5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 24.01.2018
Mavzu: Mirtemir hayoti va ijodi. “Bulut”she’ri
Darsning maqsadi:
- Mirtemir hayoti va ijodi hamda she’rlari matnini o’rganish;
- o`quvchilarni tabiatni sevish,asrash ruhida tarbiyalash;
- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: darslik,Mirtemir suratlari
Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi,o’quvchilar tayyorlagan test va boshqotirmalar ustida ishlanadi
1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.
2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?
3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?
4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?
5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?
6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Mirtemir Tursunov 1910-yilda Qoratog’ etaklarida –Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ilgan.Avval bobosi qo’lida, keyin esa maktabda tehsil olgan. So’ng Toshkentga kelib, “Almaiy” nomidagi ish-maktabda tarbiya ko’radi. Samarqanddagi O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o’qiydi. O’qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi,nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.
Shoir birinchi she’ri “Tanburim ovozi” 1926-yili,16 yoshida e’lon qilindi. 1928-yili uning “Shu’lalar qo’ynida” nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.
30-yillarda u juda ko’p vaqtini tarjimalarga bag’ishlaydi. A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, N.A.Nekrasov, T.G.Shevchenko asarlarini,shu bilan birga “Manas’qig’iz xalq eposini, “Qirq qiz”qoraqalpoq xalq dostonini o’zbekchaga o’girgan.
Shoir umri davomida o’nlab she’r va dostonlarini chop ettirdi: “Och”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla ,hayot!”, “Izlaganim”, “Tog’day tayanchim”, “Yodgorlik”
Mirtemir 1978-yil 24-yanvarda 68 yoshida vafot etadi.
Mustaqillik yillarida Mirtemirning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari taqdirlanib, “Buyuk xizmatlari uchun”ordeni berildi.
So’ngra “Bulut”she’ri ifodali o’qiladi.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
1.Mertemir qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Shoir qayerlarda tahsil olgan?
3.Shoirning ilk she’ri va she’riy to’plami qachon,qanday nom bilan nashr qilingan?
4.Mirtemir kimlarning asarlarini tarjima qilgan?
5.Shoirning yana qanday she’r va dostonlari chop etilgan?
6.Mirtemirga qanday orden berilgan?
7. “Bulut” she’ri qanday taassurot qoldirdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |