4-mavzu. Jaxon dinlari: buddizm va xristianlik Reja


Bu o‘tirishning 49 kuni uni qalbidan “Sen haqiqatni topding”, degan sado keladi



Download 69,05 Kb.
bet4/13
Sana31.12.2021
Hajmi69,05 Kb.
#211571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
maruza dinshunoslik 4 мавзу 32b3b246a5682951519763c86753a530

Bu o‘tirishning 49 kuni uni qalbidan “Sen haqiqatni topding”, degan sado keladi. SHu vaqtda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. Hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Nihoyat, 36 yoshida “haqiqiy bilim”ni topganligini e’lon qilgan. SHundan so‘ng u Budda deb nom olgan (“Budda” so‘zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma’noni anglatadi). U tagida o‘tirgan daraxt esa, nurlangan daraxt deb atala boshlandi. SHu tariqa unda ulug‘vor hakiqat siri ochilgan, ular Buddizm ta’limotiga asos qilib olingan.

Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldi.

SHu kundan boshlab Budda o‘zining shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z ta’limotini tarqatib o‘ziga yangi izdoshlar orttirdi. Budda 40 yil davomida o‘z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazdi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra, u erda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.

Buddaning hayoti haqida ham turli afsonalar to‘qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida er yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan. Masalan, 84 marta ruxoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami bo‘lib 550 marta qayta tug‘ilgan. U qaerda, qaysi qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan.

So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko‘ra, er yuzida Gautamaga ko‘ra, 6 ta budda o‘tgan. SHuning uchun Buddizmning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o‘tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o‘tgan deb da’vo qiladi.

Har qanday dinlar kabi Buddizmning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlardan izlash va topish lozim.

Qadimgi Hindistonda Buddizm shakllangunga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, o‘rta tabaqaga – dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, cho‘rilar kiritilar edi.

Buddizm quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bo‘lgan. U braxmanlikni jonning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax haqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Braxmanlikning jamiyatning tabaqalarga bo‘linishi to‘g‘risidagi ta’limotiga qarshi chiqib, barcha kishilar e’tiqodda teng huquqli deb e’tirof etilgan. Buddizmning diniy tenglik haqidagi g‘oyasi odamlarning kasblarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol o‘ynagan. Ayni paytda Buddizm kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bo‘lishda ham tengdirlar deb hisoblangan.

Buddizm manbalari. Buddizm diniy ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiy manbasi muqaddas kitob – "Tripitaka" (Uch savat donolik) deb atalgan. Bu kitob uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi vaqtda SHri Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Bu ta’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan deyiladi: birinchi savat – Vinayapitaka (pand-nasihatlar, axloqiy me’yorlar); ikkinchi savat Suttapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat Abxidharmapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni)lardan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet va yapon tillaridagi Buddizmka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda xayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.


Download 69,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish