xotira’’ pand beradi. O’quv materiali bilan ishlash usullarining shakllanishi ,,yaxshi xotira’’ni
yanada samaraliroq
tarbiyalash yo’li sifatida namoyon bo’adi.Xotira intellektual rivojlanishning bir ko‘rsatkichi sifatida qaraladi, qachonki
bola eshitib, yaxshi eslab qolsa, "eshitish", yoki qachonki bola
ко'rib yaxshi eslab qolsa, "ko‘rish" va qachonki bola
eshitgan va ko‘rganlarining asosiy mazmunini aytib bersa, "mazmunini eslab qolish" kabi turlarga bo‘linadi.
"Ko‘rib, eslab qolish" xotirasini rivojlanishi uchun mashq qildirish befoyda, chunki u har kim-ga tabiatan berilgan.
"Mazmunini eslab qolish" xotirasini yaxshilash uchun esa albatta, mashq qildirish kerak.
Bolaning maktabda ta'lim olish samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqi qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq
bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan oqilona foydalanish
lozim. Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, ya'ni
nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil
fikrlashi, til rivojlanganligi, yutuqlaridan erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini
izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosida quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi
uchun
amaliy intellekt rivoji, ya'ni uning namunani oson va erkin takrorlay olishi; naqsh chizish, aytib turiladigan
(grafik diktant) bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi.Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, bolaga o‘qishni,
buning ustiga tez o‘qishni va yozishni o‘rgatish unchalik muhim emas. Asosiysi, bolaning lug`at boyligini oshirish,
undan ongli va faol foydalana olishini, tovushni tiniq eshitishini, aniq talaffuz qilishini, ularni so‘zlardan ajrata bilishni
ta'min etish va "uchinchi ming yillikning bolasi" dasturiga kiritilgan savodxonlik bo‘-yicha oddiy bilimlarni, matematik
tasavvurlarni egallashga erishishdir. Agar bolada qo‘l mushak-chalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lsa, u maktabda 1-
sinf ta'limi jarayonida 2-3 oy davomida o‘qish va yozish texnikasini qiyinchiliksiz egallab oladi. Maxsus
tayyorgarlikning asosiy ko‘rsat-
kichlari, bu − faoliyatning tushunib
yetilishi va erkinligi, ijodiy tasavvurning
rivojlanganligi hisoblanadi.
Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatning rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab yaratuvchi
obrazlar real obyektga yaqin tavsiflanadi. Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi bosqich boshlanadi.
Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezilarli tarzda oshadi. Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab
yoshida barcha mashg’ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o’quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va
qurilishi shart-sharoitini ko’rsatishga harakat qilish – ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim
psixologik asosdir. Fikirlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari fikrlashining rivojlanishida ikki
asosiy bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqichda ko’rgazmali – harakatlilik
ustunlik qiladi, uni yana amaliy – harakatlilik
yoki hissiylik deb ham ataladi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari
ta’siri osrida ro’y beradi. Fikirlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf ) o’quvchilar tomonidan tushunchalarning
alohida xususiyatlari orasidagi o’zaro munosabatni bilib olish, ya’ni tasniflashga (masalan, ,,stol’’ – ot so’z turkumi)
bog’liq. Bolalar o’qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o’zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstract, mavhum va
nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keying bosqichi bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: