3-ish. III guruh kationlarini reaksiyalari va aralashmasini analizini bajarish



Download 106,75 Kb.
bet1/27
Sana31.12.2021
Hajmi106,75 Kb.
#278187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
3-ish III guruh kationlari


3-ish.

III guruh kationlarini reaksiyalari va aralashmasini analizini bajarish

Uchinchi analitik guruh kationlari qatoriga alyuminiy, rux, marganets (II), temir (III), temir (II), xrom (III), titan (IV), nikel (II), kobalt (II), berilliy, sirkoniy (IV), uranil (II), galliy (III), ittriy (III), indiy (III), lantan (III), gafniy (IV), aktiniy (III), seriy (III), toriy (IV), skandiy (III) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashrna ishtirokida guruh reagenti - ammoniy sulfid ta'siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho'kadi. Uchinchi guruh kationlari I va II guruhlar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo'lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu guruh kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti bilan qizdirib turgan holda cho'ktirganda alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho'kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi guruh kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko'rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho'kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho'kadi.

Uchinchi analitik guruh kationlarining guruh reagenti ta'siridan hosil qilgan birikmalari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan farqli ravishda gidrolizga turlicha uchraydi. Bu guruh kationlarining ko'pchiligi oksidlanish-qaytarilish (Mn, Fe, Cr, Ce, Co, Ni, Ti) va komplekslar hosil qilish (Al, Zn, Fe, Cr, Co, Ni va hokazo) reaksiyalariga kirishadi. Ularning ayrimlari (alyuminiy, berilliy, rux, xrom (III) va hokazo) bu xossalaridan tashqari amfoterlik xossalari bilan ham farqlanadilar. Kationlarning ko'rsatib o'tilgan xossalari ularni topish, aniqlash, niqoblash va hokazo uchun ishlatiladi.

Uchinchi guruh kationlarining ko'pchiligi rangli birikmalar hosil qiladi. Cr (III) - yashil yoki binafsha, Cr (VI) - sariq, Co - qizil yoki pushti, Ni - yashil, Mn (II) - pushti, Mn (IV) - qora-qo 'ng'ir, Mn (VI)yashil, Mn (VII) - qizil-binafsha, Fe(CH3COO)3 - qizg'ish, FeAsO4 - yashil, FeBr2 - qizil, FeCl3 - jigarrang-sariq, Fe4[Fe(CN)6]3, Fe3[Fe(CN)6]2 va Co(SCN)2 - ko'k va hokazo. Oksidlovchi va qaytaruvchilar ishtirokida Cr (III) va Cr (VI), Fe(II) va (III), Mn (II), Mn (IV) va Mn (VII), Co (II) va (III), Ni (II) va(III) ionlar beqaror bo'lib, tezda o'z oksidlanish darajasini o'zgartiradi. Fe3+, Al, Cr3+, Be, Ti4+ va boshqa bir qator ionlar Na2HPO4 ta'siridan suvda va sirka kislotada kam eriydigan fosfatlar, CH3COONa ta'siridan oksiatsetatlar, NH4OH+NH4C1 ta'siridan esa gidroksidlar hosil qiladi. Fe2+, Zn2+, Mn2+, Ni2+ va Co2+ ionlariNa2HPO4 ta'siridan sirka kislotasida eriydigan cho'kmalar hosil qiladi, ammo CH3COONa ta'siridan oksiatsetatlar va NH4OH+NH4 Cl ta'siridan gidroksidlar hosil qilmaydi.


Download 106,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish