4-mavzu. Jaxon dinlari: buddizm va xristianlik Reja



Download 69,05 Kb.
bet8/13
Sana31.12.2021
Hajmi69,05 Kb.
#211571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maruza dinshunoslik 4 мавзу 32b3b246a5682951519763c86753a530

2.Buddizmning yoyilishi: Buddizmning yoyilishida Sangxa – Buddizm jamoalarining roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan 9 ta oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddizmga da’vat qilib ularga Budda ta’limotning o‘rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg‘irlari tinmay quygan 3 oydagina o‘z ibodatxonalarida muqim bo‘lib, ibodat bilan shug‘ullanganlar.

Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davri Buddizmning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Ashoka o‘zining ilk hukmronlik paytidanoq, Buddizmga e’tiqod qila boshladi. U Buddizmga, monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlariga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biror bir erlik aholi yoki ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar, ular xech qanday qarshi harakat qilmay, o‘z yo‘llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik sezsalar, o‘sha erga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq da’vat qilishgan.

Buddizm jamoalari har qanday boshqa din, madaniyat yoki urf-odatlar qamrovida va aralashuvida bir necha yuz yillab o‘zlarini saqlab qolish, hamda fursat kelganda ularga o‘z ta’sirlarini o‘tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularni bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlar davrida, shri Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va YAponiya konfutsiylari davrida, Janubiy-SHarqiy Osiyoga Buddizmning yoyilishida yaqqol namoyon bo‘lgan.

Buddizm dinini jahon dinlariga aylanishining eng asosiy sabablaridan biri bu din boshqa dinlar bilan o‘zaro qorishuvda dinlardan xech narsani istisno qilmaganligi bo‘lsa, yana bir sababi bu din vakillari o‘z dinlarini tarqatishda tinch yo‘lni tutganliklari bo‘ldi.

SHunday qilib Buddizm eramizdan avvalgi birinchi ming yillik oxirlarida SHri Lankaga va Markaziy Osiyo, hamda Old Osiyoni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologiya qazish ishlari asnosida Qoratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan SHakyamuni sanamlari, hayvon xaykalchalari, ramziy g‘ildiraklar va boshqa qazilmalarning guvohlik berishicha, Kushon imperiyasida Buddizmga katta ahamiyat berilgan.



Buddizm eramizning I asrida Xitoyga, IV asrida Koreyaga, VI asrda YAponiyaga, VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX-XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan.

Buddizm o‘z ta’limotida hech qachon boshqa xudolarga sig‘inishni ta’qiqlamagan. Balki, ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berishi mumkin. Biroq, Nirvana holatiga olib bormaydi, deb aytgan. SHu sababli Buddizm ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan xudolari yoki ulug‘lagan shaxslari timsoli ibodatxonalarni egallagan.

Masalan, Hindistonning Buddizga mansub xudolari “Dunyoni yaratuvchi – Braxma”, “CHaqmoq va momoqaldiroq xudosi – Indra”, “Hunarmandchilik ishlari xudosi – Xatimanu”, Tibetda: “Tibet eposi qahramoni – Baser” timsoli, Mongoliyada CHingizxon kabi milliy pantion Buddizm ilohlari timsoliga aylandi. Biroq, bu pantionlar Nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda Nirvanaga olib boradi va insonlarni qiynoqlardan qutqaradi, deyiladi.

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida Buddizm muayyan o‘rin egallagan. U Zardushtiylik dini ta’sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bo‘lgan Buddizm miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan; keyinchalik Janubiy-SHarqiy va Markaziy Osiyo xamda Uzoq SHarq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ro‘y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar–urug‘-qabilachilik aloqalari va tartiblarining emirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. III-asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka)ning faol ko‘llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bo‘lgan budda tashkiloti (Monaxlik jamoasiSingxa) va diniy aqidachilik shakllangan.

Buddizmning Markaziy Osiyo va SHarqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu erlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya podshoxligining o‘rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to‘g‘ri keladi.

Kushon imperiyasi o‘zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg‘oniston, Pokiston, SHimoliy Hindiston, ehtimol Uyg‘uristonni ham o‘z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida Buddizm Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Uzoq SHarqqa tarqalgan.

Keyingi o‘n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirgan holda taxmin kilish mumkinki, islomgacha bo‘lgan davrda Buddizm Markaziy Osiyo g‘oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddizm faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag‘al deqqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddizmni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqlari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar qurganlar.

Buddaviylik bilan bog‘liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o‘rin egallaydi. Buddizm bilan bog‘liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham SHimoliy Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikistonda va Qozog‘iston janubida ma’lumdir. Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g‘or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bo‘lib, unga qumtoshli g‘or binolar o‘yib solingan; er ustida binolar barpo etilgan; bularning hammasi bir butun uyg‘un bo‘lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil kilib, Kushon podshoxligida Buddizmning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg‘a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni o‘rganishlar qoratepaning milodning I asr oxiri va II asrning boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar O‘rta Osiyoga kirib kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.




Download 69,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish