4-mavzu. Jaxon dinlari: buddizm va xristianlik Reja


Buddizmda hamma narsa bilib bo‘lmaydigan ruh – Nirvanaga asoslanadi



Download 69,05 Kb.
bet7/13
Sana31.12.2021
Hajmi69,05 Kb.
#211571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
maruza dinshunoslik 4 мавзу 32b3b246a5682951519763c86753a530

Buddizmda hamma narsa bilib bo‘lmaydigan ruh – Nirvanaga asoslanadi, dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo‘lmaydigan ruhning namoyon bo‘lishida, deb noto‘g‘ri ta’lim bergan. Bu bilan u sub’ektiv idealizm botqog‘iga botgan. Buddizmdagi ruh – nirvaning ta’limoti “Muqaddas haqiqat” deb atalgan. Unga ko‘ra, ijtimoiy hayot va shaxsiy turmush azob-uqubatlarining sababi – kishilarning istaklari va nafslarida. Azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. Buddizm azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtirgan, borliqning barcha shakllarini, uning mazmunini, har qanday turmush tarzini azob-uqubat deb noto‘g‘ri hisoblagan. SHuning uchun Buddizm Nirvanani borliqning intihosi, deb asossiz tushungan. Buddizm ta’limoticha, jonli mavjudotlarning o‘lishi uni tashkil etgan dxarma (element, zarracha)larning ajralib ketish jarayonidir. Bularning yangidan birikishi ilgari qilingan "savob va gunoh"lar bilan bog‘liq deyiladi. Dxarma nirvana darajasiga etgandagana kayta tug‘ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos etilar ekan.

Buddizm ta’limotiga ko‘ra, azob-uqubatlardan xalos bo‘lishning eng maqbul yo‘li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa)ga o‘tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda Buddizmda barvaqt vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda Buddizm mahzablaridan bo‘lmish hinayana tarqalgan mamlakatlar xalklarining ijtimoiy hayotida g‘oyat salbiy rol o‘ynamoqda. Rohiblar Buddizmga e’tiqod qiluvchilar orasida noo‘rin tarzda juda katta obro‘ va hurmatga sazovar bo‘lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.

Buddizm ta’limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bo‘lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud. Bu olam ruxning makonidir. Buddizmning ta’lim berishicha, mutlaq ilohiy kuch – ruhni mutlaqo bilib bo‘lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlaq, osoyishta holatda yashaydi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko‘ra, ruhiy mavjudotlar bilan to‘la jannat – bodisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh o‘z gunohidan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bo‘shliq va osoyishtalik olamiga ko‘tarilmagan avliyolar yashar ekan. Buddalar kishilarga budda ta’limotini o‘rganish, yaxshi yo‘ldan boshlab borish uchun erga yuborilar ekan. Uchinchi olam, eng quyi olam bo‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashar ekan. Bu olamdagi ruh, qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bo‘lish hamda yuqori olamga ko‘tarilishiga harakat qiladi; ruhning yuqori olamga ko‘tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog‘liq; agar odam Buddizm ta’limotiga e’tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug‘ilishlardan so‘ng jannatga va undan nirvanaga ko‘tarilar ekan. YOmonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yura berar, yuqori olamga hech ko‘tarila olmas ekan. Agar insonning din talimotiga zid ishlari ko‘payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan keyin do‘zaxga tushar va unda abadiy azoblanar ekan.

Buddizmda qayta tug‘ilish deganda yangidan paydo bo‘lish tushunilmaydi, balki ilgari o‘lgan odamlarning jismidan tarqalgan dxarmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga o‘tishi tushuniladi. SHuning uchun Buddizm inson o‘z qilmishlari uchungina javobgar bo‘lib qolmaydi, balki kelajak avlod uchun ham javobgar deb hisoblangan. Agar odam yaxshi bo‘lsa, budda ta’limotiga to‘liq rioya qilsa, boy va e’tiborli bo‘lsa, uning dxarmalari asosida qayta tug‘ilgan odam xam boy va badavlat, sofdil bo‘ladi. Aksincha, odam yomon bo‘lsa, kambag‘al, qashshoq, bo‘lsa, budda ta’limotiga rioya qilmasa, uning dxarmalaridan paydo bo‘lgan odam ham kambag‘al, qashshoq bo‘lar ekan. Buning sababi avvalgi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir, deb hisoblangan. Buddizm o‘zining bu ta’limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni tub mohiyatini yashirishga harakat qiladi. Boshqa dinlar kabi Buddizm ham hayotda passiv bo‘lishni, taqdirga tan berishni targ‘ib qiladi, zohidlikni yoqlab, ekspluatatsiyani oqlaydi.

Xinayana ta’kidlashicha, Dxarmalar tabiatini o‘rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va xayot zanjiridagi barcha uni o‘rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barchaga mumkin. SHu sababli “katta g‘ildirak” deb nomlanadi.


Download 69,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish