2. Otlar qo‘ltiqda, arava yelkada
...O‘sha yili qish juda qattiq keldi. Hatto qu-
yosh ham shamollab, yuzlarini sovuqqa ol-
dirdi, uning ustiga tumov ham bo‘ldi.
Quyosh shamollaganidan keyin, undan issiq
o‘rniga sovuq keldi. Men o‘z foytunimga
2
o‘ti-
1
Bir mil
– 2 kilometr chamasidagi masofa.
2
Foytun
– to‘rt g‘ildirakli, ochilib-yopiladigan so-
yabonli yengil arava.
159
rib, naqadar sovqotganimni bir ko‘rsangiz edi.
Ko‘cha tor, ikki tomoni devor. Shu tor ko‘-
chada o‘zimiz arang ketayotgan bir paytda,
to‘satdan oldimizdan biror arava yoki foytun
chiqib qolib, ishni pachava qilib yurmasin
deb, foytunchi xizmatkorimga surnay chalishni
buyurdim. Xizmatkor surnayni qo‘liga olib, kuch
bilan puflay boshladi. Ammo surnaydan hech
bir tovush chiqmadi. Tovushlar sovuqda muz-
lab qolgan ekan. Holbuki, biz tomonga bir
foytun kelmoqda edi.
Hech narsa qilib bo‘lmadi. Men darrov tu-
shib, otlarni foytundan chiqardim. Keyin foy-
tunni yelkamga ko‘tarib oldim. U juda og‘ir
edi. Bir sakradim-da, devorning narigi tomo-
niga oshib tushdim. Yana bir sakrash bilan
foytunni qaytadan yo‘lga olib tushdim. Nafa-
simni biroz rostlagach, otlar yoniga qaytib
keldim, ularni ikkala qo‘ltig‘imga oldim va ikki
sakrash bilan arava yoniga olib keldim. Bu
sakrash vaqtida otlardan biri zo‘r berib te-
pindi.
Ha, juda noqulay bo‘ldi. Ammo men uning
keyingi oyoqlarini kastumimning cho‘ntagiga
solib qo‘ydim, so‘ngra ot jonivor noiloj jimgina
turaverdi. Keyin otlarni aravaga qo‘shib, yo‘lga
chiqdim va tez fursatda bir musofirxona
1
ga
kelib tushdim.
1
Musofirxona
– mehmonxona.
160
1. Ertakning ikkinchi qismini o‘qing.
2. Siz Myunxauzenning o‘rnida qanday yo‘l
tutar edingiz?
Moychechak
Tavfiq Fikrat
Bahor kelsa bezanadi
Tepalarning yaydoqlari.
Zumrad kabi o‘tloqlari
Kelin bo‘lib yasanadi.
Kelin yuzli moychechaklar,
Oltin ko‘zli moychechaklar.
Dalalarda bir yoqimli
Sariq, qizil, gunafsharang
Gullar ko‘payar rang-barang,
Lekin menga eng go‘zali
Kular yuzli moychechaklar,
Oltin ko‘zli moychechaklar.
Yaproqlari jimjimali,
Bu ham ayri bir go‘zallik.
Tani paxmoq, bo‘yni nozik,
Ham go‘zal, ham karashmali.
Kelin yuzli moychechaklar,
Oltin ko‘zli moychechaklar.
Shamol esar: goh u yonga,
Goh bu yonga egiladi.
Teng boradi, teng keladi,
161
Rohat berarlar insonga.
Kular yuzli moychechaklar,
Oltin ko‘zli moychechaklar.
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. She’rda qaysi fasl tasvirlangan?
3. Moychechakka shoir qanday ta’rif beryapti?
Ana shu o‘rinlarni topib o‘qing.
She’rni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |