1–9 sinflar toshkent 2010


Ishlab chiqarish asoslari



Download 1,7 Mb.
bet7/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27

Ishlab chiqarish asoslari: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlarini, mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini qo`llay olish.

Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlay olish va unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlay olish.
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.

Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`im tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini va o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlash.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.

Ishlab chiqarish asoslari: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlarini, mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajara olish.

Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini ajarata olish.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.
Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini ajaratish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: O`zbe­kiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlarini; O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini; dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollarini; tex­nologik jarayon haqida asosiy tushunchani; yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishini; agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini; ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlarini; issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasini; dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlarini; mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlay olish, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar, ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtira olish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini egallay olish. Qishloq xo`jalik miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom-ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqini ajarata olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Ishlab chiqarish asoslari: issiqxona maketini tayyorlash, unda qo`llanilgan xom-ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash; issiqxona yoki boshqa turdagi yopiq xonalarda mahsulot (ko`chatlar, ko`katlar, gulchilik, bodring, pomidor, limon va h.k.) yetishtirish. Dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini egallash. Qishloq xo`jalik miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularni bir-biridan farqlash.
9-sinf

Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:



Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.

Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati, ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad hamda uni taqsimlash qoidalari, ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.

Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, yog`ochga va metallga ishlov berish texnologiyalarida ishlab chiqarish va uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olishni, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillikni, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qilish.
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar, hunarmandchilik mahsulotlarni tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlashni bilish.

Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, uning davlat standartlari, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini, olinadigan daromad, uni taqsimlash qoidalari; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilishni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlashni bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.

Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlari bo`yicha ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qilish.
Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llari asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.

Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini; qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyatini; dehqonchilik, chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning intensiv va ekstensiv yo`nalishlari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasini; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalarini; ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslarini; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni; dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlariga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni bilish.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Ishlab chiqarish asoslari: dehqonchilik va chorvachilik yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallay olish; maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash.

Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini tahlil qila olish.
Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarida shakllangan tejamkorlik tizimi va mehnat unumdorligini hisoblash.

Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.

Mehnat ta`limi fanidan o`quv dasturi

(1 - 9-sinflar)
Uqtirish xati

Ushbu o`quv dasturlari umumiy o`rta ta`lim maktablarida Davlat ta`lim standarti asosida mehnat ta`limi fanini o`qitishning mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini belgilaydi.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanini o`qitishning maqsadi – o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:



Ta`limiy vazifa – o`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o`rgatish va kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o`rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg`or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy vazifa – o`quvchilarning umummehnat ko`nikmalarini shakllantirish jarayonida ma`naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

Rivojlantiruvchi vazifa – o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.

Ijodiy vazifa – mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.

Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.

Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

-o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;

- o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;

- o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.

Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.

Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish