3-ma`ruza. Sanoat tarmoqlari korxonalarining samaradorligi va ish haqi


Tarif tizimining mohiyati va uning tarkibiy elementlari



Download 131,12 Kb.
bet4/5
Sana14.06.2023
Hajmi131,12 Kb.
#951121
1   2   3   4   5
2. Tarif tizimining mohiyati va uning tarkibiy elementlari.

Ish haqining tariflari ish haqini asosiy tartibga soluvchi mezoni bo`lib hisoblanadi. Ish haqining tarifi o`zida turli xil mehnatning malakasi, og`irligi va ijtimoiy ahamiyatiga bog`liq bo`lib uning bahosini ifodalaydi. Ish haqining tarifi ikki xil shaklda amal qiladi:


a) xodimlarga ish haqi to`lashning tarif tizimi shakli;
v) mansab okladlari tizimi shakli.
Tashkilot ish haqining eng muhim elementlaridan biri bo`lib tarif tizimi hisoblanadi, ya`ni mehnatni tarifikatsiya qilish va unga haq to`lashni belgilovchi huquqiy qoidalarning jami.
Farmonga koʻra:

  • 2023-yilning 1-mayidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 0,7 barobarga oshiriladi.

2023-yilning 1-mayidan boshlab Oʻzbekiston hududida:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 980 000 soʻm;

  • bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 300 000 soʻm;

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 soʻm;

  • yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 soʻm;

  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 soʻm;

  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 soʻm;

  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 soʻm;

  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 soʻm etib belgilandi.

Tarif tizimi — xodimlarning ish haqi darajasini ularning malakasi, mehnatining unumdorligi, xususiyati va sharoitga, ular bajaradigan ishning mas`uliyatililigiga, ishlab chiqarish tarmog`i, korxonalarning hududiy joylashishi, qo`llaniladigan ish haqining shakllariga ko`ra tabaqalashtirish va tartibga solishga asos bo`ladigan normativlar majmuasidir. Tarif tizimi yordamida davlat mehnatga haq to`lashning differentsiyasini amalga oshiradi.
  Tarif-malaka ma`lumotnomasi – muayyan tarmoqda bajariladigan ishlar ro`yxatini, bu ishlarning kvalifikatsiya xususiyatini, xodimning bilim darajasi, ishlab chiqarish mahorati, usullari va boshqalarga qo`yiladigan talablarni o`z ichiga oluvchi normativ hujjat.
Tarif razryadi – tarif jadvalining asosiy elementlaridan biri bo`lib, xodimning malakasiga muvofiq beriladi.
Tarif setkasi yoki tarif tizimi shunday tizimki, unda kasblar va lavozimlarning razryadiga qarab lavozim maoshini hisoblash uchun miqdorlar, koeffitsientlar keltirilgan bo`ladi. Butun respublikada shunday turdagi va bir xil razryaddagi kasb, lavozim uchun mehnat haqi miqdori shu tarif setkadan kelib chiqib hisoblanadi.
Tarif stavkasi – ishchiga bir soat yoki bir kunlik mehnati uchun to`lanadigan ish haqining hajmi. Xodimlarga ish haqi to`lashda mustaqil tarif tizimining asosiy elementi bo`lib, 1-razryad tarif stavkasi hisoblanadi, ya`ni u vaqt birligida oddiy mehnatga to`lanadigan minimal haqni bildiradi.
Aktsionerlik jamiyatlarida rahbar (direktor)ning, bosh direktor, jamiyat kollegial ijro organini a`zolari (boshqaruv)ning ish haqi ularning har birining jamiyat bilan tuzadigan shartnomasida belgilanadi. Aktsionerlik jamiyati nomidan shartnomani jamiyat direktori kengashi raisi (kuzatuv kengashi) imzolaydi. Bu bilan shu nazarda tutiladiki, jamiyat va uning rahbar xodimlari o`rtasidagi munosabatga aktsionerlik jamiyatlari to`g`risidagi qonun-qoidalariga zid kelmaydigan tarzda mehnat qonunchiligi qo`llaniladi.



Download 131,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish