berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini
kuchaytirish uchun, shu hodisaning har bir sohaga bo‘lgan ta’sirini chuqurroq o‘rganish, undan foydalanish
strategiyasini ishlab chiqish zarur. Demak, ayni zamonda globallashuv jarayoni o‘quvchi-yoshlarda hushyorlik va
ogohlik fazilatlarini rivojlantirish va bu boradagi tadqiqotlarni olib borishnitalab etadi. Bugungi kunda xalqaro axborot
ko’lami, uning zamonaviy xususiyatlari va o‘ziga xos masshtabi, xalqaro munosabatlarda axborot ko‘lamining oldingi
safga chiqishi, zamonaviy axborot davrining
chaqiriqlari, geosiyosiy va tafakkurdagi qarama-qarshiliklar maydonida
axborotning xavfga aylanishi, axborot globallashuvi jarayonida milliy xavfsizlik masalasi ustuvordir. “Agar biz bu
masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga,
o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan
ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan
chetga chiqib qolishimiz mumkin”. Bunda neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarning
hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir. O‘quvchi-yoshlarni ma’naviy madaniyatini
rivojlantirishda aynan neyrolingvistik dasturlash texnologiyasini tatbiq etishga bugun alohida ehtiyoj tug‘ilmoqda.
Neyrolingvistik dasturlash o‘quvchi-yoshning subyektiv tajribasini, uning fikrlash, hulq va kommunikativ jarayonlarini
ifodalash usuli sifatida atrof-muhitni o‘zi va boshqalar tomonidan to‘g‘ri idrok
qilishni, samarali muloqotni tashkil
etishga yordam beradi. Neyrolingvistik dasturlash o‘quvchi-yoshning xulq-atvor strategiyasini tahlil etish asosida uni
muvaffaqqiyat bilan qo‘llash imkonini beradi.
Neyrolingvistik dasturlash – ta’limning gumanitar texnologiyasi hisoblanib, uning asosiy vazifasi o‘quvchi-
yoshlarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga doir kafolatlangan natijalarga erishish uchun unda samarali muloqot
texnikasini shakllantirish, o‘zi va yon-tarofdagi kishilarning xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan
faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Neyrolingvistik dasturlashtirishning uchta asosiy elementi mavjud: “neyro” – nerv
tizimining miya va tana o‘rtasidagi aloqadorligini; “lingvistika” – so‘zlar va til vositadasi o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni;
“dasturlashtirish” – fikr va harakatlarni ketma-ketlikda takrorlanib turishini tizimga solishni anglatadi. Demak, insonni
til va so‘zlar vositasida fikri va xatti-harakatini boshqarish neyrolingvistik dasturlashtirishning
asosiy mohiyatini tashkil
etadi. Neyrolingvistik dasturlash texnologiyalari turli tadqiqot ishlari bo‘lmoqda.
Yoshlarda ogohlik va hushyorlik fazilatlarini tarkib topdirishda neyrolingvistik dasturlash atamasiga
quyidagicha ta’rif beramiz: “so‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida yoshlarning ichki ongiga
manipulyativ ta'sir ko‘rsatish uslubidir”. Bunda insonda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo
bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Masalan, internetdagi turli sayt, elektron pochtalar va
turli tarmoq tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ta’limning rivojlanishi bevosita
mamlakatning barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axloqiy, maishiy, texnologik va axborot kabi
sohalarning
о‘zaro bog‘liqligi va mavjudligi asosida shakllanadi. Bunda pedagogik ta’lim tizimining tutgan о‘rni
alohida ahamiyatga molikdir. Chunki uning
asosiy vazifasi
о‘quvchi-yoshlarning intelektual bilim darajasi va tarbiyasi,
shuningdek, dunyoqarashini shakllantirish hamda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishni ta’minlashga
qaratilgan. Mazkur masala neyrolingvistik dasturlash texnologiyalari asosida
о‘quvchi-yoshlarning hushyorlik va
ogohlik fazilatlarini rivojlantirish ilmiy nuqtayi nazardan
ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik masala
hisoblanadi. Bu masalani tarixiy nuqtayi nazardan o’rganadigan bo’lsak XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning
boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o’lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini
yuksaltirishda ilg’or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim
Abdulla Avloniyning xizmatlari ko’p. U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan
birga maktablarni
darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi. “Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini
pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o’sdurmakdur.
Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning
vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog’i
lozimdur. Zeroki, “Hassinu axloqiko’m” amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg’a amr o’linganmiz. Lekin xulqimizning
yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadur. Axloqimizning binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r
ta’siri bordur, ba’zilar “tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo’lsalar, shunday o’sarlar,
tabiat o’zgarmas”, – demishlar”
(A. Avloniy). Abdulla Avloniyning bu qarashlari yoshlarimizdagi ta’lim-tarbiya
masalasiga yoshlikda e’tiborsiz bo’lmaslikni “yosh nihol” misolida keltiradi. O’quvchi yoshlarning ogohlik va
hishyorlik fazilatlarini rivojlantirish, avvalo, oiladagi ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanishi va maktab tizimida
rivojlanishi ilgari surilganligi bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan jamiyat ravnaqi va istiqboli ta’lim sohasining
qanchalik rivojlanganligi bilan bog‘liq. Shu sababli hozirigi paytda uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan, strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri – yangicha ta’limni shakllantirish va xalqaro e’tirof etiladigan ta’lim muhitini
yaratish bo‘lib, ushbu masala respublikamiz rahbariyati va hukumatimiz tomonidan imzolangan
bir qator direktiv
hujjatlarning amaliyotga joriy etilganligida yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk va jismonan sog‘lom bolalarni tarbiyalash samaradorligi ko‘p jihatdan
pedagoglarning kimni tarbiyalashi va qanday tarbiyalashi kerakligini bilishlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa murabbiy
va pedagoglardan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim va
tarbiya berish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama va chuqur bilishlarini, ularning psixofiziologik
xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini hisobga olishlarini talab qiladi. Shuni aytish
mumkinki, mazkur sohadagi ishlar hali o’z yechimini topmagan. O’rganishi dolzarb bo’lgan masalalar sirasida
qolmoqda.
189
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarga asoslangan holda, muammoning
dolzarbligi quyidagilarda
belgilanadi: ushbu muammoning pedagogik yechimi tarbiya nazariyasida bugungi kunga qadar o‘z ifodasini to‘la
topmagani; neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarning hushyorlik va ogohlik
fazilatlarini rivojlantirish masalasi va ularning tarkibiga kiruvchi muhim komponentlarni, mexanizmlarini, tamoyillarini
shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari yaxlit bir butun holatda yaratilmagani hisobga olinsa, ushbu
tadqiqot
samaradorligini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois tadqiqot ishida o‘quv jarayonida neyrolingvistik
dasturlashtirish texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlashga yordam beradigan pedagogik shart-
sharoitlarni yaratish muammosini tadqiq etish, shuningdek, ilmiy-pedagogik asoslarini yaratishga e’tibor qaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ta’limning rivojlanishi bevosita mamlakatning barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, axloqiy, maishiy, texnologik va axborot kabi sohalarning o‘zaro bog‘liqligi va mavjudligi asosida
shakllanadi. Bunda pedagogik ta’lim tizimining tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molikdir. Chunki uning
asosiy vazifasi
o‘quvchi-yoshlarning intelektual bilim darajasi va tarbiyasi, shuningdek, dunyoqarashini shakllantirish hamda
hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan. Mazkur masala neyrolingvistik dasturlash
texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish ilmiy nuqtayi nazardan
ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: