Olimning to’liq ismi — Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy Samarqandiy bo’lib, uning tug’ilgan va vafot etgan yili haqida turli ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi manbalarda «Alloma 408/1017 yilda Samarqandda tug’ilib, 502/1109 yilda shu yerda vafot etgan»-deb keltirilsa, ko’pchilik manbalarda «U 488/1095 yili Samarqand qishloqlaridan biri «Usmand»da tavallud topib, 552/1157 yilda 64 yoshida vafot etgan»-deyiladi. Manbalarda Abdulfath Muhammad ibn Abdulhamid ibn Husayn ibn Hasan ibn Hamza Usmandiy, Samarqand ahlidan bo’lib «Olamning ustuni» sifati bilan mashhurdir, deb keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |