Mittivoy va Karlson
Astrid Lindgren
– Xo‘sh, endi bir ko‘ngilni yozaylik, – dedi
Karlson bir zumdan keyin. – Kel, avval, tom-
ma-tom chopamiz.
Mittivoy jon deb rozi bo‘ldi. U Karlsonning
qo‘lidan ushlab oldi, ikkovi tomga chiqishdi.
175
– Bezorilarni ko‘rishni istaysanmi? – deb
so‘radi Karlson Mittivoydan, sal nafaslarini
rostlab olishgach. – Boloxonalarimning birida ik-
kita zo‘r, ashaddiy bezori turadi.
Karlson ko‘rsatgan boloxona derazalaridan
g‘ovur-g‘uvur, kulgi, qiyqiriq eshitilardi.
– Ho, ular kayf-safo qilishyapti! – dedi
Karlson. – Yur, nimani ermak qilishayotganini
borib ko‘ramiz.
Karlson bilan Mittivoy yana bo‘g‘ot yoqalab
emaklab ketishdi. Ular boloxonaga yetish-
ganda, Karlson boshini ko‘tarib, derazaga qa-
radi. Derazaga parda osib qo‘yilgandi. Biroq
Karlson pardadan bir teshik topdi, o‘sha teshik-
dan hamma narsa ko‘rinardi.
– Bezorilarnikida mehmon bor ekan, – deb
shivirladi Karlson. Mittivoy ham teshikdan qa-
radi. Xonada ko‘rinishi bezoriga o‘xshagan ikki
odam bilan yuvosh, yoqimtoy yigit o‘tirardi.
– Bilasanmi, nima gap bor? – deb shivir-
ladi Karlson. – Menimcha, bezorilarning niyati
buzuq, ular biror xunuk ish qilishmoqchi. Le-
kin biz ularga xalaqit beramiz...
Karlson teshikdan yana bir bor qaradi.
– Garov o‘ynaymanki, ular qizil galstuk
taqqan yigit bechorani shilishmoqchi!
Bezorilar bilan galstuk taqqan yigit deraza
oldidagi stolcha atrofida ovqatlanib o‘tirishardi.
Bezorilar o‘qtin-o‘qtin mehmonning yelkasiga
qoqib qo‘yishardi.
176
– Omading bor ekan, yigit, Fille bilan
meni uchratib qolding, – dedi Rille.
– To‘g‘ri, Rille bilan meni uchratib qolma-
ganingda, bilmadim, holing nima kechardi, –
dedi Fille ismli yigit.
1. Karlson va Mittivoy qayerga bordilar?
2. Rille va Fille kim edi?
2
Keyin Fillening bir ishini ko‘rib, Mittivoy
hang-mang bo‘lib qoldi: Fille Oskarning shi-
mining cho‘ntagiga qo‘lini solib, hamyonini olib
o‘z shimining orqa cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
Oskar hech nimani sezmay qoldi. Chunki
xuddi shu payt Rille uni quchoqlab olgan edi.
Rille quchog‘ini yozganda, uning qo‘lida Os-
karning soati paydo bo‘ldi. Rille soatni shi-
mining orqa cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Oskar
buni ham sezmadi.
Biroq tomda yashovchi Karlson semiz va
do‘mboq qo‘lini parda tagiga ehtiyotlik bilan
suqdi-da, Fillening cho‘ntagidan hamyonni olib
qo‘ydi. Fille ham hech nimani sezmadi. Keyin
Karlson yana do‘mboq qo‘lini parda tagiga
suqib, Rillening cho‘ntagidan soatni oldi.
Rille, Fille va Oskar biroz gaplashib o‘tir-
177
ganidan so‘ng, Fille cho‘ntagiga qo‘lini solib
ko‘rsaki, hamyon yo‘q. U Rillega g‘azab bilan
qaradi-da, shunday dedi:
– Menga qara, Rille, yur tashqariga chiqib
kelaylik. Ikkovimiz gaplashib olishimiz kerak.
Xuddi shu payt Rille ham qo‘lini cho‘nta-
giga soldi, qarasaki, cho‘ntagida soat yo‘q.
Endi u ham Fillega jahl bilan tikildi-da:
– Yur! Mening ham senga aytadigan gapim
bor! – dedi.
Oskar yolg‘iz o‘zi zerikib dahlizga chiqdi.
Karlson derazadan lip etib sakrab tushdi-da,
hamyonni chinni idishga solib qo‘ydi. Soatni
esa lampaga ilib qo‘ydi. Fille, Rille va Oskar
xonaga kirishlari bilan soatni ko‘rishdi. Biroq
Karlsonni payqashmadi. Chunki u dasturxon
yozilgan stol tagiga kirib olgandi. Mittivoy ham
stol tagida edi.
– Qaranglar, soatim lampada osilib turibdi-
ya, – dedi Oskar hayron bo‘lib. – Tavba, u
yoqqa qanday ilinib qoldi?
U lampa oldiga borib, soatni oldi-da, kamzu-
lining cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
– Iye, hamyonim kosaning ichida, rost, qa-
ranglar-a! – deya yana qichqirib yubordi
Oskar kosani ko‘rsatib. – Juda qiziq bo‘ldi-ku.
Rille bilan Fille Oskarga hayron bo‘lib qa-
rab qolishdi.
12 – O‘qish kitobi, 3- sinf
178
Karlson bilan Mittivoy qilgan ishlaridan qo-
tib-qotib kulishardi.
1. Mittivoy nimaga guvoh bo‘ldi?
2. Karlson qanday yo‘l tutdi?
3. Ertak qahramonlariga munosabat bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |