaytda chop etilgan bo’lib, birinchi jildida Umar Nasafiyning “Manzuma”siga sharh yozgan “Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Hanafiy” Karobisiyning ustozlaridan biri bo’lgan, deb keltirilgan. Bundan tashqari, ilm olamida yaxshi ma’lum bo’lgan “Al-ansob” (“Nasabnoma”) asarining muallifi mashhur Abdulkarim Sam’oniy (1113-1167 y.) mazkur asarida “O’g’lim Abdulmuzaffar (vafoti 1217 y.) undan (Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy)dan hadis eshitgan”, deb keltiradi. Bundan allomaning hadis roviysi ham bo’lganligini anglasak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |