Natriy gidrofosfat temir (III) bilan sarg'ish rangli cho'kma - FePO4 hosil qiladi.
Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo'ng'ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho'kma hosil qiladi. Bu cho'kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi.