T/r
|
Dаrs bоsqichlаri
|
Daqiqa
|
1
|
Tаshkiliy ishlаr
|
5
|
2
|
O’tilgan mavzu va uy vаzifаsi tаhlili
|
10
|
3
|
Yangi mаvzu bilаn ishlаsh
|
15
|
4
|
Mustahkamlash
|
10
|
5
|
Baholash
|
3
|
4
|
Uygа tоpshiriq
|
2
|
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi,o’quvchilar tayyorlagan test va boshqotirmalar ustida ishlanadi
1.Mertemir qachon va qayerda tug’ilgan?
2.Shoir qayerlarda tahsil olgan?
3.Shoirning ilk she’ri va she’riy to’plami qachon,qanday nom bilan nashr qilingan?
4.Mirtemir kimlarning asarlarini tarjima qilgan?
5.Shoirning yana qanday she’r va dostonlari chop etilgan?
6.Mirtemirga qanday orden berilgan?
7. “Bulut” she’ri qanday taassurot qoldirdi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Shoir birinchi she’ri “Tanburim ovozi” 1926-yili,16 yoshida e’lon qilindi. 1928-yili uning “Shu’lalar qo’ynida” nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.
Shoir umri davomida o’nlab she’r va dostonlarini chop ettirdi: “Och”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla ,hayot!”, “Izlaganim”, “Tog’day tayanchim”, “Yodgorlik”
Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik xotiralari bilan bog’liq she’rlar salmoqli o’rin egallaydi.Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asrning 50-60-yillarida yozgan “Bulut” va “Shudring”nomli she’rlarida yaqqol seziladi.
Mirtemirning “Shudring” she’ridan ham xuddi shunday zavq tuyadi kitobxon. E’tiborli tomoni shundaki,sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shudring so’zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o’xshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatning shudring deb nomlangan yana bir bag’oyat nozik va go’zal hodisasini aks ettiradi.
So’ngra shoir she’rlari ifodali o’qilqdi.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
1. “Shudring” she’rida shoir tabiat hodisasini nimalarag o’xshatadi va uni qanday badiiy izohlaydi?
2. “Baliq ovi” she’rida shoir tug’ilib o’sgan yurt tasviri haqida so’zlang.
3. “Mehmondo’stlik –milliy qadriyat” mavzusida suhbatlashing.
4. Mirtemir she’rlarida bolalik xotiralarining o’rnini qanday izohlaysiz?
5. Nima uchun shoir qishlog’ini “Qo’li qadoqlim” deb aytadi?
6. Mirtemir she’riyatining ahamiyati haqida mulohaza yuriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |