BOSHLANG`ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNI
MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISH
MAMAYUSUPOVA S.M., JDPI.
Maktab davrida bolalarning ham jisman, ham ruhan shiddat bilan rivojlanishi psixologiya ilmida isbotlangan.
Shuningdek, maktab davrining turli bosqichlarida maktab o’quvchilari turlicha ruhiy, jismoniy, intellektual
xususiyatlarga ega bo’lishadi.
Insonning o’z fikri bo’lgandagina biror voqea-hodisaga munosabat bildiradi. Fikr
aytish-o’zlikning ishi. Bolada o’zlikni shakllantirish,uning o’z so’zi va mustaqil fikri bo’lishiga erishish o’qituvchining
asosiy vazifasi hisoblanadi. O’quvchini erkin fikrlash, aniq maqsad asosida oldiga quyilgan vazifalarni bajarish uchun
mantiqiy mulohaza yuritish, o’quv muammosini mustaqil hal etishday faoliyatga o’rgatish oson ish emas.
Boshlang`ich sinflarda o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish yuqori sinfdagidan anchagina farq qiladi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning hayotiy tajribasi kam va u xulosa chiqarishni bilmaydi. Shu bois u ko’proq taqlid
qiladi. Demakki, boshlang`ich sinfning o’qish darslarida uyushtiriladigan mustaqil ishlar hamda muammoli vaziyatlar
asosida ta’lim berish xulosa chiqarishga emas, fikr aytishga, munosabat bildirishga undaydigan bo’lishi maqsadga
muvofiqdir. Bola muammoga duch kelgandagina mustaqil fikrlay boshlaydi. Buning uchun unda asta-sekinlik bilan
taqqoslash, tahlil qilish, umulashtirish, aniqlik kiritish, tizimga sola bilish kabi ko’nikmalar shakllantirib borilishi kerak.
Bu o’rinda boshlang`ich sinf o’qituvchisi muammoni to’g`ri qo’yib o’quvchini qiziqtira olishi, uning tuyg`ularini
qo’zg`ata bilishi lozim. Bundan tashqari, mashg`ulot jarayonida bola faoliyati qanchalik erkin bo’lsa, uning fikr
hurligiga dahl qilinmasa, uning aqliy faolligi ortishi ham hisobga olinishi zarur.
O’quvchi kitob bilan mustaqil ishlash asosida uqib o’qishga, bayon etilgan fikrlarni ilg`ay olishga, inson va
uning tuyg`ular olamini kuzatishga o’rgana boradi. Aytilgan fikrlar asosli ekanini 3-sinf “O’qish kitobi”da o’rganilishi
ko’zda tutilgan “Ona mehri” ertagi asosida mustaqil fikrlashni sinab ko’raylik.
Avvalo o’qituvchi ertakning nisbatan shiraliroq, qahramon fazilatlari yaqqolroq ifodalangan matnini o’qib
beradi. Gap shundaki, 3-sinf o’quvchisi to’qqiz yoshli bola. U o’zidagi tuyg`ularini farqlay biladi. Biror voqea-
hodisaga, hatto insonga munosabat ham bildira oladi. O’z fikrini o’zining darajasida asoslay biladi ham. Faqat uni
gapirtira va tinglay bilish kerak.
O’qituvchi badiiy matnni o’qishdan oldin yalmog`iz kampir haqida bolalarning bilganlarini so’rab olishi maqsadga
muvofiq bo’ladi. Ular orasidan kimdir, albatta, biron fikr aytadi. Aksi bo’lsa, o’qituvchi o’zi tushuntiradi. Ertak haqida
qisqacha ma’lumot beradi. Shundan so’ng asarni o’qishga kirishadi. Matnni o’qishdan oldin har bir timsolga xos ovozni
tanlab olish kerak. Masalan, Onaning ovozini siniqroq, yalmog`iz ovozini dag`alroq, qo’polroq ohangda bera bilish
asarning ta’sir kuchini oshiradi. Matn ifodali o’qib bo’lingach, bolalarni ozgina o’z ixtiyorlariga qo’ygan ma’qul.Toki,
ular o’z tuyg`ulari bilan holi qolib, ular haqida o’ylab ko’rsinlar.
Bolalar bezovta bo’la boshlagach, o’qituvchi asar matni haqida bolalarni o’ylantiradigan, fikr aytishga,
mulohaza yuritishga chorlaydigan, bilishga ishtiyoqini qo’zg`aydigan savollar berishi kerak. Toki, bolalar matnga
qayta-qayta murojaat qilsinlar, asar qahramoni hissiyotini tuysinlar, uning timsolida chin insonni ko’ra bilsinlar,
fazilatlarini tahlil qilsinlar. Asar qahramoni faoliyatini ko’ngillaridan o’tkazsinlar. “ Aytingchi, ertak sizda qanday
taassurot qoldirdi? U nima haqida yozilgan? Nima deb o’ylaysiz, yalmog`iz nima uchun yengiladi? Bu haqida fikr
yuriting. Bu savollarning barchasiga hamma bolalarning javob berishi shart emas. Agar o’qituvchi bolalarda avallari
shunday ishlab yurgan va ularda ko’nikma hosil qilingan bo’lsa, o’quvchilarning ko’pchiligi javob berishi aniq. Aksi
bo’lgan taqdirda ham bundan cho’chimaslik va ularni shunday suhbatlarga tayyorlab borish kerak bo’ladi. Shu tariqa
ular kichikligidan jiddiy tahlillarga, mazmunli suhbatga o’rganib boradi. Bu, o’z navbatida, ularni o’qiganlarini
tushunish, tushunganlari haqida o’ylash, ularga munosabat bildirishga o’rgatadi. O’qituvchi- bolalarda shunday
sifatlarni shakllantirishga mas’ul shaxs. Mazkur ertak darslikda o’quvchilarga onaga mehr-muhabbat ko’rsatish va
e’zozlash, ehtirom ko’rsatish maqsadida kiritilgani aniq, albatta. Insonda shunday tuyg`u mavjud.O’quvchilarga xos
bo’lgan mana shu tabiiy tuyg`uni yuzaga chiqarish va buni anglatish maqsadida ertak matni yuzasidan o’quvchilar
oldiga quyilgan savol-topshiriqlarning bir qismi beriladi.
Navbatdagi savolni o’rtaga tashlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarini onaning fidoiyligi mohiyatini
chuqurroq anglashga yo’naltirish maqsadida betob bo’lib qolganlarida ularga ukol qilishganda yoki bexosdan biror
joylarini kesib olganda yoxud kutilmaganda biror jarohat olganda tuyilgan og`riqni eslashga undaydi. Eng birinchi
onamiz biz uchun jon kuydirishi haqidagi fikrlar eshitiladi.
Badiiy matn ustida ishlash shu kabi tahlillar bilan uning
mohiyatiga kirish, asarning mantiqiy va badiiy-estetik mazmunini anglash hamda muhokama qilish, asosiy yoki
ikkinchi darajali fikrlar eshitiladi. Adabiy qahramonlarning timsollari orqali o’quvchi inson va uning hayoti mohiyatini
anglash bilan birga o’zini o’zi tarbiyalaydi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |