Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti analitik kimyo kafedrasi mavzu: Litiy kationining tibbiyotda qoʻllanilishi va analitik reaksiyalari



Download 51,04 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi51,04 Kb.
#775155
Bog'liq
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMATSIYA FAKULTETI ANALITIK KIMYO KAFEDRASI Mavzu: Litiy kationining tibbiyotda qoʻllanilishi va analitik reaksiyalari

MUSTAQIL ISH

Bajardi: ISKANDAROV BOBUR

Mavzu: Litiy kationining tibbiyotda qoʻllanilishi va analitik reaksiyalari

  • Reja:
  • Litiy kationining tibbiyotda qoʻllanilishi
  • Litiy kationining analitik reaksiyalari

Tibbiyotda qoʻllanilishi

Litiy. Odam organizmida doimiy uchraydigan mikrobiogen s — elementlarga tegishli bo‘lib, uning umumiy miqdori 1 • 10-4% atrofida bo‘ladi. Asosiy miqdorlari jigar, o‘pka va mushaklarda yig‘iladi. Shu bilan bir qatorda uning hujayra ichki va tashqi muhitidagi miqdori o‘zaro farqlanadi. Jumladan, jigar hujayralaridagi litiy miqdori, shu hujayralararo suyuqliklardagi miqdoridan 3 barobar kam, mushak hujayralaridagi miqdori esa hujayralararo suyuqlikda saqlanadigan miqdoridan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi. Litiy azot almashinuvini kuchaytirib mushaklardagi NH3 miqdorini kamaytiradi.

Odam organizmidagi litiy miqdorining kamayishi turli ruxiy kasalliklarning (manikal-depressiv psixoz, shizofreniya va boshqalar) kelib chiqishiga olib keladi. Bu xastaliklar sabablari litiyning natriy va kaliy ionlarining hujayralararo suyuqliklardan nerv hujayralariga o‘tkazishni boshqaruvchi fermentlar faolligiga ta’sir etishi bo‘lib, uning miqdorining buzilishi natriy — kaliy balansining o‘zgarishiga olib kelishidir. Jumladan hujayralardagi natriy miqdorining ortib ketishi depressiya, kamayishi — maniya holatlarini keltirib chiqaradi. Bulardan

tashqari litiy ionlari noradrenalinning hujayra ichki dezaminlanishini (NH2 guruhining chiqib ketishi) kuchaytirib, uning erkin miqdorini kamaytiradi. Natijada noradrenalinning miya to‘qimalaridagi adrenoretseptor markaziga bo‘lgan ta’siri kamayadi. Katta miqdordagi litiy ionlari neyronlarning dofaminga bo‘lgan sezuvchanligini orttiradi. Bu misollar litiyning nerv sistemasiga ko‘rsatadigan psixotrop ta’siri neyrokimyoviy mexanizmlar asosida amalga oshishini ko‘rsatadi.

Litiy tuzlari padagra kasalligini davolashda ishlatiladi. Bu kasallikning kelib chiqish sababi kam eruvchan natriy uretatning hosil bo‘lishi va uning suyak bo‘g‘imlari sathlarida, tog‘aysimon to‘qimalarida va teri osti to‘qimalarida yig‘ilib qolishidir. Bemorlarga litiyli dori moddalari berilganda Li+ uretatlardagi natriyni siqib chiqarib eruvchanligi yaxshi bo‘lgan litiy uretatini hosil qiladi va oqibatda kasallik asoratlari yo‘qoladi. Tibbiyotda tarkibida litiy saqlovchi quyidagi moddalardan foydalaniladi: Litiy karbonat— Li2CO3 Litiy oksibutirat — HO-CH2-CH2-CH2-COOLi

litiy kationining reaksiyalari . Litiyning xlorid, nitrat va atsetatlari suvda yaxshi eriydi. Uni topish uchun suvda yaxshi eriydigan tuzlardan foydalanish mumkin. 1. Ammoniy yoki kaliy ftorid litiy ioni bilan oq amorf litiy ftorid cho‘kmasi hosil qiladi: LiCl + NH.F -> LiFl + NH.Cl4n Litiy ftorid cho‘kmasi sekin cho‘kadi. Bu reaksiya yordamida litiyni aniqlash uchun MeF2 tarkibli cho‘kma hosil qiladigan magniy, mis (II), qo‘rg‘oshin (II) va boshqalar xalaqit beradi, birinchi gruppaning qolgan kationlari cho‘kma hosil qilmaganligidan litiyni topishga xalaqit bermaydi. Reaksiya pH 9-10 bo‘lganda amalga oshiriladi.

2. Kaliy geksatsianoferrat (III) urotropin ishtirokida sarg‘ish-qizil rangli cho‘kma - Li3[Fe(CN)J C6H12N4-4H20 hosil qiladi. Ammo magniy birikmalari bu reaksiya yordamida litiyni topishga xalaqit beradi. 3. Uranilatsetat yoki rux uranilatsetat litiy ioni bilan yashil-sariq rangli LiUO2(CH3COO)3 yoki LiZn(UO2)3(CH3COO)9 6H2Ocho‘kma hosil qiladi. 4. 8-oksixinoIin litiy ioni bilan qizil rangli eritma hosil qiladi. 5. Alanga rangining bo‘yalishi. Uchuvchan litiy birikmalari rangsiz alangani qirmizi-qizil rangga (juda seziluvchan) bo‘yaydi. Aralashmada natriy ioni bo‘lganda natriyning sariq rangi litiy rangini niqoblaganligi uchun alanganing sariq rangni o‘tkazmaydigan ko‘k rangli yoki kobaltli shisha orqali kuzatish talab etiladi.

Litiy va magniy ionlarini natriy ionidan ajratish. 1-eritmaning bir qismiga (ikkinchi qismi qo‘shimcha tekshirish uchun olib qo‘yiladi) K2C03 eritmasi qo‘shiladi va aralashma qizdiriladi. Agar aralashmada litiy va magniy ionlari boisa, Li2C03 va (Mg0H)2C03 cho‘kmalari hosil boiadi.Cho‘kmani (2-cho‘kma) sentrifugalab, eritmadagi natriy ionidan (2-eritma) ajratiladi.Litiy ionini topish. 3-eritmaga K2C 0 3 eritmasi qo‘shib qizdirilganda, Li2C03 cho‘kmasi hosil boiadi. Cho‘kma ajratilib, litiy ionning xususiy reaksiyalari (uranilatsetat, ammoniy ftorid) yordamida litiy borligi tekshirib ko‘riladi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 51,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish