Kasblarning rangi qanaqa? Janni Rodari Har kasbning o‘zgacha, farqli rangi bor,
Mana ko‘ring, novvoy – oppoq, xuddi qor.
Sochlari oq uning, qosh, kiprigi oq,
Ertalab qushlardan turar oldinroq.
O‘tyoqarning rangi qora-quradir,
Bo‘yoqchining rangi ola-buladir.
Zavodga kiring-da, ishchiga qarang:
Uning ish kiyimi ko‘kday havorang.
Ishlovchining qo‘li moyli, sap-sariq.
Tekinxo‘rning qo‘li rangsiz, op-oriq.
Barmoqlari nozik, belgi yo‘q biron,
Na moy yuqi bor-u, na qurum-qatron.
Sevinmang terisi oq deb bu ora,
Ularning ishlari juda qop-qora.
166
1. Shoir kasblarning rangini qanday ta’rif-
layapti?
2. Shoir tekinxo‘rni kim deb atayapti?