Reaksiyaning bajarilishi. Temir (III) tuzining 1-2 tomchisiga shuncha HC1 va 2-3 tomchi kaliy ferrosianid eritmasidan qo'shiladi.
8. Kaliy yoki ammoniy rodanid temir (III) ioni bilan suvda yaxshi eriydigan qizil-qon rangli Fe(SCN)3 yoki reagentdan ko'proq qo'shganda, kompleks ion - [Fe(SCN)6]3- hosil qiladi:
Fe3+ + 6 SCN- → [Fe(SCN)6]3-
Bu reaksiya ham Fe3+ ioni uchun o'ziga xosdir.
Reaksiyani bajarish uchun temir (III) - tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga KSCN yoki NH4SCN eritmasidan 1-2 tomchi qo'shiladi.
3.5. Temir (II) kationining reaksiyalari
Ikki valentli temir ioni Fe2+ och yashil ranglidir.
1. O'yuvchi ishqorlar temir (II) ioni bilan berk idishda oq rangli Fe(OH)2 cho'kma hosil qiladi. Reaksiya ochiq idishda o'tkazilsa, hosil bo'layotgan cho'kma havo kislorodi ta'siridan oksidlanib, oldin yashil, keyin qizil-qo'ng'ir rangli Fe(OH)3 cho'kmaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |