№
Buxgalteriya hisobining jurnal- order shakli hisob yuritishning yagona jurnal-order
tizimi 1960 yil 1 yanvaridan joriy etildi, u korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining
qoidalarini o’zgartirdi. Buxgalteriya hisobining ushbu tizimi joriy etilgunga kadar
buxgalteriya hisobining memorial-order tizimi amal qilgan edi.
Hisob yuritishning ushbu shakli birlamchi hujjatlar ma'lumotlarini
buxgalteriya
hisobining barcha bo’limlari bo’yicha vositalar va xo’jalik operatsiyalarining jamlama va
tahliliy hisoblarini ta'minlaydigan bo’limlarda jamgarish qoidasidan foydalanishga
asoslangan.
Birlamchi hujjatlar ma'lumotlarini jamgarish va bir tizimga keltirish vositalarni va ana
shu vositalardan hisobot oyi uchun foydalanishga doyr barcha xo’jalik operatsiyalarini
hisobga olishga doyr barcha narsani aks ettirish imkonini beradigan
hisob registrlarida
amalga oshiriladi.
Birlamchi hujjatlar ma'lumotlarini jurnal-orderlarda to’q’ri guruhlashtirishni ta'minlash
uchun hisobvaraqlar krediti bo’yicha namunaviy korrespondentsiya va oylik choraklik hamda
yillik hisobotlar uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar ro’yxati nazarda tutilgan Jamlama va
tahliliy hisob uchun mo’ljallangan jurnal ppleolarda,bundan tashqari, tahliliy hisobning zarur
poziyalari (moddalari) ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order tizimini barpo etishniig asosiy negizlari
quyidagilardai iborat:
Jurnal orderlarda operatsiyalarni ro’yxatga olish tartibida yozuvlar faqat hisobvaraqlar
krediti bo’yicha debetlanadigan hisobvaraqlar bilan korrepondentsiyada amalga oshiriladi;
Odatda jamlama va tahliliy hisob yozuvlari yagona tizimdan joy oladi;
Xo’jalik hisoblari buxgalteriya hisobida davriy va yillik hisobotlarni
nazorat qilish va
to’zish uchun takoza etiladigan ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi; hisob-varaqalarga kura
va iqtisodiy jixatdan o’zaro boglangan hisobvaraqlar bo’yicha birlashgan jurnal- order
qo’llaniladi;
Oldindan ko’rsatilgan hisobvaraqlar korrespondentsiyasi, tahliliy hisob moddalari
nomenklaturasi,davri va yillik hisobotlarni to’zish uchun takozo etiladigan ko’rsatkichlar
bilan birgalikda registrlardan foydalaniladi;
Oylik jurnal-orderlar qo’llaniladi.
Bundan tashqari jurnal-order shaklida quyidagi printsiplar asos kilib olingan:
1. Hisob registrlarining sonini kamaytirish va yozuvlarni takrorlamaslik
2. Operatsiyalarni jamgaruvchi jurnal-orderlardan. Ko’p
takrorlanadigan bir xil
mazmundagi operatsiyalar bo’yicha maxsus qaydnomalardan keng foydalanish;
3. Asosiy schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisobni bir registrga birlashtirish;
4. Yozuvning shaxmat va bir chizikli usulini ko’prok qo’llash;
5. Hisob registrlarining mehnat taqsimotiga,hisobot to’zishga va undagi ma'lumotlarni
tahlil qilishga qulayligi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Jurnal-order shaklining boshqa hisob shakllaridan ancha takomillashgan va qulay
bo’lganligi uchun xalq xo’jaligining moddiy ishlab chqarish korxonalarida keng
qo’llanilmoqda.
Hisoblash mashinalarining ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi va hisob ishlarida
qo’llanilishi hisob shakllarining yangi turlarining vujudga kelishiga sabab buldi.
Hisob
ishlarini yengillashtirish va ma'lumotlarni olishni tezlashtirish uchun perfaratsionmashinalar
qo’llanila boshladi. Bunda barcha hujjatdagi ma'lumotlar perfokartalarga maxsus maket
bo’yicha o’tkaziladi. Bu usul ham keyinchalik xalq-xo’jaligining moddiy ishlab chqarish
tarmoklari shu jumladan ilmiy texnika tarakkiyoti rivojlanish natijasida buxgalteriyada
kompyuterlar qo’llanila boshladi. Avvalgi perfaratsion
mashinalarda hujjatlarning
ko’pchiligi kulda tuzilar, ulardagi ma'lumotlar maxsus perfokartalarga o’tkazilar edi. Bundan
tashqari juda ko’p qog’oz, turli qimmatbaho mashinalar ishlatilar edi. Hisoblash ishlarida
elektron mashinalardan foydalanish bu kamchiliklarni bartaraf etdi.
Elektron hisoblash mashinalar maxsus to’zilgan dasturlar asosida ishlab, ko’pincha
ma'lumotlar operatsiyalar sodir bo’lganda, ma'lumot tashuvchilarga avtomatik tarzda
o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: