Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


QO’RQUV VA FOBIYALARNING KICHIK MAKTAB YOSHIDA



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
QO’RQUV VA FOBIYALARNING KICHIK MAKTAB YOSHIDA
AKS ETISH XUSUSIYATLARI
 
MADATOV I.Y., SamDU. 
 
Biz hoxlaymizmi yo’qmi hayotimiz davomida ko’pgina noxushliklar, dilxiraliklar, ayanchli va qo’rqinchli 
voqea-hodisalarga duch kelamiz va ularda ishtirok etamiz. Hech o’ylab ko’rganmisiz, biz nima uchun qo’rqamiz?, 
Qo’rquv qanday hodisa va bu bizning doimiy holatimizga qanday ta’sir qiladi. Bu haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. 
Insonlar ko’pincha qo’rquv holatini xavf- xatar vaqtida, ba’zan biror bir shaxs oldida, muhim ish va muhim 
uchrashuvlardan oldin, nizoli vaziyatlarda, o’qish va ishda muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda, jamoa oldida so’zga 
chiqqanda, kutilmaganda sodir bo’ladigan cho’chituvchi vaziyatlarni boshdan kechiradilar. Ko’pincha psixologik 
adabiyotlarda qo’rquv muammosi taniqli olimlar tomonidan keng doirada tahlil qilinib, bu borada ilmiy-nazariy ta’riflar 
ishlab chiqilgan. [E.G’oziyev Umumiy Psixologiya-psixologiya mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma I, 134 bQo’rquv 
– sub’ekt o’zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga tahdid solayotgan yoki tahdid 
solishi mumkin bo’lgan xavf - xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo’ladigan salbiy hissiy holatdir. Kishi qo’rquv 
hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini faqat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (ko’pincha 
yetarlicha ishonarli bo’lmagan) taxminga binoan harakat qiladi. Qo’rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham 
bo’lishi yoki ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda yoki affektiv holatga tushgan tarzda kechishi 
mumkin. Qo’rquv – odamning o’ziga yoki yaqin kishilariga ta’lluqli bo’lgan haqiqiy yoki xayoliy xavf-xatarga nisbatan 
qaytaradigan emostional reakstiyasidir. Qo’rquv yuzning oqarishi, badanning titrashi va boshqa bir qancha ixtiyorsiz 
tovushlar, harakatlar bilan ifodalanadi. Qo’rquv xavf-xatardan qochish yoki harakatsiz turib qolish holatda ham 
namoyon bo’lishi mumkin. Qo’rquv holat shaxsda psixik jarayonlarning normal kechishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu 
jarayonda sezuvchanlikning o’ta oshib ketishi yoki pasayishi vaziyatning mohiyatini tushunmaslik, idrok etishning 
yomonlashuvi kabi holatlarni kuzatish mumkin. Qo’rquv tafakkur jarayoniga ham ta’sir ko’rsatib, ba’zi insonlarda 
fikrlashning ravonlashuvi va vaziyatdan tezroq chiqib ketishga intilish bilan namoyon bo’lsa, boshqalarda, aksincha, 
taffakur mahsuldorligining pasayishi, nutq va harakatlarda mantiqsizlik aks etadi. Bu psixofiziologik holat endokrin 
tizimining faollashib, adrenalin garmoning qancha ko’p miqdorda o’tishi bilan xarakterlanadi. Juda ko’p holatda 
irodaviy soha zaiflashib, inson biror qaror qabul qilishga, vaziyatni nazorat qilishga o’zida kuch topa olmay qoladi. 
Qo’rquv vaqtida ko’pincha nutq buzilib, tovushda titroq paydo bo’ladi. Qo’rquv va xavotirlik diqqat jarayoniga ham 
katta ta’sir ko’rsatadi. Odatda, diqqat juda tarqoqlashib, inson o’z diqqat e’tiborini bir erga to’play olmay qoladi va 
ba’zan, aksincha diqqatining barqarorligi oshib, aynan bir ob’ektga tomon yo’naltirilganligini ham ko’rish 
mumkin.[E.G’oziyev Umumiy Psixologiya-Psixologiya mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma II, 135 b] P. P. Blonskiy 
185 


diqqat bilan qo’rquv, vahimani bir narsa deb qaradi. qo’rquv-bu diqqatning intensivroq namoyon bo’lishi, ya'ni 
maksimal darajada aks etishi deb tushuntiradi. Nemis olimi A.Kempinski qo’rquvni keltirib chiqaruvchi holatlarni 4 
guruhga ajratadi: hayot uchun bevosita xavfli ta’sir ko’rsatuvchi omillar; ijtimoiy tahdidlar; faollikni shaxsan tanlash 
imkoniyatining mavjud emasligi hamda ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlardagi buzilishlar. Kelib chiqish 
sabablariga ko’ra qo’rquvni biologik, ijtimoiy, ruhiy va dezintegrastion turlarga bo’lish mumkin. Qo’rquv xavf-xatardan 
himoyalanishga va undan qochish yo’llarini izlashga undovchi normal emostional holat hisoblanadi. Hech qachon 
qo’rquvni his qilmaslik mumkin emas, holbuki qo’rquv va xavotirlikning yo’qligi ham psixik buzilish belgisidir. Ammo 
ba’zi insonlarda ma’lum bir vaziyat va holatga nisbatan noadekvat reakstiyalar bilan ifodalanuvchi yopishqoq 
qo’rquvlar va fobiyalar ham uchrab turadi. Fobiyaga duchor bo’lgan inson qo’rquvning asossiz ekanligini tushunib 
etadi, ammo qo’rquvdan xalos bo’la olmaydi. Yopishqoq qo’rquvlarning paydo bo’lish ehtimoli har bir insonda mavjud. 
Shuning uchun ham fobiyalar yetarlicha keng tarqalgan.
Fobiya - biror vaziyat, hodisa predmetga nisbatan vujudga keladigan birmuncha turg’un va asossiz qo’rquvdir. 
Fobiya bilan aziyat chekuvchilar qo’rquvlariga sabab bo’luvchi predmet yoki vaziyat haqida hatto o’ylaganlarida ham 
ularni vahima qamrab oladi. Fobiya insonlarning normal hayot kechirishlariga to’sqinlik qilib, shaxsiy, ijtimoiy va 
kasbiy faoliyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Fobiya qo’rquvdan kuchli va turg’un holda namoyon bo’lishi, 
qo’rquv uyg’otuvchi ob’ektdan qochish istagining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzi 
aholisining 10- 11% turli xil fobiyalardan aziyat chekadi. Bu holat insonda kutilmaganda va anglanmagan sababga 
ko’ra paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, bolalarda qo’rquv va fobiyalar ularning jamiyatga, o’rab turgan olamga 
moslashish jarayonlarida ko’proq uchraydi. Ko’rsatilishicha, fobiyalar fantaziyasi yaxshi rivojlangan, xavotirlanuvchan 
xarakterga ega bo’lgan, o’ziga ishonmaydigan, o’ziga past baho beradigan, muloqotga kirishish malakalari yaxshi 
shakllanmagan insonlarda ko’proq kuzatilar ekan. Bu jarayonga irsiyat hamda tarbiya ham katta ta’sir ko’rsatadi. 
Fobiya erkaklarga qaraganda ayollarda ko’proq uchraydi. Bu holat ayollarning hissiyotga beriluvchanliklari va 
ko’pincha agressiyaning ob’ektiga aylanib qolishlari bilan bog’liqdir. Fobiyaning juda ham ko’p turlari mavjud: 
odamlar biror hayvondan, hashoratdan, balandlikdan, yolg’iz qolishdan, kasalikka chalinishdan, ochiq yoki berk 
bo’shliqdan qo’rqadilar. Hatto insonlarda fobofobiya, ya’ni biror fobiyaga duchor bo’lishdan qo’rqish kabi turi ham 
uchraydi. Odamlarning doimo qo’rquv hissini qo’zg’atuvchi vaziyatdan qochishlari fobiyaning belgisidir. Fobiyalar 
vaqtida inson qo’rquv ob’ektiga nisbatan vegetativ nerv sistemasidagi qo’zg’alishlar natijasida 2 xil usulda javob 
reaksiyasini ko’rsatishi mumkin. 1 – holatda, simpatik nerv sistemasi qo’zg’alib, yurak urishining tezlashuvi, qon 
bosimining ko’tarilishi, terining qizarishi kabi belgilar kuzatilsa, 2 – holatda esa parasimpatik nerv sistemasining 
qo’zg’alishi natijasida yurak urishining sekinlashuvi, qon bosimining pasayishi, teri rangining oqarishi, sovuq ter 
chiqishi kabi holatlar namoyon bo’ladi.
Xulosa shuki, qo’rquv yosh davrlariga ko’ra, o’zgarib boruvchi tabiiy holat bo’lib, hech narsadan qo’rqmaslik 
ham nosog’lik hisoblanadi. Masalan, go’dalik davrida begonalardan va baland – pastlikdan qo’rqish, bolalikda shifokor 
va igna sanchishdan qo’rqish, o’quvchilar va talabalarning imtixondan o’ta olmaslikdan yoki katta odamlarning o’zi va 
yaqinlariga bo;lagan yuqorida ko’rsatib o’tilgan tahdidlardan (ijtimoiy, jismoniy v.h) qo’rqish faollik va nuqtai nazarni 
hosil qiladi. Shaxsning kompromiss yo’llarni topishiga olib keladi. O’ta qo’rqoqlik kuchli aybdorlik, tan olinmaslik kabi 
sabablardan yuzaga keladi. Qo’rquv holatining normal darajada bo’lishi sog’lom ruhiy muhit va shaxsga ijtimoiy 
munosabatga bog’liq. Fobiyalar sababi esa ongsiz komplekslarimiz asosida yuzaga keladi. Notinch oilada o’sgan bola 
bir necha bor onasining “ketish” yoki “o’lish” haqidagi gapini eshitgan bo’lsa, “siqib chiqarish” psixologik himoya 
vositasi ishga tushib, onadan ajralish haqidagi qo’rquv o’rgimchak yoki boshqa obektga “ko’chiriladi”. Bo’lib o’tgan 
tarixiy voqealar, shaxsning oilaviy biografiyasida yuz bergan hodisalar ongsiz komplekslar – fobiyalarni hosil qilishi 
mumkin. Urushni boshdan kechirgan aholi och qolishdan qo’rqishi, ochlikga mukkasidan ketishi, ota yoki ona hiyonati 
haqida eshitgan bola mustaqil hayot qurganda o’ta rashkchi bo’lishi ruhiy komplekslardir. 
Qo’rquv - normal holat bo’lsa, fobiya – patologik kompleks hisoblanib, uni psixoteropevtik suxbat, anglash 
(tahlil), ijodga yo’naltirish bilan davolash mumkin. Ijodda shaxs ruhiy kechinmalari, qo’rquv sublimatsiyalanib, katarsis 
(tozalanish) yuz beradi. Vaqtida davolanmagan fobiyalar shaxsni nevrozga, ichkilikga yoki psixomatik kasallikga 
(oshqazon yarasi va v.h.k) olib kelishi mumkin. Ruhan kuchli insonlar esa o’z fobiyalaridan ham ijod, mehnat, rahbarlik 
yoki boshqa sohada foydalanishlari mumkin. Inson noyob mavjudot bo’lib, shu sababli qo’rquvni yo’qotish, fobiyani 
esa davolash shart va majbur deb ayta olmaymiz. Bu shaxsning o’z aqliga, ota – ona fahmiga, jamiyat pozitsiyasiga 
havola etiladi. Inson ruhi shu darajada sirli va kutilmagan narsaki, unga faqat yakka, alohida, maxsus yondashuv talab 
etiladi.

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish