2.2. Potensial. Potensiallar farqi
Musbat ishorali zaryad “ Q “atrofida Elektr maydon hosil bo„ladi, shu maydon nuqtasiga yana “ q “ bir musbat zaryad kiritamiz.
Bu ikki (Q va q) zaryad bir hil nomlangan zaryadga ega, ya'ni ikkalasi ham
musbat zaryadlanagan. Demak bu ikki zaryad bir birini itarish “F” Kuchiga ega bo„ladi. Shu kuch zaryadlarni bir biridan itarishi oqibatida biron “A” ish bajariladi.
Demak biron bir zaryadni elektr maydoniga olib kirish uchun “A” ish bajarilish hisobiga biron energiya sarf qilinadi. Elektr maydonining har bir nuqtasi elektr potensiali bilan xarakterlanadi, yoki POTENSIAL deb yuritiladi.
-
Ushbu formula zaryadlangan zaryadni biron bir nuqtaga ko„chirish uchun, bajarilgan “A” ish hisobiga, biron bir energiya sarf qilinishini ko„rsatadi. Potensialning o„lchov birligi (VOLT, qisqacha (V). ENERGIYA ish kabi ingliz fiziki DJEYMS DJOUL (1818 – 1889) sharafiga DJOUL (Dj) o„lchov birligi bilan o„lchanadi. Bir metr yo„l uzunligida bir NYUTON kuch bajargan ish bir DJOUL deyiladi, ya'ni
[Dj] =N*m=kg* m* m/s2=kg* m2/s2
Do'stlaringiz bilan baham: |