2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Dog‘da  qolgan  qarg‘a
(Laos  xalq  ertagi)
Bir  kuni  Qarg‘a  barglar  orasida  mudrab  yot-
gan  Chigirtkani  ko‘rib  qolibdi.  Endi  yeyman
deb,  cho‘qilamoqchi  bo‘lib  turganda,  Chigirtka
ko‘zini  ochibdi  va  boshini  ko‘tarib  Qarg‘aga:
–  Hurmatli  Qarg‘a,  malol  kelmasa,  bir-ikkita
topishmoq  aytsam,  unga  javob  bersangiz,  keyin
meni  yesangiz,  –  debdi.
Qarg‘a  qag‘illab  boshini  chayqab:
–  Yaxshi!  Yaxshi!  Faqat  imillamasdan  tezroq
ayt  topishmog‘ingni,  –  debdi.
Chigirtka  unga:
–  Hurmatli  Qarg‘a,  ayting-chi,  dunyoda  eng
o‘tkir  narsa  nima?  –  debdi.
–  O‘ylab  o‘tirishning  hojati  yo‘q.  Qarr!  –
xursand  bo‘lib  ketibdi  Qarg‘a.  –  Bu  –  yoy-
ning  uchi.
–  Afsuski,  topa  olmadingiz,  –  debdi  Chi-
girtka.  –  Ayting-chi,  dunyoda  nima  tez  yuradi?
–  Qarr!  Qarr!  Ikki  g‘ildirakli  arava!  Ikki


179
g‘ildirakli  poyga  aravasi!  –  suyunib  qichqira  ke-
tibdi  Qarg‘a.
–  Yo‘q,  yana  topolmadingiz.  Endi  ayting-chi,
dunyoda  eng  kuchli  nima?
–  Yo‘lbars!  Qarr,  qarr!
–  Hecham-da!  Eng  og‘iri-chi?
–  Yer!  Bizning  yer!  –  jahli  chiqib  qag‘illabdi
Qarg‘a.
–  Yo‘q-yo‘q!  Boshqa  narsa,  –  e’tiroz  bildi-
ribdi  Chigirtka.
Qarg‘a  topishmoqni  topolmaganidan,  Chi-
girtka  juda  xursand  bo‘libdi.  Qarg‘aning  esa
jahli  chiqibdi.  Ular  qozining  huzuriga  bori-
shibdi.  Avval  Qarg‘a  qoziga  hammasini  so‘zlab
beribdi.  Navbat  Chigirtkaga  kelibdi.  U:
–  Muhtaram  qozi!  Qarg‘a  meni  yemoqchi
edi.  Men  unga:  „Agar  topishmoqlarimni  top-
sangiz,  yeyavering“,  –  dedim.  Ammo  Qarg‘a


180
javob  topa  olmadi.  Axir  dunyoda  hamma
narsadan  o‘tkir  –  aql,  tezdan  tezi  –  fikr,  eng
kuchli  narsa  –  himmat  va  halollik,  og‘irdan
og‘iri  –  jinoyatchining  qalbi  ekani  ma’lum-ku.
Iltimos  qilaman,  muhtaram  zot,  endi  adolat
qilib,  kim  haq,  kim  nohaqligini  ayting,  –  debdi.
Qozi  biroz  o‘ylanib  turibdi-da,  keyin  boshini
silkitib  debdi:
–  Chigirtka  haq,  Qarg‘a,  siz  yutqazdingiz.
Shunday  qilib  qarg‘a  dog‘da  qolibdi.
1.  Ertakni  ifodali  o‘qing.
2.  Chigirtka  bergan  savollarga  yana  nima
deb  javob  berish  mumkin?
3.  Qarg‘a  nima  uchun  dog‘da  qoldi?
O‘tirishi  tulkiday,
O‘t  yeyishi  yilqiday.

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish