Uch aka-uka va baxt
Ilvira Daukayeva
1
Ajoyib bahor kunlaridan biri edi. Uch aka-
uka yam-yashil o‘tloqdan yurib borar edilar.
Nogahon ovoz eshitildi.
– Yordam! Yordam beringlar! Men bu yer-
da, chuqurdaman! Yordam beringlar! – kimdir
yordam so‘rab chaqirayotgan edi.
Aka-ukalar chuqurga tomon yugurdilar, ular
chuqur tubida nur sochayotgan, ajoyib, biroq
qo‘rqqan va qiynalgan yuzni ko‘rdilar.
– Bu yer chuqur va kir ekan! Dahshat! –
jirkanib dedi katta aka.
– Ko‘zi qayerda ekan, shu yerga ham
tushadimi? – dedi o‘rtancha ensasini qashib.
– Shunday bo‘lib qoldi, bir necha kundan
beri shu yerdaman, iltimos, qutqaringlar... –
dedi u.
11 – O‘qish kitobi, 3- sinf
162
– Sendan nur chiqyapti, kimsan o‘zi? –
dedi kenjatoy.
– Men Baxtman! – dedi u.
– Baxt?.. Ahmoqlik! Baxt chuqurga tushib
ketmas edi, xa-xa-xa, – kuldi katta aka.
– Yoki o‘zi chiqa olardi! – ishonmay to‘n-
g‘illadi o‘rtanchasi.
– Men bahor shabadasi bilan uchayotgan
edim, birdan menga yovuz to‘fon yopirildi. Me-
ni har tomonga otdi, keyin mana shu chu-
qurga tashlab yubordi.
– Bechoragina... Men seni tortib olaman, –
dedi kenjatoy va qo‘lini Baxtga cho‘zdi.
Katta akalar ishonmadilar va unga tash-
lanib, yo‘lini to‘sdilar:
– Oldin Baxt ekanini isbotlasin! – baqirdi
o‘rtanchasi.
– Ha, isbotla! Balki shunaqa deb alda-
yotgandirsan?! – talab qildi katta aka.
– Istagan narsangni tila, men uni baja-
raman! – dedi ishonch bilan Baxt.
– Negadir ishonmayapman, – shubhalandi
katta aka.
– Tilak tilang, ko‘rasiz! – dedi ularga
ishonch bilan Baxt.
1. Baxt bilan aka-ukalar qay tarzda uch-
rashdilar?
2. Aka-ukalar haqida o‘z fikringizni
bildiring.
163
2
– Unda yaxshi! Unda... men yaxshi ovqat
pishiradigan xotinga uylanmoqchiman... Nima
qilibdi? Men mazali ovqat yeyishni yaxshi
ko‘raman, – dedi katta aka.
– Shunday bo‘lsin! Tilaging bajo bo‘ldi! –
dedi Baxt.
– Siz meni qidiryapsizmi, azizim? Men kel-
dim.
Aka-ukalar ovoz kelgan tomonga qarashdi.
Lo‘ppi yuzli qiz katta akaga tabassum bilan
qarab turgan edi.
– Yuring uyga, tushlik tayyor, xuddi siz
yaxshi ko‘rganingizdek tayyorlab qo‘ydim.
Katta aka hamma narsani unutib, qizning
qo‘lidan tutib, uyiga qarab ketdi...
– Unda menga ham... ko‘p tilla, juda ko‘p
oltin bo‘la qolsin! – hiringladi o‘rtanchasi.
164
– Shunday bo‘lsin! Tilaging bajo bo‘ldi! –
dedi Baxt.
– Birdan osmondan tillalar yog‘ila boshladi.
Aka-ukalar oltin yomg‘iridan zo‘rg‘a o‘zlarini
chetga oldilar.
– Ajoyib-ku! Shuncha oltin! Bular mening
oltinlarim! – quvonib ketdi o‘rtanchasi. – Na-
riroq tur, xalaqit berma!
Oltinlarni olib, yugurib ketdi. Kenjatoy uning
izidan qarab qoldi. Keyin chuqur chetiga bor-
di va Baxtga qarab, dedi:
– Mening qo‘limni tut, men seni tortib chi-
qaraman!
Biroq Baxt uning qo‘lidan tutishga shosh-
madi va ishonmay so‘radi:
– Sen mendan nimani tilagan bo‘larding?
– Xudoga shukur, menda hamma narsa
bor. Senga nima kerak?
– Meni bu yerdan chiqar, men qiynalib
ketdim.
Kenjatoy qo‘lini cho‘zib, Baxtni tortib oldi.
– Senga katta rahmat. Men bu yerda
qolib ketaman deb qo‘rqqan edim, – dedi
Baxt va yorqin nurlar bilan tovlanib, yer
yuziga baxt socha boshladi.
Kenjatoy ketmoqchi bo‘lib turganida, Baxt
undan so‘radi:
– Sen qo‘rqmas, dovyurak, oliyjanobsan.
Har doim yoningda yurishimga ruxsat bera-
sanmi?
165
– Ha, albatta, men juda ham xursand
bo‘laman, – javob berdi kenjatoy.
Endi kenjatoy va Baxt ajralmas, qadrdon
bo‘lib qolgan edilar.
1. Baxt nima uchun kenja ukani savolga
tutdi?
2. Baxt boylik bilan o‘lchanadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |